Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti


takt deyiladi. Frazada nechta urg‘u bo‘lsa shuncha takt  bo‘ladi.  Takt bo‘g‘inlardan tashkil topadi. Bo‘g‘in



Yüklə 3,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/203
tarix21.10.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#158334
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   203
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti (1)

takt
deyiladi. Frazada nechta urg‘u bo‘lsa shuncha takt 
bo‘ladi. 
Takt bo‘g‘inlardan tashkil topadi.
Bo‘g‘in
bir yoki bir nechta tovushdan 
tahkil topib, bir zarb bilan talaffuz qilinadigan fonetik birlikdir. Bo‘g‘in ta`rifiga 
aloqador bir qancha nazariya mavjud. Shulardan ikkitasi: 
fonologik bo‘g‘in 
nazariyasi va fonetik bo‘g‘in 
nazariyasi keng tarqalgan. Tovushlar fonetika birligi 
sifatida o‘rganilganda “nutq tovushlari” yoki “fonlar” deb yuritiladi. “Fon” hozirgi 
tilshunoslikda keng tarqalgan atama bo‘lib, nutqning eng kichik, ma`no 
anglatmaydigan birligidir. 
Nutq tovushlarining o‘rganilishidagi aspektlardan biri 
fonologiya 
deb 
yuritiladi. Nutq tovushlarining vazifaviy qiymatini fonologiya o‘rganadi. 
Fonologiyaning o‘rganish manbai fonemadir. 
Fonema 
so‘z, so‘z shakllari va 
morfemalarni tashkil etuvchi, ma`no farqlash uchun xizmat qiluvchi eng kichik


88 
boshqa bo‘laklarga bo‘linmaydigan til birligidir. Masalan, 
tup-tub; quy-qo‘y; sut-
sud
so‘zlari fonemalar yordamida farqlanadi. Tarkibidagi birgina fonema bilan farq 
qiluvchi so‘zlar 
kvaziomonimlar
deb yuritiladi. Tildagi barcha fonemalar bir-biriga 
nisbatan ma`lum ko‘lamda bo‘ladi. Fonemalarning bog‘lanishi, o‘zaro munosabati 
fonologik tizimni tashkil etadi. 
Fonologiya tovushlar bilan bog‘langan, biroq u ma`noga ta`sir 
etmaydigan kichik farqlanishlarni kuzatmaydi. Quyida ikki so‘zlovchi nutqini 
kuzatamiz: bir so‘zlovchining “Ssh!”(Jim bo‘ling ma`nosida) va boshqa 
so‘zlovchining ayni “Ssh!”ni boshqacha talaffuz qilishi fonolog olimni 
qiziqtirmaydi.

Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin