Dunyo tillari turli tamoyillar asosida tasnif qilinadi. Tasniflashda
morfologik, tipologik, geneologik tamoyillar asosida yondashiladi.
Dunyo tillari morfolik tamoyilga asosan to‘rt guruhga ajratiladi:
agglyutinativ, flektiv, amorf, polisintetik tillar. Turkiy tillar, yapon tili
agglyutinativ hisoblansa, rus, arab tillari flektiv tillar guruhiga kiradi.
Tillarni guruhlarga ajratishda bir qancha mezonlar mavjud: so‘zlar
tartibi yoki tarixi asos qilib olinishi mumkin. Biz ikki narsani oldindan
belgilab olishimiz kerak. Avvalo, tillar qiyosida ikki til elementlari o‘zaro
zidlanadi, ikkinchidan, vengr tilidagi bir so‘z ingliz tilidagi bir necha tillarga
o‘xshab ketishining sababi. Ingliz tilidagi so‘zlar o‘zaro morfemalarsiz
bog‘lanadi. Vengr tilidagi morfologik kompleksli so‘zlar ingliz tilidagi so‘zlarda
ajratiladi. Masalan, (15) elallatiasodottsagaban so’zi. Vengr tili agglyutinativ til
bo‘lganligi uchun uzun so‘z bir necha morfemalardan iborat bo‘ladi, ular
o‘zaro ajraladi va ularning hammasida sezilarli ma’no bo‘ladi:
el+allat+i+as+od+ott+sag+a+ban va ingliz tilida har bir morfema yangi so‘zga
o‘xshab ketadi. Biz buni ingliz tilidagi ko‘pgina so‘zlarning morfemalardan
tashkil topganidan ham ko‘rishimiz mumkin; egyiink, evett, enni kabi
so‘zlardagi e nimani bildiradi? Bu kabi so’zlar flektiv tillarga xosdir. Ya’ni e
morfemasi moslashuvchan. Flektiv tillarda so‘zlarning qaysi morfema bilan
boshlanishi yoki tugashi aniq emas. 31
Affiksal morfemalar o‘zak morfemaga birikish xususiyatiga ko‘ra muayyan
tilning o‘ziga xos jihatlarini namoyon qiladi. O‘zak morfemalarning tabiatiga
ko‘ra tillar asosan
agglutinativ va flektiv
tillarga bo‘linadi
32
.
31
Borbala Richter. First steps in theoretical and applied linguistics.-Budapest, 2006.-P.42
32
Agglyutinatsiya-lotincha «yopishtirish» ma’nosini; fleksiya «bukilish» ma’nosini anglatadi.
143
Turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tili affiksal morfemalari tabiatiga ko‘ra
agglyutinativ hisoblanadi. Agglutinatsiya «ketma-ketlik», «yopishtirish»
ma’nosidagi so‘z bo‘lib, qo‘shimchalarning o‘zakka ma’lum tartib va ketma-
ketlikda qo‘shilishidan dalolat beradi. Bunday hollarda o‘zak va qo‘shimchalar
chegarasi sezilib turadi. Agglutinativ tillarda so‘z shakllari o‘zgarmas holda
qo‘shiladigan affikslar yordamida yasaladi. Bunday tillarda affikslar asosan bir
grammatik ma’noni ifodalaydi. Masalan,
-lar
faqat ko‘plik qo‘shimchasi
sifatida qaraladi. Mazkur qo‘shimchaning boshqa hollarda ifodalagan hurmat,
kesatiq, kinoyani bildiruvchi grammatik ma’nolari uslubiy jihatlari
hisoblanadi.
Ta’kidlanganidek, turkiy tillarda (o‘zbek tilida) o‘zakka dastavval, so‘z
yasovchi qo‘shimchalar (morfemalar), keyin lug‘aviy shakl yasovchi va oxirida
sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar birikadi:
tila-k-lar-imiz-ni
. Bu qat’iy
qoida morfem tahlilda, ya’ni so‘zlarni ma’noli qismlarga ajratishda ham
muhim. Masalan,
o
‘
rtoqlarcha, mardlarcha
so‘zlari
o
‘
rtoq-lar-cha, mard-lar-cha
ko‘rinishida emas
, balki o
‘
rtoq-larcha, mard-larcha
tarzida ma’noli qismlarga
ajratiladi.
Flektiv tillarda o‘zak morfema va affiksal morfema chegaralari sezilmaydi.
Rus tili, arab tili flektiv tillarga mansubdir:
видет-вижу; ходит-хожу; hukm-
mahkama-hokim-hakam-mahkum; fikr-tafakkur-mutafakkir; zulm-zolim-mazlum;
hol-ahvol; xulq-axloq; she’r-ash’or.
Geneologik tasnif tillarni kelib chiqishiga ko‘ra muayyan guruhlarga ajratadi.
Dunyoda yigirmadan ortiq til oilasi bor. Hozirgi vaqtda tarixi o‘rganilib,
qardoshligiga, yaqinligiga ko‘ra ajratilgan til oilalari quyidagilardan iborat.
Hozirgi tilshunoslik fanida tillar o‘rtasida genetik aloqadorlikning yangi
qirraralari ochilmoqda. Taxminan 200 til oilasidan 22tasi Yevrosiyoga, 20ga
yaqini Afrikaga, qolganlari Amerika, Avstraliya, Yangi Gvineyaga to‘g‘ri keladi.
XIX asr oxirida, asosan, 4 ta til oilasi ajratilgan: turkiy, mo‘g‘ul, tungus-
manchjur, koreys tillari. XX asrda mazkur tillarning qardosh ekanligi ta’kidlandi
va umumlashtirilib
oltoy tillar oilasi
deb nomlandi. Bu kabi an’anaviy til
oilalaridan kengroq bo‘lgan, bir-biriga qardoshligi to‘la asoslanmagan til oilalarini
“makro ti loilalari” deb nomlash taklif qilingan. V.M.Ilyich-Svitich tadqiqotlarida
aks etgan nostratik gipoteza (lotin tilida
noster
“bizniki” ma’nosini beradi) til
oilalarini yanada kengroq doiradagi genetik asosga birlashtirishni nazarda tutadi.
Nostratik makrotiloilasiga hind-yevropa, ural, oltoy, kartvel, dravid tillari
kiritilgan. Bu tillar o‘rtasidagi o‘xshashlik, asosan, olmoshlarda kuzatiladi:
tаtар.
мин,
mоrd.
мон
, “men”; zаnsк.
munens
, rus.
мне
;
mаr.
тый,
mo‘g‘.
сі
(>
x
ti), rus.
ты
;
udm.
ми
, teleut
тети
, xaysa
ти
, rus.
мы
;
komi
тайо
, mo‘g‘.
tere
, rus.
тот
;
o‘zb.
ким,
fin.
кеп
, somali
кита
“kim”.
O‘zaro o‘xshashlik bir qator leksik asoslarda ham kuzatiladi:
turkiy
qulaq
, gruz.
quri
“quloq”, fin.
kuule
, yun.
klyo
“eshitmoq”;
turkiy
qaryn
“qorin”, arab.
qurb
, tamil
каrирраi
, lat.
соrpus
“tana”;
144
mo‘g‘.
mоren
“daryo”, tamil
marai
“yomg‘ir”, rus
море
;
turkiy
tuman
, rus.
темный
;
turkiy
kelin,
lat.
glоs
, rus
золовка,
fin.
kаly
“ukaning xotini”;
turkiy
qara
, teleut
kari
.
Nostratik gipoteza muayyan faktik materiallarga ega bo‘lsa-da, hali
ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan emas.
Oltoy tillari o‘rtasida ko‘plab o‘xshashliklar kuzatiladi. Masalan:
turkiy –
qol
, xalxa –
гол
(geografik nom), manchj.
доlо
, kor.
кол
“vodiy”;
turkiy
baj
, mo‘g‘.
bajan,
tung.-manchj.
bajan
“boy”;
turkiy
bek, beki
, tung.-manchj.
beki
“berk”;
turkiy
san
“sana”, mo‘g‘.
sana-
“bilmoq”, tung.-manchj.
sа-
“bilmoq”;
mo‘g‘.
moren
“daryo”, evenk.
му
, kor.
мул
“suv”;
mo‘g‘.
modun
, tung-manchj.
то
“daraxt”, kor.
мой
“o‘rmon, tog‘”.
O‘zbek tilidagi
мен
mo‘g‘ul tilidagi
minu
“menga”, evenk tilidagi
минду
“menga” so‘zlariga mos keladi. O‘rin-payt kelishigi turkiy tillarda -
da
, mo‘g‘ul
tilida -
da,
tungus-manchjur tilida
-de
.
33
Turk, mo‘g‘ul, tungus-manchjur, koreys tillarida aksariyat o‘rinlarda fonetik
moslik kuzatiladi.
Oltoy oilasidagi tillarning o‘xshashligi, ayniqsa, so‘z yasalishi tizimida
yaqqol namoyon bo‘ladi.
Til oilalarini o‘rganish tilshunoslarning dastlabki e’tiborida bo‘lgan.
Jumladan, oltoy tillari oilasiga kiruvchi tillar xususida tadqiqotlar olib borilgan.
Xususan, N.A. Baskakovning “Алтайская семья языков и ее изучение”;
V.Kotvichning “Исследование алтайских языков”, N.P. Direnkovaning
“Грамматика алтайского языка” kabi izlanishlari shular jumlasidandir.
Tillarni bir-biriga muqoyasa qilib, taqqoslab o‘rganish shuni ko‘rsatadiki,
ba’zi tillardagi so‘zlarning ma’nolari, shakllari, grammatik xususiyatlari bir-
biridan juda katta farq qiladi. Albatta, bunday tillar bir-biriga yaqin, qardosh tillar
bo‘la olmaydi. Ammo ba’zi tillarning tuzilishi, grammatik xususiyatlari, shu
tillardagi so‘zlarning paydo bo‘lish manbai, so‘z shakllari va ma’nolari bir-biriga
ancha yaqin bo‘ladi. Bunday tillar bir umumiy o‘zakli tildan kelib chiqqan bo‘lib,
Dostları ilə paylaş: |