66
turi ma’lumotlarning dastlabki qaydlarini yetkaza oladi va mavhum tushunchalarni
ifodalash imkoniyatiga ega emas.
Insoniyat bundan besh ming yil avval ixtiro qilgan yozuv jamiyatning
rivojlanishi,
unung
tarixi,
madaniyati,
urf-odati
va
umumanjahon
sivilizatsiyasidan darak beruvchi eng nodir kashfiyotdir. Tilshunoslikning yozuvni
o‘rganuvchi sohasi "grammatalogiya" (grekcha -grammat - to‘g‘ri yozaman, logos
- fan) deyiladi. Eramizdan taxminan 120 asr oldin turli rasmlar, skulptura va
grafikaga tegishli belgilar
shartli ravishda narsalar, tushunchalar va biror jumlani
ifodalash uchun qo‘llangan va bu piktografik (loticha pictum - rasm, pingo-
chizaman) yozuv ning hosil bo‘lishiga asos bo‘lgan.
Turli chizma grafik vositalar yordamida axborot yetkazib berish bundan
bir necha yuz yil avval ham keng qo‘llangan. Afrikadagi Togo mamlakatidagi eve
elati piktogrammalar yordamida maqollarni ifodalaganlar. Ignaga ip taqilgan 1-
rasm (piktogramma) "Igna
qayerga borsa, ip ham o‘sha joyga boradi" degan
maqolni ifodalaydi. Boshqa maqol: "Kichik narsalar buyuk ishlarni bajara oladi"
yoki "Igna katta yirtiqni yamay oladi" 2-rasmda ifodalangan. Ikkita odamning
rasmi (3) "Ikkita dushmanga uzoq bas kelish qiyin" maqolini ifodalaydi. Ikki
kishining birining qo‘lida yoy (o‘ngda) va ikkinchisida kamon (chapda) bor.
O‘ngdagi kishining qo‘li ko‘ksida - "meniki") ma'nosini bildiradi. Ikkinchisida
qo‘lida o‘ljasini ushlab turibdi. "Dunyo bepayon va keng"
maqolini ifodalash
uchun daraxt va aylana o‘rtasidagi odamning qo‘lini ochib turgani (5) chizilgan.
Buning asl mazmuni: "O‘limdan qochib qutulib bo‘lmaydi" maqolini (6) eslatadi.
Uzun bo‘yli kishi to‘g‘ri chiziq va qa notli hayvon - o‘limni anglatadi.(Rasmga
qarang).
Piktogrammalar o‘zlarining axborot berish vazifasini to‘la bajarmay, ba'zi
g‘oyalarni ifodalasa, ular ideogrammalar deyiladi (grekcha idea - g‘oya) va ularni
biriktirish vositasida biror axborot berish mumkin bo‘ladi. Xitoy yozuvidagi bir
necha yuzta ideogrammalar aslida narsalarni ifodalovchi rasmlardan kelib chiqqan.
Bunday ideografik yozuvga shumer (keyinchalik akkad) yozuvi (eramizdan
avvalgi IV—I asrlar), elam yozuvi (eramizdan avvalgi XXIII—IV asrlar), misr
yozuvi (eramizdan avvalgi XXX—V asrlar), xet yozuvi (asrimizdan avval XV-XII
asr), maya yozuvi (IV-XVI asrlar) va atstek yozuvi (XVI asrgacha) ham kiradi.
Xitoy yozuvidagi ideogrammalardan ba'zilari narsalarning tasviriga o‘xshash
alomatlarga ega: -quyosh, -maydon, -oy, -yoy va nishon va h.k.
Piktrogramma va ideogramma O‘rta yer
dengizining janubiy-sharqiy
qirg‘og‘ida va Fors ko‘rfazi hududlarida qo‘llanmay qoldi va ular o‘rniga aniq
so‘zlarni ifodalovchi belgilar - logo grammalar (grekcha logos - so‘z, nutq) kashf
etildi. Bu yozuv grafik vositalar yordamida so‘zlarning ma'nolarini ifodalagan.
Qadimiy shumer piktrogrammalari va ideogrammalarining rivojlanishi natijasida
mixsimon logogrammalar hosil bo‘lgan. Davrlar o‘tishi bilan ba'zi grafik belgilar
so‘zlarning ma'nosini emas, balki ularning ma'nosiz qismlarini, ya'ni bo‘g‘inlarni
ham ifoda qilgan. Mixsimon yozuvni shumerlardan Mesopotamiyaga kelgan
akkadlar, ya'ni vavilonlilar va ossiriylarning vorislari qo‘llaganlar.
Tovush
elementlarining grafik belgilari (ularni fonogrammalar deyiladi - grekcha fon —
67
tovush, nutq) ossiriy- vavilon mixsimon yozuvida qo‘llaniladi va uni
sillabogrammalar (grekcha syllabal — bo‘g‘in) deb ataladi. Fonografik va sillabo-
grafik yozuvlarda qo‘llangan grafemalar unli va undosh tovushlarni ham
ifodalagan. Bu keyincha (grekcha konsonant "undosh") yozuvining paydo
bo‘lishiga olib keladi. Konsonant yozuvning rivojlanishi natijasida grek yozuvi va
undan keyin lotin (Rim) yozuvi paydo bo‘ldi. Grek va lotin yozuvlari Bolqon va
O‘rta yer dengizi bo‘yidagi xalqlarga tarqaldi va
eramizdan avvalgi II asrdan
boshlab xristian dini tarqalishi natijasida IV asrda gotlar (sharqiy germanlar), VI-V
asrlarda efioplar, armanilar va gruzinlarga yetib keldi. Qadimiy Vizantiya
davlatidagi Saloniki shahrida yashovchi aka-uka Konstantin Kiril va Mefodiy grek
yozuvi asosida slavyan yozuvini (863— 869-yillar) kashf etdilar. Bundan yuz yil
keyin slavyan xristian madaniyati yozuvi Rossiyaga tarqaldi.
Hozirgi rus tilida
qo‘llanayotgan kirillitsa yozuvi aslida o‘sha aka-uka Kiril va Mefodiylar taklif
etgan alifboning qayta ishlangan nusxasidir.
Shunday qilib, yozuvlarni asosan ikki turga bo‘lish mumkin: 1) ideografik
(piktogramma, logogramma, sillabogramma) va 2) fonetik (grek, lotin, kirillitsa va
h.k.) yozuvlar. Bu fonetik yozuvlar tarixiga nazar solsak, finiikiy (eramizdan
avvalgi XX asrdan boshlab Suriya va Falastinda tarqalgan), oramiy (Yaqin
Sharqda eramizdan oldin VIII asr) va undan kelib chiqqan qadimgi hind yozuvlari
brahma (eramizdan avval III asr) va devanagari (eramizdan
avvalgi VII asrdan
boshlab) yozuvlari mavjud. Devanagari yozuvi qadimiy sanskrit tilida qo‘llangan
va keyincha boshqa hindiy tillarida, jumladan, hindi, marathi, nepali, gondi, munda
tillarida ishlatilgan. Hind alifbosi boshqa mamlakatlardagi tibet, kxmer, mon,
birma, tai, loas, yaran va h.k. tillarda qo‘llanadi.
Finikiy, grek, lotin va kirillitsa yozuvlari rivojlanishidagi alomatlarni
quyidagi qiyoslashdan bilish mumkin:
9
Grek
alifbosi
Lotin alifbosi
Kirillitsa alifbosi
A
A
A
A
A
K
M
M
B
B
B
B
B
N
N
H
T
C
r
C
r
C
A
D
a
D
0
0
E
E
E
E
E
r
n
n
Y
V
F
V
K
K
I
Z
Z
z
p
p
B
H
H
H
N
i
c
©
©
e
T
T
I
I
I
o
®
K
K
K
K
X
T
X
L
A
L
A
9
Абдуазизов А. Тилшунослик назариясига kириш.-Тошкент,2010, 157-161.