Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/103
tarix20.03.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#54011
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   103
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

tematologiya  nuqtayi  nazaridan  xamsanavislik 

Ойбек. Танланган асарлар. Тўрт томлик. Биринчи том. Шеърлар, поэмалар. – Тош-



кент: Бадиий адабиёт, 1957. – Б.184.

Гафур Гулям. Айбек, Хамид Алимджан. Стихотворения и поэмы. Большая серия. – Л., 



1980. – С.307.

Исмоилов И.А. Алишер Навоий «Садди Искандарий» достонининг қиёсий таҳлили. 



– Тошкент, 2019.


130

131


doirasida yaratilgan iskandarnomalarning mavzulari ham e’ti­

borga molik. Garchi iskandarnomalarning mavzulari genezisiga 

ko‘ra qahramonlik mavzulariga taalluqli bo‘lsa-da, vaqt o‘tishi 

bilan mualliflarning originallikka intilishi faqat asar nomining 

emas, mavzuning ham o‘ziga xoslik kasb etishiga olib kelgan. 

Firdavsiyning  «Iskandarnoma»si  qahramonlik  mavzusida,  Ni­

zomiy  «Iskandarnoma»si  ham  ko‘proq  jangnoma  xarakteriga 

ega, lekin unda mavzu tarkibiga lirik, axloqiy-ma’naviy ruh ham 

qo‘shilgan.  Xusravning  «Oyinayi  Iskandariy»si  qisman  jang­

noma,  ko‘proq  axloqiy-didaktik  yo‘nalishga  mansub.  Jomiy-

ning «Xiradnomayi Iskandariy»si esa jangnomalik xususiyati­

ni butunlay yo‘qotib, sof didaktik xarakter kasb etgan. Navoiy 

qo‘ygan nom ham asar mavzusini biror predmet yoki motivga 

aloqadordek ko‘rsatsa-da, mazmunan qahramonlik va axloqiy- 

ma’rifiy jihat tenglik kasb etgan. Shu tarzda, nomlardagi turfa­

lik mavzulardagi o‘zgarishlarni aks ettirib borgan. Bunday o‘zi­

ga xoslikni fotiha baytlar misolida ham kuzatish mumkin.

Sharqda yaratilgan iskandarnomalarda baroati istihlol bo-

rasida o‘ziga xos an’ana mavjud, ularning aksariyati deyarli bir 

xil bayt bilan boshlanadi.



Firdavsiyda:  

Bar on ofarin, k-o‘ jahon ofarid,

 

 

 



Zamin-u, zamon-u makon ofarid.

Nizomiyda:   

Xudoyo, jahonpodshoy turost,

 

 

 



Zi mo xidmat oyad, xudoy turost.

Amir Xusravda: 

Jahonpodshoho, xudoyi turost,

 

 

 



Azal to abad podshoyi turost.

Jomiyda:  

 

Ilohi, kamoli ilohi turost,



 

  Jamoli jahon podshohi turost.



Navoiyda:   

Xudoyo, musallam xudoliq sanga,

 

 

 



Birov shahki, da’bi gadoliq sanga.

Abdibek Sheroziyda: Jahonofarino, ilohi turost,

 

 



 

Ba mulki jahon podshohi turost.

 

Ye.E.Bertels  o‘z  vaqtida  mazkur  an’anaga  e’tibor  qaratib, 



Nizomiy, Xusrav, Jomiy va Navoiy baytlarini o‘zaro qiyoslagan 

va mualliflar o‘rtasidagi farqni ko‘proq ijtimoiy-siyosiy hayot 

bilan bog‘lab asoslashga harakat qilgan edi. 

Faqat xamsanavislik an’anasida yaratilgan iskandarnoma-

larda  emas,  bu  toifaga  kirmaydiganlarida  ham  debocha­

lar  an’anaviy  xarakterga  ega.  Nizomiy  va  Navoiy  dostonlari 

an’anaviy hamd bilan boshlanadi. Epik hamdlar ko‘lamdorlik, 

vaz min ifoda, obrazlar tizimi bilan lirik hamdlardan farqlana­

di. Tavhidning badiiy funksiyasi Nizomiy va Navoiyga qadar 

tayin bo‘lib ulgurgan, shu bois bunday boblar bir maqsadning 

ikki  ijodkor  tomonidan  qanday  ifodalanishi,  ijodiy  individu­

allikni kuzatish uchun juda qulay vaziyat hisoblanadi.

Navoiy  dostonidagi  munojotda  aniq  voqeaviylik  bo‘lma­

sa-da,  biror  nazariy  fikr  yoki  asos,  uning  amaliy  isboti  kabi 

qismlar,  ular  o‘rtasida  ichki  bog‘lanish  mavjud.  Mana  shu 

izchillik, avvalo, ijodkor fikrlarining ta’sirli chiqishiga xizmat 

qilgan.  Nizomiy  dostonidagi  munojotda  esa  mazkur  xususi­

yat  u  qadar  sezilmaydi,  uning  tasvirlari  bir  xil  ohang  va  bir 

xil mazmunda. Navoiy kabi fikrga turli asoslar keltirmaydi, u 

birgina «yaxshi yoki yomon bo‘lsam ham, sening taqdiring tu­

fayli» degan asosni ta’kidlaydi. Navoiy esa qo‘shimcha tarzda 

banda gunohlarining kechirilishiga akobirlar fikri, Horun ha­

qidagi  rivoyat  va  boshqa  mantiqiy  asoslar  ko‘rsatadi.  Bunga 

sabab  umidvorlik  tuyg‘usiga  urg‘u  berish  edi,  ya’ni  Navoiy 

munojotida  Nizomiydan  farqli  o‘laroq  umidvorlik  ustuvor. 

Navoiy o‘z gunohlarini umumiy qayd etib qolmay, konkret mi­

sollar keltiradi, o‘zini ko‘proq malomat qiladi. U bobdagi bu­



132

133


tun tasvirni Allohning karim sifati atrofida birlashtiradi, hatto 

sarlavhani ham shu nuqtaga tutashtiradi. «Akramul-Akramin» 

iborasining  turli  ma’nolarini  sharhlab,  mantiqiy  xulosalar 

chiqaradi. Nizomiy munojotida esa hidoyat so‘rash yetakchi. U 

Tangrining biror sifati, masalan, karim yoki rahim sifatlariga 

alohida e’tibor qaratgan emas, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri Allohga 

murojaat qilish, uning qudrati haqida so‘zlashga intiladi. Ni­

zomiyda ham oxirgi bayt ikki bobni o‘zaro uyg‘unlashtirishga 

xizmat qilgan.

Qiyoslar  payg‘ambar  haqiqati  borasida  Nizomiy  va  Na­

voiyning dunyoqarashi yaqin ekanini ko‘rsatadi:


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin