Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti



Yüklə 3,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/203
tarix21.10.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#158334
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   203
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti (1)

tarixiylik, 
hayotiylik, me`yoriylik, hududiylik
kabi qator mezonlarga amal qiladi. 
Avvalo, til voqelik sifatida mavjud bo`lishi uchun muayyan tarixiy 
taraqqiyot bosqichini o`tishi kerak. Tilning paydo bo`lishi, yaxlit tizim tarzida 
shakllanishi, ijtimoiy hodisa sifatida mavjudligi uning 
tarixiyligi
bilan bog`liq.
Tilning 
hayotiyligi
uning aloqa-munosabat vositasi sifatida mavjuligidir. 
Til hayotiyligini yo`qotsa, o`lik tilga aylanadi. Til hayotiy bo`lishi uchun shu 
tildan foydalanadigan jamiyat zarur bo`ladi. Ba`zan o`lik tillar qaytadan tirik tilga 
aylanishi mumkin, degan fikr ham mavjud va buning isboti sifatida ivrit tilini 
misol qilib keltirish mumkin. Bu qarashni nisbiy deb baholash kerak. Negaki, til 
aloqa munosabat vositasi sifatidagi ahamiyatini yo`qotdimi, uni sun`iy ravishda 
tiklab bo`lmaydi.
Sotsiolingvistikadagi 
me`yoriylik
mezoni deyilganda tilning muayyan 
me`yorlar asosida muvofiqlashtiriluvi tushuniladi. Til grammatikasiga oid qonun-
qoidalarning yaratilishi me`yorlashtirishning muhim omillaridan hisoblanadi. 


60 
Me`yorlashtirilgan til muayyan jamiyatning ehtiyoji uchun xizmat qiladigan, 
muayyan qonun-qoidalar asosida muvofiqlashtirilgan milliy-adabiy tildir. 
Hududiylik
tilning ma`lum hudud bilan bog`liqligini ifoda etadi. 
Hududiylik millat, elatga xos urf-odat, an`analar, tarixiy-etnik birlik va yagona 
davlat tizimining shakllanganligi bilan bog`liq. Millatning, hududning, tarixiy-
etnik asos va taraqqiyotning boshqa-boshqaligi tillar o`rtasidagi farqlar uchun 
asos bo`ladi. Millat va etnik asosning bir xil bo`lishi hududning farq qilishidan 
qat`i nazar, aloqa-munosabat vositasining bir xil bo`lishini ta`minlaydi. Masalan, 
o`zbek va tojik tillarida har bir tilning o`ziga xosligi ko`zga tashlanadi. Bir xil 
etnik asosga ega bo`lgan o`zbek va qirg`iz tillari o`rtasida fonetik, leksik, 
grammatik farqlar bor. Adabiy til va shevalar o`rtasida ham tilning ichki tuzilishi 
bilan bog`liq farqlar kuzatiladi.
Ijtimoiy tabiati va o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, tillarni 
quyidagicha guruhlash mumkin.

Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin