105
va bu artikulatsiya strukturasini tashkil etadi. Tovushlar o‘rtasidagi bog‘lanishning
artikulatsiya strukturasini chuqur o‘rganish yordamida fonetik hodisalar oydinlashadi.
Assimilatsiya hodisasi ham talaffuzini iqtisod qilishning bir turi hisoblanadi.
Assimilatsiya natijasida so‘zlar qisqarishi, undagi tovushlarning artikulatsiyasi o‘xshash
bo‘lib qolishi talaffuzni osonlashtirishga yordam beradi. Turli tillarda assimilatsiyaning
tabiati o‘ziga xos xususiyatlariga ega. Xususan, nemis tilida jaranglilik belgisi bo‘yicha
assimilatsiya uchramaydi. Bunday assimilatsiya rus va o‘zbek tillariga xosdir.
Distant assimilatsiya ko‘proq unlilarning o‘zaro ta'siri natijasida ro‘y
beradi va
turkiy, fin-ugor, ba'zi german tillarida uchraydi. Masalan, nemis tilida otlarning ko‘plik
qo‘shim- chasidagi unli so‘z o‘zagidagi unliga o‘xshash belgilariga ega bo‘ladi. Bu
hodisani umlaut deyiladi: Buch "kitob" - Biicher "kitoblar", Sohn "o‘g‘il" - Sohne
"o‘g‘illar" kabi.
Progressiv assimilatsiyaning yana bir turi singarmonizm
yoki unlilarning
uyg‘unlashuvi deb atalib, u so‘zlarda (o‘zak va affiks- da) unlilarning o‘xshash
artikulyasion-akustik belgilarga ega bo‘lishi bilan izohlanadi. Ba'zi afrika tillarida unlilar
bir so‘z yoki so‘zlar birikmasi doirasida uyg‘unlashadi. Ko‘pgina urol va oltoy tillarida
unlilar til oldi va til orqa, hamda lablangan- lablanmagan belgilari bo‘yicha
uyg‘unlashadi. Masalan,
turkiy tillarda, xususan, turkman, qozoq, qirg‘iz, turk,
qoraqalpoq tillaridagi so‘zlarda til oldi yoki til orqa, lablangan yoki lablanmagan unlilar
o‘xshash holatda uchraydi. Bunda so‘z o‘zagidagi unli bilan uning affiksidagi unli
uyg‘unlashadi. Masalan, turkman tilida: galamlar - "qalamlar", gelinlar - "kelinlar" qozoq
tilida: bashtar - "boshlar", koldor - "qo‘llar", turk tilida: gol- lar - "qo‘llar", gozlar -
"ko‘zlar" kabi.
Singarmonizm urg‘u bilan ham bog‘liq bo‘lib, ularning har ikkisi so‘zning fonetik
belgisi hisoblanadi. Nihoyat, assimilatsiya sinxronik (yangi paydo bo‘lgan) va diaxronik
(tarixiy shakllan- gan) bo‘lishi mumkin. Yuqorida ko‘rsatilgan umlaut va singarmonizm
hodisalari tovushlarning tarixiy assimilatsiyasi natijasida kelib chiqqan.
Assimilatsiya natijasida nutq tovushlari o‘rtasidagi farqlar yo‘qolib, ular
bir yoki
bir necha belgilari bilan o‘xshash bo‘ladi yoki uyg‘unlashadi. Biroq bu hodisaga aksincha
bo‘lgan tovushlarning o‘zaro ta'siri ham borki, bunda tovushlarning o‘xshashlik
xususiyati yo‘qoladi. Agar so‘zdagi ikki bir-biriga o‘xshash tovushlardan biri o‘zgarib,
natijada ular biror artikulyatsion- akustik belgisi yoki bir necha
belgilari bilan farqlanib
qolsa, dissimilatsiya (lotincha dissimilatio - "o‘xshamaslik") deyiladi. Masalan, rus va
o‘zbek og‘zaki nutqida dissimilatsiya ko‘p uchraydi: tumba (tunba), Tambov (tanbov),
tramvay (tranvay), kombayn (konbayn), djemper (djenper), ambar (anbar)29. Ingliz tilida
marble - "mramor" so‘zi fransuz tilidagi marbre — so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, so‘z
oxiridagi (r) tovushi dissimilatsiya natijasida (1) ga ko‘chgan.
Metateza (yoki inversiya) hodisasi tovushlar yoki bo‘g‘inlarning so‘z tarkibida
o‘zaro o‘rin almashishi bilan izohlanadi. Ba'zan so‘zda yonma-yon kelgan tovushlarning
o‘zaro o‘rin almashinuvi inversiya deb, aksincha, bir-biridan uzoq bo‘lgan tovushlarning
Peter T. Daniels. (2001) Writing and Language. In The Handbook of Linguistics. Edited by Arnoff, M., Rees-
Miller, J. P.65-68
106
o‘zaro almashinuvi metateza deb yuritiladi. Bu hodisa ko‘proq og‘zaki nutqda uchraydi:
mramor (marmar), tuproq (turpoq), yomg‘ir (yog‘mir), tuxfa (tufxa), supra (surpa) kabi.
Diereza (yoki tushurib qoldirmoq) hodisasi undosh
tovushlarni talaffuzdan
tushurib qoldirish bilan izohlanadi: (Toshkent shevasida) go‘sht (go‘sh), rost (ros),
surtmoq (surmoq), tandir (tanir) kabi.
Agar bir xil yoki o‘xshash bo‘g‘inlardan biri tushirib qoldirilsa, gaplologiya
deyiladi. Masalan, morfofonologiya so‘zi o‘rnida morfonologiya, sarig‘ yog‘ o‘rnida
saryog‘ kabi.
So‘zga tovushni qo‘shib aytish epenteza deyiladi:
Dostları ilə paylaş: