Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Leksemalarning sintaktik tasnifi



Yüklə 298,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/20
tarix02.01.2022
ölçüsü298,89 Kb.
#42715
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
soz va uning xususiyatlari

Leksemalarning sintaktik tasnifi.  

Leksemalarning sintaktik tasnifida, asosan ularning nutqda boshqa 

leksemalar bilan bog’lana olish olmasligi, gap bo’lagi bo’lib kela olish olmaslik 

xususiyati o’z aksini topadi. 

a)  gap bo’lagi bo’lishga xoslanmagan so’z: undov, modal, so’z-gap; 

b)  gap bo’lagi bo’lishga xoslangan so’z: fe’l, ot, sifat, son, ravish taqlid, 

olmosh; 

c)  sintaktik aloqa vositasi bo’lishda xoslangan so’z: ko’makchi, bog’lovchi, 

yuklama. 

So’z-gap boshqa so’z bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi; o’zi mustaqil gap 

bo’lib kelish qobiliyatiga, ya’ni ajralganlik xossasiga ega. Mustaqil va yordamchi 

so’z sa bog’lanish xususiyatiga ega bo’lib, ulardan yordamchilar gapda alohida 

bo’lak bo’lib kela olmaydi, balki sintaktik jihatdan bog’lash vazifasini bajaradi. 

Mustaqil leksema esa mustaqil ravishda gapda gap bo’lagi bo’lib kela oladi. 




 

25 


O’zbek tili leksemalarining semantik, marfologik-sintaktik majmui nihoyat 

darajada serqirradir.

12

  

Tabiiyki, so’z leksika uchun ham grammatika uchun ham asosiy va zaruriy 



birlik. Madomiki, so’z turkumi o’zida u yoki bu belgisiga ko’ra ajratilgan so’z 

guruhi ekan, uni ajratishga doir muammoni leksika, marfologiya va sintaksiz bilan 

shug’ullanuvchi o’zicha xal etadi.  

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o’zbek tilshunosligida asosiy e’tibor so’z 

turkimi tasnifiga qaratilib, boshqa bir muhum masala –  so’z turkumining o’zaro 

munosabatini uning kesishuv nuqtasiga yaqinlashuvi va uzoqlashuvi ko’p xollarda 

nazardan chetda qolib kelmoqda. 

“Zamonaviy  o’zbek tili,  marfologiya”da to’g’ri ta’rif etilishicha so’z 

turkumlarini guruhlarga ajratishda quyidagi ta’rif berilganini ko’ramiz:  

… So’z turkumi son va tarkibini aniqlashda jahon tilshunosligida bo’lgani 

kabi o’zbek tilshunosligida ham so’zning  semantik, marfologik va sintaktik 

xususiyatni inobatga olish keng tarqalgan…. 

So’z guruhi  aro munosabatning ochilishi u yoki bu belgi asosida so’z 

turkumining muayan turini ajratishga, tasnifini berishga olib keladi. Shuning uchun 

mantiqiy qarama-qarshilikdan qochish kerakligini inobatga olgan holda formal 

mantiqning borliq hodisasini tasniflashga qo’yadigan asosiy talabidan biri bo’lmish 

“tasnif faqat bir mezon asosida amalga oshirilishi lozim. Inchunin tasnifining ikki 

belgisini bir paytning o’zida qo’llab, uni qorishtirmaslik kerak”,  -  degan  qoidaga 

qat’iy rioya qilinishi darkor. 

Shunday qilib, so’z semantik, marfologik va sentaktik belgisi asosida tasnif 

qilinishi maqsadga muvofiq. Bu uch belgi har bir so’zda dialekt birlikni tashkil 

etadimi degan savol tug’ulishi tabiiy. Boshqacha aytganda, ma’lum bir 

semantikada ma’lumbir marfologik belgi va semantik xususiyat mujassammi? 

Masalan, predmetni ifodalovchi so’z ya’ni (predmetlik ma’nosi) son, kelishik, 

ekalik ma’nosiga, shuningdek, sub’ekt, ob’ekt vazifasida keladi. Shu bilan 

                                                 

12

 Sayfullayev R.  va b. Hozirgi o’zbek tili. – Toshkent, 2009, 178-181 betlar 




 

26 


birgalikda atributiv vazifada kelib, predmetning belgisini (tilla uzuk, qum soat), 

belgining belgisini (tovushdat, tez yovdan xafli) bildiradi. 

Agar so’zda semantik, marfologik va sintaktik belgi butunlikni tashkil etmas 

ekan, bunda u tasnif asosi bo’lib, hizmat qila olmaydi. Zero,  ziddiyatsiz bo’lish 

faqat bir asosda amalgam oshiriladi. Shuning uchun ayrim manbaada, darslik va 

qo’llanmada mualiflar so’zni uch belgi  birligi asosida tasnif qilishi, asosan, undan 

biriga yetakchi asosiy mezon sifatida tayanishadi, shuningdek, bir tasnifning o’zida 

tasnif asosini bir necha martta almashtiradi. Demak, o’zbek tilidagi so’z tasnifida 

marfologik belgi yetakchilik qiladi. Shu boisdan taqlid mustaqil so’zning barcha 

belgisiga ega bo’lsada, marfologik o’zgarmas so’z bo’lganligi uchun nomustaqil 

so’z sirasiga kiritib yuborilgan. Yoki gap bo’lagi sintaktik belgi asosida tasnif 

etiladi, biroq qo’shma gap bo’linishida  tasnif (etiladi) sintaktik belgi asosida 

boshlanib, semantik belgi bilan yakunlanadi.  

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, qayd qilingan uch mezondan hammasi ham 

so’z guruhini belgilashda bir xil mavqeiga ega emas, albatta. Bu, avvalo, so’zning 

sintaktik vazifasida yaqqol ko’zga tashlanadi. Chunki biron bir sintaktik vazifani 

bajarish imkoniyati barcha mustaqil so’z turkumida mavjud. Bu vazifa so’z 

turkumini farqlash uchun emas, aksincha uni tenglashtirish uchun xizmat qiladi. 

Sintaktik vazifa nuqtai nazaridan mustaqil va yordamchi so’z ajraladi, xolos. 

Ammo bunda ham yordamchi so’z vazifasida qo’llanadigan ot yoki fe’l haqida gap 

ketganda, noaniqlik yuzaga keladi. Nomustaqil so’zning ikki tasnifida uning 

sintaktik vazifasini  inobatga olish muhum ahamiyat kasb etadi. Zero, muayyan 

sintaktik munosabatni ifodalash uning mohiyatini, kategorial ma’nosini tashkil 

etadi.


13

 

Garchi keyingi yillarda taqlid so’zlar mustaqillik xususiyatiga ega deb e’tirof 



etilsada, uning o’ziga xos morfologik kategoriyasi yo’q. Biroq o’zgarmas so’z ham 

emas. Taqlidning morfologik kategoriyaga ega bo’lishi gapda uning qanday bo’lak 

bo’lib kelishi bilan bog’liq. 

                                                 

13

 

Замоновий ўзбек тили. Морфология. –Тошкент: Мумтоз сўз.  2008, 390-391-бетлар. 




 

27 


So’z-gap boshqa so’z bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi, o’zi mustaqil gap 

bo’lib kelish qobiliyatiga ega, ya’ni ajralish xossasiga ega. Mustaqil va yordamchi 

so’z esa bog’lanish xususiyatiga ega, bunda yordamchi gapda alohida bo’lak bo’lib 

kela olmaydi, balki sintaktik jihatdan bog’lash vazifasini bajaradi. Mustaqil 

leksema esa mustaqil ravishda gap bo’lagi bo’lib kela oladi. 

“Zamonaviy  o’zbek tili. Margologiya”  da lug’at tarkibidagi so’zlar 

semantik, morfologik, sintaktik nuqtai nazardan “yangicha” quyidagi ko’rinishda 

tartiblanadi: 




Yüklə 298,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin