Milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyoti,.Toshkent,“Maʼnaviyat”, 2004
Demak, 1917 yil 27 noyabr Turkiston muxtoriyati eʼlon qilingan kunni Hamza Turkiston shaxrida mamnuniyat bilan kutib oldi va “Turkiston muxtoriyatina” sheʼrini yaratdi. Sheʼr “Ulugʻ Turkiston” gazetasining 1918 yil 11 yanvar sonida eʼlon qilindi. Sheʼrda shoir musulmon millatini ulugʻ bayram bilan muborakbod qilar ekan, ularni bir sanjoq—bayroq ostida birlashishga daʼvat etadi
Keling emdi birlashing, islom millati!
Ketsin sunniy, shialik nifoq illati!
Bir sanjoqqa toʻplansun islom davlati!
Qutlugʻ boʻlsun Turkiston muxtoriyati!
Yashasun endi birlashub, islom millati! 2
Hamzaning 1917 yil Oktyabr toʻntarishigacha boʻlgan ijodidagi asosiy gʻoya maʼrifatparvarlikdir, u bu davrda jadid adabiyotining yirik namoyandasi sifatida badiiy ijodning hamma imkoniyatlaridan, turlaridan foydalandi. Barcha jadid mutafakkirlari kabi u 1917 yil Fevral inqilobidan soʻng hamma ish oʻrinladi, Turkiston xalqlari mustamlaka qulligidan ozod boʻldi, deb oʻyladi. 1917 yilda “Kengash”, keyin “Hurriyat” jurnallarini nashrdan chiqardi. “Hurriyat” jurnalining birinchi sonida eʼlon qilingan
“Bugungi qadrlik kunlar” bosh maqolasidagi ushbu soʻzlarda Hamzaning bu tarixiy voqeaga munosabati yaqqol koʻzga tashlanadi: “Bu kun baxt falakindan chiqmish haqiqat qoʻyoshi musovot, adolat kabi eng sof ziyolari bila eng qorongʻuda yoʻqolgan igna kabi nozik va muhim maqsadlarimizi ham yalturatub koʻrsatmakdadur. Mana, bukun haqiqat, hurriyat vositasi bila eski xoin va zolim, mustabid hukumatni 50 yildan beri boʻyin, qoʻl va oyogʻimizgʻa sezimsiz solub kelgan umrlik ogʻur zanjirlarin koʻzga koʻrsatub yechdi, xalos qildi. Bu kun haqiqat, musovot vositasi bila, bir taraf, zolim amaldorlar, ikkinchi tarafdan rahmsiz, shafqatsiz talonchilar temir tirnogʻi ostida poʻstlari butun sidirilib, yuraklari ezilib, choʻkub xonumonlaridan ajrab kelub turgan mazlum, nohaq faqiru bechora, yetim, gʻariblarning burgutlar panjai margidan raho qildi… Bu kun eng qadrlik, eng gʻanimatlik kun! Bu kun Ostroumof, Ilminskiy kabilarning tarbiyasida yashagan va aning maslakiga xizmat etuvchi, vatandagi oʻz oramizdan chiqqon din xoinlarini xiyonatlarin haqiqat maydoniga otur. Nohaqlarni sharmanda va sarnigun qilur”.
Albatta, Hamzaning mustamlakachilarga qarata aytgan jasoratli soʻzlari Vaqtli hukumatga ham, uning oʻlkadagi hamtovoqlariga ham maʼqul boʻlmadi, ikkala jurnal birin-ketin yopildi.
Hamza Oktyabr toʻntarishidan keyin shoʻrolar hokimiyatini qoʻllab-quvvatlovchi sheʼrlar, qoʻshiqlar bitdi, bolsheviklar hokimiyatining yangi shakddagi mustamlakachilik siyosatini koʻra olmadi. Baʼzan oʻz qobiliyatini badiiy ijodga emas, shoʻro huku-matining targʻibot-tashviqot ishlariga safarbar etdi. Uning 20-yillarning oʻrtalarida yaratgan “Paranji sirlaridan bir lavha yoki yallachilar ishi” dramasi, “Burungi qozilar yoki Maysaraning ishi” hajviy komediyasi oʻzbek dramaturgiyasi va teatr sanʼati taraqqiyotiga kuchli taʼsir koʻrsatdi.
Hamza 1926 yil 27 fevralda “Oʻzbekiston xalq yozuvchisi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
Hamza Hakimzoda Niyoziy 1928 yilning avgustida shoʻro hukumatining topshirigʻiga binoan Shohimardonga boradi, u yerda mavjud hukumat siyosatini barqaror qilishda, ruhoniylarga qarshi kurashda faol ishtirok etadi va 1929 yil 18 mart kuni shu kurashning qurboni boʻladi.
2. Milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyoti,.Toshkent,“Maʼnaviyat”, 2004
Hamza Hakimzoda Niyoziy 1928 yilning avgustida shoʻro hukumatining topshirigʻiga binoan Shohimardonga boradi, u yerda mavjud hukumat siyosatini barqaror qilishda, ruhoniylarga qarshi kurashda faol ishtirok etadi va 1929 yil 18 mart kuni shu kurashning qurboni boʻladi. Hamzaning bir guruh mutaassiblar tomonidan oʻldirilishi shoʻro mafkurasida uning ijodini sinfiylik-partiyaviylik tamoyillariga asoslanib baholash uchun mezon boʻldi. Uni maʼnaviy zamindan yulib olib, oʻzi mansub boʻlgan jadidchilik harakatiga, uning namoyandalariga qarshi qoʻydilar, oʻzbek shoʻro adabiyoti va sanʼatining yagona asoschisi sifatida talqin va taqdim etdilar. Bu gʻayriilmiylikning eng yuqori namunasi sifatida Hamzaga bagʻishlangan 17 seriyali “Olovli yoʻllar” filmini koʻrsatish mumkin. Uydirmalar asosiga qurilgan bunday asarlar Hamzaga nisbatan hurmat-ehtiromni oshirish oʻrniga unga boʻlgan ishonch va eʼtiqodga putur yetkazdi.
Xulosa
Shoʻro mafkurasining bu boradagi salbiy oqibatlaridan biri shu boʻldiki, milliyatchi shoirning ayrim satrlari, hatto asarlariga “pardoz” berildi, “tahrir” qilindi, “Boy ila xizmatchi” dramasi 1939 yilda dramaturg Komil Yashin tomonidan sotsialistik realizm talablari asosida, aytish mumkinki, qayta yozildi.
Hamza ijodi mustaqillik, istiqlol tufayligina haqiqiy bahosini olmoqda. U hech bir boʻrttirishsiz, qoʻshib-chatishsiz ham XX asr oʻzbek adabiyotining atoqli vakili: novator shoir, hozirjavob nosir, isteʼdodli dramaturg, gʻayratli teatr arbobi, mohir pedagog sifatida zamondoshlari Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Choʻlponlar qatoridan munosib oʻrin olishga haqlidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ma’naviyat yulduzlari. – T.:Abdulla Qodiriy nomidagi xalqaro meros nashriyoti.1999.
2. Milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyoti,.Toshkent,“Maʼnaviyat”, 2004
3. https://kh-davron.uz/yangiliklar/muborak-kin/ulugbek-dolimov-hamza-hakimzoda-niyoziy.html.
Foydalanilgan adabiyotlar:
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |