Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/66
tarix20.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#157879
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   66
h.dadaboev o‘zbek terminologiyasi

Adabiyotlar 
 
1. Бегматов Э. Ҳозирги ўзбек адабий тилининг лексик қатлами. -
Тошкент: Фан, 1985. 
2. Гулямов А. Проблемы исторического словообразования 
узбекского языка.1. Аффиксация. Ч. 1. Словообразующие аффиксы 
имен. Автореф. дисс. док.филол. наук. – Ташкент, 1955. 
3. Дониёров Р. Ўзбек тили техник терминологиясининг айрим 
масалалари. Тошкент: Фан, 1977. 
4. 
Кононов А.Н. Грамматика современного узбекского 
литературного языка.-М.-Л., 1960. 
5. Лотте Д.С. Основы построения научно-технической 
терминологии. -М.: АН СССР, 1961. 
6. Мадвалиев А.Ўзбек терминологияси ва лексикографияси 
масалалари.Т.:Ўзбекистон миллий энциклопедияси.2017.-Б.28-30. 
7. Павлова М. Метафоры и когнитивные науки. - М.,1998. 
8. Шоабдураҳмонов Ш., Асқарова М., Ҳожиев А., Расулов И., 
Дониёров Х. Ҳозирги ўзбек адабий тили. 1 қисм. Дарслик.-Тошкент: 
Ўқитувчи, 1980.
O‘ninchi mavzu: O‘zbek tili terminologiyasidagi leksik-semantik 
hodisalar 
Reja: 


83
1.O‘zbek terminologiyasi sistemasidagi paradigmatik munosabatlar. 
2.O‘zbek terminologiyasi sistemasida polisemiya,sinonimiya va 
antonimiya. 
Asosiy tushunchalar:
monosemantika, polisemiya, paradigmatik 
munosabatlar, giperonim,-giponim, partonimik munosabatlar, graduonimik 
munosabatlar, omonimik qatorlar,sinonimiya, antonimiya,antonim juftliklar, 
kontrar,komplementar. 
 
E’tirof etish joizki, terminologik sistemadagi terminlarning 
salmoqli qismi monosemantik hisoblanadi. Terminning tabiati ham ayni 
shuni talab qiladi. Turli terminlogik sistemalarda qo‘llanayotgan quyidagi 
terminlar shu jihati bilan xarakterlanadi: 
saylovchi, ko‘chirmakash, qarzdor, 
hissador, daromad,soliq, qo‘riqxona, parlament, kansler, kompilyatsiya, 
konstitutsiya, konsul, tintuv, patent, ombudsman, tergov, jinoyatchi, ishonch 
yorlig‘i, oliy sud v
a h.k.
Shu bilan birga u yoki bu sohada qo‘llanayotgan ayrim terminlardan 
bir nechta ma’noni ifodalash uchun foydalanilayotgani ham sir emas.
Xususan, tilshunoslikda 
aksentuatsiya 
o‘zlashmasi 1. so‘z yoki gapdagi 
ma’lum qismlarni urg‘u yordamida ajratish; 2. tilning urg‘u sistemasi; 3. 
matnda urg‘uni belgilash ma’nolarini ifdalash maqsadida ishlatilmoqda 
(Hojiyev, 2002.24). 
Huquqshunoslik sohasida 
akt
o‘zlashmasining 1. akt; 2. harakat, ish; 
3. dalolatnoma ma’nolarini ifodalashi qayd etilgan (Ahmedov, Bektemirov. 
2002.15). 
Harbiy terminlar sirasidan o‘rin olgan
vaxta
termini 1. kemada 
navbatchilik; posbonlik, soqchilik; 2. kema ekipajining navbatda turgan, 
posbonlik qilayotgan qismi; 3. muhim obyektlardagi navbatchilik, soqchilik 
ma’nolarini ifodalashga yo‘naltirilgan (RO‘L 1,1983.100). Ayni 
terminologik sistemada faol qo‘llanuvchi 
granata
termini 1. portlovchi 
snaryad hamda 2. irg‘itiladigan gimnastika asbobini anglatishda qatnashadi. 
Shaklan o‘xshash terminlarning turli fan sohalari terminlogiyasida
qo‘llanib, omonimik qatorlarni yuzaga chiqarishi ehtimoldan xoli emas. 
Chunonchi, 
boks
I –sport. boks; 
boks 
II- tib. boks, alohida xona; 
giperbola
I- 
til. mubolag‘a;
giperbola
II - mat. giperbola (konus kesimlaridan biri); 
morfologiya 
I -til. grammatikaning so‘z turkumlari haqidagi bo‘limi; 
morfologiya 
II -tib.; biol.odam va hayvon tanasidagi organlar va to‘qimalar 
shakli hamda tuzilishini o‘rganadigan fan; 
konvergensiya
I- biol. turli 
organizmlarda bir xil tashqi muhit ta’sirida o‘xshash belgilarning paydo 
bo‘lishi
; konvergensiya
II -fiz. ikkala ko‘z o‘q chizig‘ining bir nuqtada 
uchrashuvi; 
konvergensiya 
III.- tib. o‘xshashlik, yaqinlik;
 konvergensiya
IV- 
til.-birdan ortiq tovushning tarixiy taraqqiyot natijasida bir tovushga 
birlashishi; 
bo‘z
I- mato turi; 
bo‘z
II –ot turi (rangi bo‘yicha); 
bo‘z
III- 
cho‘l, dasht, yobon; 
bo‘z
IV- bot. tukli kovil;
 assotsiatsiya
I-psix. muayyan 
sharoitda psixologik hosilalar orasida paydo bo‘ladigan aloqa; 
assotsiatsiya
II-biol.tuzilishi va turlari bir xil fitotsenozlar majmui; 
assotsiatsiya
III –


84
kimyo. molekulalar yoki ionlarning molekulalararo elektr tabiatli harakat 
kuchi ta’sirida guruhlarga bo‘linishi; 
assotsiatsiya
IV-siyos. uyushma, 
birlashma;
assotsiatsiya
V –til. til birliklarining shakli yoki mantiqiy-
semantik belgisiga ko‘ra o‘zaro birlashishi va h.k. Shunga o‘xshash holat 
tibbiyot, tilshunoslik va boshqa sohalarda qo‘llanayotgan 
konversiya, 
substansiya, substitutsiya, transformatsiya
kabi omonimlar qatorida ham 
aksini topgan.
O‘zbek terminologiyasi sistemasida paradigmatik munosabatlar 
ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Turli soha terminologiyasi tilning leksik 
qatlamlari singari ochiq sistema hisoblanib, unda giper-giponimik, 
Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin