92
yig‘ilgan so‘zlar mazmun ifodalash uchun xizmat qilmaydi. So‘zlarning ketma-
ketligi ma`lum tartib va umumiy qoidaga muvofiq bo‘lishi talab etiladi. Shu
holatning o‘ziyoq tilning tizim ekanligini ko‘rsatadi. Ma`lum bir tilga xos
tovushlar shu tilning fonetik tizimini, so‘zlar leksik tizimini tashkil etadi. Bir tildan
ikkinchi tilga o‘zlashgan so‘z shu tilning fonetik tizimiga-talaffuz me`yorlariga
bo‘ysunadi. Masalan: o‘zbek tiliga rus tilidan kirgan ayrim so‘zlar o‘zbek tili
talaffuz me`yorlariga moslashadi:
чайник-choynak, поднос-patnis.
Aksincha
o‘zbek tilidan rus tiliga o‘zlashgan so‘zlar rus tilining talaffuz me`yorlariga
bo‘ysungan:
qorovul-караул, karvon-караван, bozor-базар.
Umuman,
tilda tovushlar, lug‘at tarkibi, grammatik tartib birikib, tizim
sifatida bir butunlikni tashkil etadi. Til tizimini tashkil etuvchi sathlar o‘zaro
mutanosib holda bir-birini taqozo qiladi. Ular orasidagi bog‘liqlik tilning umumiy
qoyidalari va qonuniyatlariga asoslangan.
Dostları ilə paylaş: