Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti



Yüklə 3,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/203
tarix21.10.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#158334
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   203
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti (1)

Qo‘shimcha adabiyotlar 
 
1.
Абдуазизов А., Шереметова А. Общее языкознание.- Тошкент, 2004.-Б.4-9 
2.
Vrabel T.T. Lectures in theoretical phonetics of the english language and 
method-guides for seminars, poliprint ungvár, 2009.-P.12 
3.
3.Linguistics: The Scientific Study of Human Language. 2006. P.7
 
4.
Ирисқулов И.Тилшуносликка кириш.-Тошкент, 2009.-Б.241-246 
5.
Рaҳмaтуллaeв Ш.Систем тилшунослик асослари. -Тошкент, 2007.-Б.37 
6.
Щитка Н.Н., Юсупова К.Н.Введение в языкознание. -Тошкент, 2006.-Б.9-
12. 
7.Ҳoжиeв A. Тилшунoслик тeрминлaрининг изoҳли луғaти.-Тошкент, 2002.-
Б.14-32. 
8. www. literature.uz 
9. www. genhis philol.ru. 
 
 


58 
4-
§.
 TIL TARAQQIYOTINING JAMIYAT TARAQQIYOTI BILAN 
MUNOSABATI 
Reja: 
1.
Sotsiolingvistika -til va jamiyat munosabatlari haqidagi fan. 
2.
Tilning jamiyatdagi ko`rinishlari. 
3.
Tilning ijtimoiy vazifalari. 
Asosiy tushunchalar: integratsiya, differensiatsiya, tarixiylik, 
hayotiylik, me'yoriylik, hududiylik, qadimiy tillar, me'yorlashtirilgan tillar, 
kreol tillari, pijn tillari, tilning ijtimoiy vazifalari, kommunikativ funksiya
emotsional-ekspressiv funksiya. 
 
Til va jamiyatning o`zaro uzviy munosabatini sotsiolingvistika fani 
o`rganadi. Tilning paydo bo`lishi va rivojlanishi insoniyat jamiyati bilan 
mustahkam bog`liq. Til insoniyat tarixi qadar qadimiydir. 
Umumiy til tushunchasining shevadan farqi bor: til butun bir xalqqa xizmat 
qiladi, sheva esa xalqning bir guruhigagina taalluqlidir. Til ko`p vazifali, hamma 
uchun umumiy bo`lgan aloqa-munosabat vositasidir; sheva esa, vazifa nuqtai 
nazaridan chegaralangan bo`lib, tilning nutqiy ko`rinishini tashkil etadi.
Masalan, o`zbek tiliga qarluq-chigil-uyg`ur dialekti asos bo`lgan. Bu sheva 
Farg`ona, Toshkent, Samarqand-Buxoro shevalarini o`z ichiga oladi. O`zbek 
tili—ko`p dialektli til. Bu hol o`zbek tilining o`ziga xos murakkab tarixiy 
rivojlanish sharoiti va o`zbek millatining o`tmishdagi xilma-xil etnik tarkibi bilan 
izohlanadi.
Ta`kidlanganidek, til jamiyat taraqqiyoti bilan birga rivojlanadi, tilning 
grammatik qurilishi takomillasha boradi. Til taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan 
uzviy bog`langan. Kishilik tarixidan shu narsa ma`lumki, avval urug`dosh tili, 
keyin qabila tili, elat, xalq va millat tili shakllangan.
Dialektlar urug`chilik davridan boshlab, jamiyat taraqqiyotining keyingi 
bosqichiga qadar son jihatdan ko`payib boradi. Bu qabilalarning yashash tarzi 
bilan bog`liq. Avval bir qabila ittifoqiga kirgan tillar markazdan uzoqlashgan sari 
ulardagi dialektal farq orta boradi va bu dialektal farqlar oxir-oqibatda yangi til 
paydo bo`lishi uchun asos bo`ladi. Dialektlar sonining ko`payishi va ular asosida 
yangi-yangi tillarning vujudga kelishi til taraqqiyotining 

Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin