Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti



Yüklə 3,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/203
tarix21.10.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#158334
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   203
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti (1)

Paronimlar. 
Faqat bir tovushi bilan farqlanuvchi bir xil talaffuz qilinadigan 
so‘zlarga 
paronim
deyiladi. Talaffuzi yaqin bo‘lganligi uchun bunday so‘zlarni 
bir-biri bilan almashtirib qo‘yish ehtimoli bor. Aytilishi (talaffuzi) bir-biriga 
o‘xshash, ammo yozilishi va ma’nosi har xil bo`lgan so‘zlar paronimlardir: 
yuvindi-yuvundi, fakt-pakt, abzal-afzal, yoriq-yorug`, quyulmoq-quyilmoq, arch-


119 
art, otalik-otaliq,
yonilg

i-yoqilg

i, matal-ma’tal (mahtal), jodi-jodu, yondosh-
yondash, bob-bop, tub-tup, tanbur-tambur, daha-daho, sada-sado, juda-judo, 
qism-qisim, adl-adil, ahl-ahil, asr-asir, quyilmoq-quyulmoq, tuyilmoq-tuyulmoq, 
kift-kaft, yod-yot, darz-dars, ramz-razm, qarz-qars, qayd-qayt, naq-naqd, 
o

tkazmoq-o

tqazmoq.
Bir so‘zning ikki xil yozilishi paronim hisoblanmaydi: 
podsho-podshoh, gadoy-gado, kabutar-kaptar, nabira-nevara

Emotsional-ekspressivlik jihatdan o

zbek tili leksikasi 
Emotsional-ekspressivlik his-tuyg‘u, munosabat ifodalash demakdir. O‘zbek 
tilidagi ba’zi so‘zlar so‘zlovchining munosabatini ham ifodalaydi, ba’zilarida 
munosabat sezilmaydi. Shu jihatdan so‘zlar ikki xil bo‘ladi: emotsional-ekspressiv 
bo‘yoqsiz so‘zlar; 2) emotsional-ekspressiv bo‘yoqdor so‘zlar. Bo‘yoqsiz so‘zlarda 
faqat tushuncha, ma’no ifodalanadi. So‘zlovchining munosabati sezilmaydi. 
Bunday so‘zlar 
bo

yoqsiz
yoki 
neytral
, uslubiy 
betaraf so

zlar
deb yuritiladi. 
Bo‘yoqdor so`zlarda so‘zlovchining munosabati ham ifodalanadi. Munosabatning 
xarakteriga ko‘ra bo‘yoqdor so‘zlar ikki xil bo‘ladi: a) ijobiy bo‘yoqdor so‘zlar: 
chehra, jamol
. b) salbiy bo‘yoqdor so‘zlar: 
badbashara, badburush, naynov, 
qiltiriq, kampirdahan.
So‘z ko‘chma ma‘nosining shakl va ma’no munosabatini ifodalovchi turlari - 
sinonimlar, omonimlar, polisemiya, metafora, epitet, metonimiya, sinekdoxa
va 
boshqalar uslubiy vosita bo‘lib, turli qo‘shimcha ma’no, mazmunni ifodalashga 
xizmat qiladi. 
Sifatlash 
ham tilning boy tasviriy vositalaridan biri bo‘lib, narsa, voqea, 
hodisalarni yorqin ifodalashga xizmat qiladi.

Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin