Alisher navoiy nomidagi


Qissasi Rabg`uziy” asaridagi qissalar mazmuni. Asar tarkibi va badiiy



Yüklə 72,03 Kb.
səhifə8/9
tarix08.05.2023
ölçüsü72,03 Kb.
#109683
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Rahmatullayeva Nozima kurs ishi Qissasi Rabg`uziy

2.3. Qissasi Rabg`uziy” asaridagi qissalar mazmuni. Asar tarkibi va badiiy
Rabg'uziy o'zbek mumtoz adabiyoti tarixida alohida mavqe qozongan adibdir. Uning asl ismi Nosiruddin bo'lib, Xorazmning Raboti O'g'uz degan joyida tug'ilgan. Rabg'uziy «Qissasi Rabg'uziy» asarining muqaddimasida otasi Burhoniddinning O'g'uz Rabotining qozisi bo'lganligini aytib o'tadi. Asarda bu haqda: «...bu kitobni tuzgan, toat yo'lida tizgan, ma'siyat yobonin kezgan, oz ozuqlug', ko'p yozuqlug' Rabot o'g'uzining qozisi Burhon o'g'li Nosiruddin...» deb qayd etilgan.
Asar Nosiruddin To'qbo'g'aning topshirig'i asosida yozilgan. Muallif uni «... yigitlar arig'i (poki), ulug' otlig', qutlug' zotlig', ezgu xulqlig', islom yorig'liq, mo'g'ul sanilig', musulmon dinlig', odamiylar inonchi, mo'minlar quvonchi, himmati adiz (yuksak), aqli tengiz beg» deb ta'riflaydi.
Nosiruddin To'qbo'g'abekka bag'ishlangan she'riy madhiyada uning «arslon mengizlik surati», «ko'rklug sifatlig' surati», «tuz so'zlayur so'zni uqa» singari sifatlari keltiriladi.
Rabg'uziyning boshqa asarlari haqida ma'lumotlar yo'q.
«Qissasi Rabg'uziy» asari turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan. U payg'ambarlar haqidagi qissalardan iboratdir.
Bu asar o'zbek nasrining eng qadimiy namunalaridan biridir. Unda XIII asr oxiri
— XIV asr boshlaridagi o'zbek adabiyotining bir qator o'ziga xos xususiyatlari juda yorqin namoyon bo'lgan.
Payg'ambarlar haqidagi qissalar Rabg'uziyning olam va odam haqidagi qarashlarini badiiy jihatdan ifodalash uchun vosita bo'lgan. Ularda adib olamning yaratilishi, tabiat va jamiyat hodisalari, insoniy munosabatlar borasida fikr yuritadi.
Qissalar asosini tarixiy voqealar tashkil etadi. Ular o'z ildizlari bilan «Qur'on» va «Hadis»larga, tarixiy manbalarga, xalq og'zaki ijodiga borib taqaladi. Ammo bularning hammasi birinchi navbatda, Rabg'uziy badiiy tafakkuri mevalaridir.
Mavzu doirasiga ko'ra asar qissalari juda rang-barang. Olamdagi butun mavjudot egasi bo'lgan Ollohni ulug'lash, payg'ambar hayotiga doir lavhalarni eslash, ota-ona va farzand munosabatlari, sevgi va sadoqat, vatan va vatanparvarlik, erk va adolat, do'stlik va hamjihatlik, urush va tinchlik kabi mavzular shular jumlasidandir. Bular asardagi 72 bob ­­­­­­- qissalarda o'z ifodasini topgan. Bu qissalarning hajmi turlicha. Masalan, «Qissasi Yusuf» salkam yuz sahifani tashkil qilsa, «Lut» haqidagi qissa bir necha sahifadangina iborat.
Qissalarning ko'pi qahramon haqidagi muayyan xabar bilan boshlanadi, so'ng

she'riy madh, keyin asosiy voqealar bayoni keladi. Ba'zi qissalar ichida yana mustaqil hikoya, rivoyat va naqllar ham bor. Masalan, Yusuf qissasida bir necha hikoya, latifa, bayt, g'azal va boshqa janr namunalari uchraydi. Ammo ular asarda olg'a surilgan asosiy g'oyaviy-badiiy maqsad bilan yaxlitlikni tashkil etadi. Misol sifatida «Dovud haqida»gi qissa bilan tanishish mumkin.


Qissa Dovudning ta'rifi bilan boshlanadi. So'ng she'riy tavsif beriladi. Undan keyin Dovud payg'ambar haqidagi umumiy tasawurlar bayon etiladi:
«Dovud yalavoch (payg'ambar) bani Isroildan erdi. O'n qarindosh erdilar. Otalari Isho' otlig' Dovud qamug'idin (barchasidan) kichik erdi. Tun-kun yig'layur erdi ibodat ichinda».
Ko'rinib turganidek, Rabg'uziy nasrda nihoyatda sodda, lo'nda, tushunarli va ta'sirchan ifodalarni topa olgan. Shuning uchun ham bu asar asrlar davomida qo'ldan tushmay o'qildi.
Dovud bilan bog'liq hikoyalarda adib adolat va zulm, hunar egalari, ota-ona va farzandlar munosabati singari muammolarga asosiy e'tiborni qaratgan. «Aytmishlar, Dovud yalavoch tunla o'zin belgusiz qilib ra'iyatlardin so'rar erdikim, podshoh sizing birla netag muomala qilur? Aytur erdilar: yavloq (juda) odil turur».
Bir kecha andog' so'zlayurda Mavlo taolo bir farishtani izdi (jo'natdi) bir qurtqa (kampir) surati uza. Andin so'radi: «Podshohingiz netak turur, ontasi (shunisi) bor, kishilar molin yeyur».
Dovud duo qildi: «Iziyo (egam-ey), manga bir harf (hunar) o'rgatgil. Aning birla qazg'achiligi (nasibamni) yeyayin. Xalq mani so'zlamasunlar.
Mavlo taolo bir taqachilik (temirchilik) san'atin anta o'gratu berdi. Aymishlar, temur Dovud ilkinda mo'mtek yumshar erdi, netakkim xamir o'zgalar ilkinda».
Halollikka, o'z mehnati bilan kun ko'rishga, boshqalarga zulm qilmaslikka undash hikoyaning asosiy maqsadidir. O'zbek nasrida ilk marotaba dialoglar
Rabg'uziy tomonidan keng qo'llangan. Ana shu dialoglar vositasida asosiy g'oyaviy maqsad yorqin va ta'sirchan ifodalangan.
Rabg'uziy hikoyalarida insonparvarlik, yurtparvarlik, insonni komillik darajasiga ko'tarish, axloqiy poklik, ma'naviy barkamollik sari undash g'oyalari yetakchilik qiladi. Ular orasida til odobi va qalb pokligi ham alohida o'rin tutadi. Bu jihatdan «Luqmon va uning xojasi» hikoyati ibratlidir:
«Luqmong'a xojasi aydi: — «Borg'il, bir qo'y bo'g'izlab etindin qayu yaxshiroq ersa manga kelturgib.
Qo'yni bo'g'izladi, tili birla yurakin olib keldi.
Xojasi so'rdi: — «Bularni naluk (nima uchun) kelturding?»
Aydi: — «Qo'yda tildin, yurakdin yaxshiroq yo'q. Agar yovuz ersa tildin, yurakdin yovuzroq yo'q».
Tilga e'tibor berish, har bir aytiladigan so'z mas'uliyatini ta'kidlash hikoyadagi asosiy g'oyaviy-badiiy niyatdir. Bu yerda donolik, hozirjavoblik ham ulug'langan.
Hikoyalarda xalq og'zaki ijodining ta'siri ham yorqin seziladi. Xususan, latifa janriga xos belgilar hikoyaga ko'chib o'tgan. Suhbatning dialog asosida olib

borilishi, soddalik, donishmandlik, topqirlik, hozirjavoblik fazilatlarining ustuvorligi, ifodalarning qisqa, aniq, lo'ndaligi og'zaki ijoddan ta'sirlanish natijasidir.


Rabg'uziy hikoyalarining asosini ko'pincha real hayotiy voqea-hodisalar tashkil etadi. Ularni ifodalash uchun mifologik, afsonaviy-xayoliy yoki hayotiy mantiq taqozo etadigan bayon uslubi tanlab olinadi. Masalan, insonlarning mast holda yurishini, umuman o'tkir ichimliklar ichishni qoralash maqsadi uchun «Uzum hikoyati» keltirilgan. Undagi asosiy qahramon Shaytondir. U to'g'ridan-to'g'ri «Shaytoni mal'un» deb ta'riflanadi. «Маl’un» — «Haydalgan, la'natlangan» demak. Ana shu mal'un uzumning urug'ini o'g'irlagan. Bu hoi oshkora bo'lib qolgach, uni Nuh payg'ambar huzuriga olib kelishadi. Shayton aybini bo'yniga oladi-yu, lekin urug'ni qaytarib berishdan oldin uni uch marta sug'orishga imkon berishni so'raydi va rozilik oladi.
Chog'ir (ichkilik)ning paydo bo'lishi shu tarzda shayton nomi bilan bog'lanadi. Chog'ir ichgan odamning holati ham nihoyatda ta'sirchan o'xshatishlar bilan tasvirlanadi. Buning uchun tulki, yo'lbars, to'ng'iz obrazlaridan foydalanilgan.
Hikoyada Nuh payg'ambarning ulug'ligini ko'rsatuvchi dalillar ham keltirilgan. Xususan, shinni va sirkaning paydo bo'lishi bevosita ana shu payg'ambar faoliyati bilan bog'liq.
Rabg'uziy hikoyalarida qadimiy mifologik tasawurlarning ildizlari ham ko'zga tashlanadi. Ma'lumki, miflarda dunyoviy hodisalarning paydo bo'lishi, ularning ilohiyat bilan aloqasi o'ziga xos tarzda izoh va «isbot» etiladi. Bu jihatdan «Ilon va qarlug'och» hikoyati xarakterlidir.
Unda mushuk bilan sichqon, ilon bilan baqa, ilon bilan qarlug'och (qaldirg'och) hamda ari, inson va qushlar hamda boshqa hayvonot olami orasidagi o'ziga xos munosabatlar izohlanadi, badiiy tadqiq etiladi.
Namrud haqidagi hikoyatda inson xayolotining imkonlari madh etiladi. Unda Namrudning osmon mamlakatiga chiqishi ta'svirlangan.
Hikoyada o'sha davr kishilarining osmon haqidagi tasavvurlari ham ifodasini topgan. Ayni paytda hikoya mazmuni badiiy jihatdan to'la asoslangan va shuning uchun ham kishida zavq uyg'otadi. Shu bilan birga, hikoyada shuhratparastlik, takabburlik kabi illatlar qattiq qoralanadi. Erishgan muvaffaqiyatlardan boshi aylanib qolgan Namrud hech kimni pisand qilmaydigan kimsaga aylanadi, hatto xudoni ham tan olmaydi. Oqibatda u qattiq jazolanadi, og'ir dardga chalinib, xor-zorlikda halok bo'ladi. Bu ibratli hikoya har qanday o'quvchiga kuchli ta'sir ko'rsatadi.
Rabg'uziy qissalari va hikoyalarida axloqiy-ta'limiy qarashlarni targ'ib qilish yetakchi o'rin tutadi. Deyarli har bir hikoyada shunday qarashlar aks etgan. Sulaymonning qarinchqa (chumoli) bilan so'zlashgani hikoyasida ham bu hol kuzatiladi.
Sulaymon — Dovud payg'ambarning o'n ikkinchi, kenja o'g'li. U ham boshqa akalariday «olim, faqih, oqil» yigit edi. Dovudning podshohligi unga meros qoldi. Ammo otasiga o'xshab o'z hunarini hech qo'ymas edi. U tol novdalarini yig'ib, savat to'qib sotardi.
O'zbek adabiyotidagi payg'ambarlar tasvirida Dovud va Sulaymon nomi ko'p

uchrab turadi. Ayniqsa, «taxti Sulaymon» iborasi ko'p qo'llanadi. Rabg'uziyning yozishicha: «Taxti bir yig'och yer ichinda erdi. Ul taxtini oltun, kumush birla qilmish erdi».


Sulaymonning chumolilar podshosi bilan suhbati hikoyasi katta ma'rifiy va axloqiy-ta'limiy ahamiyatga molik. Unda kishilik jamiyatiga xos bo'lgan ayrim illat va kamchiliklar ustida so'z boradi. Hikoyada Sulaymon katta mavqega ega bo'lgan, manman, kibrli, manfaatdor hukmdor sifatida gavdalanadi. Aksincha, qarinchqa — chumolilar podshosi dono, tadbirkor, xalq g'amini yeydigan hukmdor, ma'rifatparvar, olim, orif sifatida ko'zga tashlanadi.
Rabg'uziy shaxs kamoloti faqat jismoniy sifatlar bilan belgilanmasligini (qarinchqalarning ulug'i oqsoq erdi), buning uchun aqliy-ma'naviy belgilar mezon bo'lishini ta'kidlaydi.
Nosiruddin Rabg'uziy mahoratli nosirgina emas, nozik-ta'b shoir hamdir. «Qissasi Rabg'uziy»dagi qissa va hikoyatlar orasida o'nlab she'rlar ham mavjud. Bahor vasfiga bag'ishlangan birinchi o'zbek g'azali ham Rabg'uziy qalamiga mansub. U shunday boshlanadi:
Kun hamalga kirdi ersa keldi olam navro'zi,
Kechdi bahman zamharir qish, qolmadi qori, buzi.
(Quyosh hamal burjiga ко 'chdi, demak, navro 'z keldi,
Qattiq sovuq keltirgan qish chekindi, uning qor va muzlari qolmadi.)
So'ng olamning go'zal bir manzara kasb etgani, atrofning go'zallashgani tavsiflanadi:
Kun kelu ming ko'rki ortib tirilur o'lmish jahon,
Tong badizlab naqshi birla bezanur bu yer yuzi.
Tasvirda jonlantirish, sifatlash va o'xshatishlar asosiy o'rin tutadi. Muhimi, ularda Rabg'uziyning tasawur kuchi va badiiy mahorati ochiq ko'rinadi

... O'rlasa bulutlari gulchirar bog'-u bo'ston,


Tol yig'ochlar yeng solishur o'ynayurtek qo'y-qo'zi.
...Lola sag'roqin icharda sayrar usrub sanduvach,
Turna un tortib o'tarda sakrashur baqlan, qo'zi.
Ko'kda o'ynar, qo'l solishur qug'u, qoz, qil, qarlug'och,
Yerda yugrub juft olishur os, tiyin, kish, qunduzi.
Tol yig'ochlar minbarinda to'ti qush majlis tutar,
Qumri, bulbul muqri bo'lub un tuzar tun-kunduzi.
...Huri ayn ujmoh ichinda yeng solib tahsin qilur,
Yoz uza mundog' g'azallar aymishdi Nosir Rabg'uziy.
O'zbek adabiyotidagi bu ilk g'azalda Rabg'uziy janrning barcha shakliy-badiiy talablarini mukammal darajada ado etgan.
Dastlabki bayt - matla'dan to oxirgi - maqta'gacha navro'z ta'rif-tavsifi vasf

-108-
etiladi. Navro'zi, buzi, yuzi, yozi, tuzi, qo'y-qo'zi, juzi, qo'zi, qunduzi, kunduzi, yulduzi, Rabg'uziy so'zlaridan tashkil topgan qofiyalar tizimi turkiy til tarovatini ko'rsatuvchi omillardan biri bo'lgan.


Maqta'da ilk bor taxallus ishlatilgan. Vazn ham o'ynoqi. G'azal uchun turkiy adabiyotda keyinchalik eng ko'p qo'llangan vazn — ramal tanlab olingan.
Kun ha-mal-ga kir-di er-sa kel-di o-lam nav-ro '-zi
- V - - - V - - - V - - - V -
fo i lo tun fo i lo tun fo i lo tun fo i lun
Kech-di bah-man zam-ha-rir qish qol-ma-di qo-ri bu-zi
- V - - - V - - - V - - - V -
fo i lo tun fo i lo tun fo i lo tun fo i lun
Ko'rinib turganidek, ramal vaznining rakni foilotun ohanglariga tayanadi. Bir baytda bu rukn sakkiz marta qo'llangani uchun musamman nomini oladi. «Musamman» arabcha so'z bo'lib, sakkiz degan ma'noni bildiradi.
Oxirgi rukn avvalgilaridan qisqaroq, unda bir hijo kam. Uning ushbu shakli mahzuf deyiladi. Vaznning to'liq nomi ramali musammani mahzufdir.
G'azalning barcha baytlari hozirgi shaklida o'zaro mantiqiy bir ip bilan bog'langan. Ana shu mantiqiy ip g'azal yaxlitligini ta'minlamoqda. Uning o'zagini navro'z - ilk bahor tashkil etadi.
Dastlabki bayt umumiy axborot berishga yo'naltirilgan: qishning o'rniga bahorning kelishi ko'rsatilgan. Bunda muallif munosabatining ochiq ifodalanishi e'tiborni tortadi. Bahorga nisbatan «olam navro'zi» ifodasi qo'llansa, qishga nisbatan «bahman» (ayoz, qahraton, izg'irin) «zamharir» (qirovli, qahraton, qattiq sovuq) sifatlashlari tanlangan.
Keyingi baytlar bahorning xususiy shakldagi tasvirini ko'zda tutadi. Dastlab dunyoning yangidan chiroy ochgani («tirilur bu yer yuzi») qalamga olinadi.
Osmon va yerdagi o'zgarishlar navbatdagi bayt qamroviga kiradi. Unda bulut va daraxtlarning o'ziga xos manzarasi ko'rsatilmoqda.
Lola, bulbul, turna, qo'zi kabi so'zlar bahorning turli belgilarini ko'rsatish vositasi bo'lgan.
«Yer-osmon» zidligi asosida bahorning o'ziga xos tasvi­rini berish keyingi baytda ham davom etadi. Bahor osmonida qushlarning ko'payishi qug'u (oqqush), g'oz, qil (qilquyruq), qarlug'och (qaldirg'och) vositasida ko'rsatilsa, yerdagi harakatning jonlanishi os (oq suvsar), tiyin (olmaxon), kish (qunduzning bir turi), qunduz singari hayvonlar vositasida tasvirlangan.
Qadimgi turkiy tilda «yig'och» so'zi «yog'och» ma'nosidan tashqari, asosan «daraxt» tushunchasini ifodalagan. Nav­batdagi baytda tilga olingan «tol yig'ochlar minbarinda» ifodasi (tol daraxtning minbari (ya'ni shoxlari)da) xuddi shu ma'noni ifodalaydi. Bu baytda bir qator qushlar (to'ti, qumri, bulbul) ning xonishi — sayrashi orqali bahor faslining tarovati yana bir bor ta'kidlanmoqda.
Qissa epik janrga mansub. Unda muayyan voqea-hodisalarning izchil tasviri, ularda ishtirok etuvchilarning o'ziga xos xususiyatlarini aks ettirish yetakchilik qiladi. Qissalar hajmiga ko'ra ancha yirik boiadi. Bu yiriklik faqat hajmda emas,

tasvirlanayotgan voqea-hodisalar ko'lami, ishtirokchilar sonida ham ko'rinadi.


Rabg'uziy qissalarida qahramonlar voqea-hodisalar rivoji davomida o'zligini, o'ziga xos xususiyatlarini ko'rsatib borishadi. Qissaiarda bir necha sujet yo'nalishlari bo'lishi mumkin. Asar qurilmasi ham sujetning shu xususiyatiga bog'liq bo'ladi.Asar sujetiga asos bo'lgan voqealar ko'p jihatdan «Qur'on»ga tayanadi. Rabg'uziy ularni. o'z dunyoqarashi hamda tajribasi asosida qayta ishlagan, o'z badiiy tafakkuri bilan boyitgan.
Qissalar, asosan, nasrda bitilgan, ammo ko'pgina o'rinlarda she'riy parchalar ham uchraydi.Asar hammasi bo'lib 72 qissadan iborat. Ularning asosiy qismi payg'ambarlar (Nuh, Muso, Iso, Yoqub, Sulaymon, Dovud, Muhammad va boshqalar) to'g'risidadir.Goho bir qissa ichida uning mazmunini to'ldiruvchi boshqa qissa, rivoyat, hikoyatlar keltiriladi.Qissalar bayonida xalq og'zaki ijodining bevosita ta'siri yaqqol ko'rinadi. Ayniqsa, Sulaymon payg'ambar, Luqmon hakim, Dovud payg'ambar bilan bog'liq qissaiarda shu run kuchli.
Tasvirdagi mubolag'a, xayolot (fantastika)ga keng o'rin berilgani, sehrli hodisalar tavsifi, bayondagi ertakona ohang bevosita og'zaki ijod ta'sirida yuzaga kelgan.Qissalar tarkibida hikoyatlar ham uchraydi. Ular qissalardagi muayyan voqea-hodisalar yoki alohida qahramonlarga xos fazilatlarni izohlash vazifasini bajaradi. Bu hikoyatlar ham nasrda, ham nazmda bitilgan bo'lib, hajmi juda ixchamligi bilan ajralib turadi. Shunga ko'ra ularning sujeti ham anchayin sodda. Hikoyat uchun faqat bir epizod tanlab olinadi, voqealarning bundan oldingi yoki keyingi rivojiga ahamiyat berilmaydi.Ko'ramizki, hikoyatlarda qahramonlarning muayyan xususiyati ko'proq ular amalga oshirgan ish, faoliyat orqali aks ettiriladi. Bunda asosan ta'rif, tavsif usuli yetakchilik qiladi. Ularda hikoyachilikning keyingi davrlarida ko'zga tashlanadigan batafsil tasvir kurtak holidagina uchraydi.«Uzum hikoyati», «Ilon va qarlug'och» hikoyatlari uchun dialoglar ham xos. Har ikki hikoyatda ham dialoglar bor. Ammo keyingisida u asosiy o'rin tutadi. Dialoglarning mavqeyi jihatidan «Sulaymon qarinchka bilan so'zlashgani» hikoyati muhimdir, chunki u to'lig'icha ikki tomonning so'zlashuvi, savol-javoblariga tayanadi.Albatta, ularda muallif izohi yoki bayoni ham mavjud. Muallif bayoni hikoyatlarda turli darajada namoyon bo'ladi. U «Sulaymon qarinchka bilan so'zlashgani»da ozroq o'rin tutsa, boshqa hikoyatlarda ancha kattaroq, «Namrud hikoyati»da esa asosiy o'rinni egallaydi.
Hikoyatlarda ham og'zaki ijodning kuchli ta'siri seziladi. Ularda hatto latifa janriga xos tasvir usullari ham ko'zga tashlanadi.Umuman, «Qissasi Rabg'uziy» o'zbek badiiy nasrining ilk namunalaridan biri sifatida adabiyotimizda o'ziga xos o'ringa ega. Unda adib Nosiruddin Rabg'uziyning yuksak badiiy mahorati yorqin namoyon bo'lgan. «Qissasi Rabg'uziy» o'zining ma'rifiy hamda badiiy-estetik ahamiyati bilan barcha avlodlar ma'naviy kamoloti uchun ham qadrlidir.
“Bu kitobni tuzgan, toat yo’lida tizgan, mavsiyat yovonini kezgan, oz ozuqliq Robot o’g’uzning qozisi Burhoniddin o’g’li Nosuriddin”. Demak, muallif Xorazmning Roboti o’g’uz degan joyidan bo’lib, u yerda qozilik qilgan. Rabg’o’ziy taxallus shu joy nomidan olingan. SHuningdek, asarda muallif ushbu asarini hukmdor beklardan “Nosiriddin To’q bug’a” degan kishining talabiga muvofiq yaratganini ham aytadi. Bu yerda shu narsa ko’zga tashlanadiki, To’q bug’a bu vazifani topshirishda Rabg’o’ziyning bilim quvvati yozuvchilik mahorati, hayot tajribalari yetarli ekaniga ishonchi bo’lgan. Qolaversa, muntazam izchillikda bayon qilingan tarixiy va afsonaviy voqealar, asarga kiritilgan turkiy she’rlar, arab tilidan qilingan tarjimalar Rabg’o’ziy iste’dodini isbotlaydi. “Qissasi Rabg’o’ziy” asari 709 (1309-1310) yillar atrofida yaratiladi. Muallif asariga asos qilib Qur’onda mavjud bir qator voqealardan, Abu Ishoq Nishopuriyning “Qissasul anbiyo” va boshqa islomga oid manbalardan foydalanadi. “Qissasi Rabg’o’ziy” xarakteriga ko’ra o’ziga xos diniy mohiyatga ega. Asar an’anaviy hamd, na’t bilan boshlanadi. So’ngra yozilish sabablari, o’zi haqida xabar beruvchi qisqa so’z boshi keladi. Asarda hammasi bo’lib 72 ta qissa o’rin olgan. Asar garchi payg’ambarlar haqida bo’lsa-da, muallifning e’tiroficha, insonlar mavjud bo’lmasdan avval ham mavjudlik mavjud bo’lgani uchun voqealarni ana shu ilk mavjudlik voqealaridan boshlaydi. Ya’ni avvalgi qissa yer, ko’k, mavjudotlar, jin, dev, parilar hukmronligi, so’ngra insonning yaratilishiga ehtiyoj tug’ilishi voqealaridan boshlanadi. Bu voqealar konkret ilmiy xarakterga ega bo’lmasa-da, lekin olam va odamning avvali haqida ma’lum tasavvurlar beradi. Qolgan qissalar payg’ambarlar va payg’ambarlashtirilgan shaxslar to’g’risidadir. Rabg’o’ziy har bir qissaning boshlanishida payg’ambar xakida qisqacha ma’lumot sungra izohlovchi she’r, so’ng nasrda qissaning asosiy mazmuni beriladi. Bu mazmun ham yaxlit voqealar bayonidan iborat bo’lmay, shu voqealar bilan bog’liq bir necha naql va hikoyatlardan ham iboratdir. Masalan, Idris payg’ambar to’g’risida izoh va she’r keltiriladi. So’ngra nasrda uning o’ziga xos xislatlari aytiladi. Qissadan ma’lum bo’lishicha, Idris payg’ambar ilmu hikmatda, podshohlikda, payg’ambarlikda uchinchidir. U nima narsa bo’lsa, tikib kiyishni bilgan, shamshir, pichoq kabi asboblarni yasagan, osmonda yashagan, jannatda tirik yurgan, yetmish ikki tilni bilgan, dinga da’vat qilib, turli rasm-rusumlarni o’rgatgan. Xudo uning sidqidildan qilgan toat-ibodatlari, ishlarini nazarda tutib, o’lib qayta tirilishiga, osmonga chiqib sayr qilishiga, do’zax va jannatda aylanib, jannatda qolishiga izn beradi. Asarda boshqa payg’ambarlar haqida ham shu usulda voqea-hodisalar bayon qilinadi, rang-barang hikoyatlar keltiriladi. E’tiborlisi shundaki, qissalar va ular bilan bog’liq hikoyatlar maqsadli muayyan bir g’oyaga bo’ysundirilgan holatda bayon qilinadi. Masalan, Bir kuni Sulaymon Boyqushdan so’radi, nima uchun doim vayronalig’ yerni xohlaysan, nega xalq orasida yurmaysan. Boyqush aytdiki, odam farzandlari bir-biriga qiladigan zulmidan qo’rkaman. Demak, bunda zulm qoralanadi. Dovud payg’ambar hikoyatida halollik, halol mehnatni ulug’lash g’oyasini ko’ramiz. Bunday g’oyaviylik asardagi barcha hikoyatlar uchun xosdir. Ko’rinadiki, Rabg’o’ziy qissa va hikoyatlarini insonlar ezguligi uchun xizmat qilishga qaratgan. Asardan o’rin olgan hikoyatlarning ko’pchiligi real hayot hodisalarini izohlashga qaratilgan. Masalan: Insonga jon ato etilishidan oldin uning tanasi tirnoqlar kabi silliq edi, jon baxsh etilgach, yumshab, hozirgi holatga keldi, avvalidan nishona sifatida tirnoqlar saqlab qolindi. Qarg’alardan biri yerni cho’qalib, o’lgan sherigina ko’rishdan yerga ko’mish odati rusum bo’ldi. SHuningdek, arining g’o’ng’illashi, qaldirg’ochning odamlar orasida bo’lishi, ilonning qurbaqaga o’chligi va hakazolar hayotiy hodisalar bo’lib, izohlovchi hikoyatlardir. Ana shu o’rinda asarga xos eng muhim xususiyat rivoya va hayotiy traditsiyalar tutashtiriladi. Qissa va rivoyatlar Rabg’o’ziyning nasrdagi katta mahoratini ko’rsatsa, asardan o’rin olgan g’azal va she’rlarda tabiat ko’rki, qahramonlarni ruhiy holatlarini yorituvchi she’rlar uning nazmdagi mahoratini ko’rsatadi. Bizningcha, “Qissasi Rabg’o’ziy”ga diniy xarakterdagi bir asar sifatidagina qaramaslik kerak. CHunki asarda diniy ruhga nisbatan inson xayoti, kelajagi va real borliq bilan bog’liq dunyoviy ruh ustun darajadadir. Asar tom ma’nodagi ilhom manbaiga aylanishi mumkin bo’lgan nodir yodgorlikdir

XULOSA
Turkiy adabiy tillar, turkiy tilda bunyod etilgan yozma manbalar
shakllanish va rivojlanishning murakkab bosqichlarini bosib o`tgan.
Ma`lumki, XIII-XIV asrlar turkiy xalqlar va turkiy tillar tarixida alohida
va murakkab davrni tashkil etadi. Bu davrda O`rta Osiyo va Oltin
O`rda muzofotlarida til xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiluvchi
asarlar yuzaga keldi. Ushbu asarlarning bir-biridan farq qilishiga
ularning juda katta maydonda va turli joylarda bunyod etilgani sabab
bo`lgan. Til jihatidan “Tafsir”, “Xusrav va Shirin”, “Naxjul farodis”,
“Sirojul-qulub” obidalariga yaqin turuvchi “Qissasi Rabg`uziy” O`rta
Osiyoda yashovchi turkiy xalqlar orasida “Qissasul anbiyo” nomi bilan
mashhur bo`lib kitobxonlar tomonidan e`zozlab o`qiluvchi oqin va
baxshilar tomonidan sevib kuylanuvchi asarlardan biri hisoblanadi.
Muallif asardan ko`zlangan maqsadini ta`riflab shunday deydi:
“Munda maqsad payg`ambarlar qissasi erdi va lekin odamdin
burunroq yaratilg`on bor uchun andin boshlanadur. Foydasi ortuqroq
bo`lg`ay deb tartib uza yaratulg`onlardin og`oz qildimiz. Ertakliga
o`ng`ay istakliga tebray bo`lsin deb “Qissasi ar-Rabg`uziy” deb ot
berdimiz”. Payg`ambarlar haqidagi afsonaviy qissalarning asosiy qismi diniy
xarakterga ega bo`lib biz ushbu ishimizda Rabg`uziyning aksariyat
“Qur`on” va va o`zga diniy manbalardagi mifologik sujetlarga
diqqatini qaratganini guvohi bo`ldik. Yodgorlikni insonlarni o`zaro
to`g`ri munosabatda bo`lishga, jabr-zulm qilmaslikka, nohaq qon
to`kmaslikka, harom-harish ishlarga undovchi o`gitlari bugungi kunda
ham o`z ahamiyatini yo`qotgani yo`q. Xulosa o`rnida yana shuni
ta`kidlash lozimki, Rabg`uziyning payg`ambarlar haqidagi qissalari
ham badiiylik jihatidan ham til nuqtai nazardan katta manbaadir.

Asarda ma’rifiy-didaktik hikoyatlar ham mavjud (Luqmon hikoyasi va b.), qissalardagi hikoyatlarga dunyoviy ruh ham singdirilgan (Yusuf qissasi va b.). Rabg’uziyning bu asari o‘zbek adabiyotida badiiy nasr yodgorligining yetuk namunasi hamda 13—14-asrlar eski o‘zbek adabiy tilini o‘rganishda asosiy manba sifatida ahamiyat kasb etadi. Qissaning 15-asrga oid qo‘lyozmasi Londondagi Britaniya muzeyida, 16-asrda ko‘chirilgan nusxasi Sankt-Peterburgda, 19-asrda ko‘chirilgan qo‘lyozma, shuningdek, bosma nusxalari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida (inv. 1025, 7397, 1874) saqlanadi.


Alloma, shoiru yozuvchilarning nodir, o‘lmas asarlarida ona tilimizning lug‘at boyligi, badiiy imkoniyatlari, uning go‘zalligi va nafosati yorqin namoyon bo‘ladi. Bizgacha yetib kelgan qadimiy yozma yodgorliklar, badiiy asarlar ajdodlarimizning boy maʼnaviy merosidir. Qadimiy yozma yodgorliklardan Xuastuanift, O‘rxun-Enasoy obidalari, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibbatul haqoyiq”, Ahmad Yassaviyning “Hikmatlar”, Nosiriddin Burhoniddin Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” (“Qisasi anbiyo”), Alisher Navoiyning “Xamsa” va boshqa ko‘plab asarlar orqali tilimizning shakllanish, rivojlanish bosqichlari, jo‘nligi, boyligini ko‘rish mumkin.

Nosiriddin Burhoniddin Rabg‘uziyning payg‘ambarlar tarixi haqida eski turkiy tilda yaratilgan “Qisasi Rabg‘uziy” (“Qisasi anbiyo”) asari hozir ham sevib o‘qiladigan nasriy asarlardan biridir. Rabg‘uziyning hayoti va ijodi to‘g‘risida bizgacha juda kam maʼlumot yetib kelgan. U XIII asrning oxiri XIV asr boshlarida Xorazmning Raboti o‘g‘uz degan joyida yashab ijod qilgan. Taniqli adabiyotshunos olim, professor Natan Mallayev Rabg‘uziy so‘zi Raboti o‘g‘uzning birikuvidan kelib chiqqanini aytadi.


Yetuk ulamo va dindor oilasida dunyoga kelgan Rabg‘uziyga o‘sha davrda mamlakatda hukmron bo‘lgan, islom dinini qabul qilgan mo‘g‘ul beklaridan biri bo‘lgan Nosiriddin To‘qbug‘a payg‘ambarlar tarixi haqida asar yaratish topshirig‘ini beradi. Olimlar maʼlumotiga ko‘ra, asar hijriy 709-yilda, milodiy 1309-1310-yilda yozilgan. Asar ilk bora turkiy tilda ulkan salohiyat bilan bitilgan bo‘lib, bora-bora “Qisasul-anbiyoi turkiy” nomi bilan shuhrat topdi.


Taniqli turkiyshunos va tilshunos olim Ergash Fozilovning qayd etishicha, asarning kattagina qismi V.Radlov, V.Tomsen, M.Melioranskiy, E.Malov, L.Kotvich, Fon Gaben, G.Ramstedt, N.Kononov, P.Sime, Bosim Atalay, N.Najib singari atoqli rus va xorijiy turkiyshunos olimlar tomonidan tadqiq etilgan.


“Qisasi Rabg‘uziy” olam va odamning yaratilishi, yo‘ldan adashishi, komillik sari intilish, Odam Ato zurriyodlari haqidagi g‘oyat qiziqarli va ishonchli maʼlumot beruvchi qissalar majmuasi hisoblanadi. Osmon va yer, jannat va do‘zaxning nomlanishi, tavsiflanishi, payg‘ambarlar, ularning shajaralari, voqealar rivoji Qurʼon oyatlari bilan asoslanishi, baʼzi masalalarga savol-javob usulida xulosalanishi asarning g‘oyaviy-badiiy, maʼnaviy qiymatini oshiradi.


Asar adabiy va tarixiy manbalarga tayanib yozilgan, shuningdek, qissadan hissa chiqarish, til xususiyatlari bilan boshqa asarlardan ajralib turadi.


Asar “xabarda andog‘ kelur”, “hikoyatda kelur”, “taqi xabarda andog‘ kelur”, “Kalbiy rivoyatincha”, “rivoyatda kelur”, “hikmat”, “maqsudg‘a kelduk”, “yana maqsudg‘a keldimiz”, “naqldurkim”, “aymishlar” va boshqa shu kabi kirish so‘zlari bilan boshlanadi. Bu esa o‘quvchi diqqatini o‘ziga yanada jalb etadi.


Tadqiqotchi Z.Shukurovaning fikricha, “Qisasi Rabg‘uziy”ning tili sodda, ravon, ixcham va xalqchil bo‘lgani sabab aholining barcha tabaqasi uchun tushunarli bo‘lgan. Darhaqiqat, yetti asr oldin eski turkiy tilda yaratilgan asar bo‘lishiga qaramay, hozirgi o‘zbek adabiy tilida so‘zlashuvchi kitobxonga tushunarli.


Baʼzi so‘zlar yillar, asrlar davomida eskirib, isteʼmoldan chiqqan yoki boshqa shaklga o‘zgargan. Masalan: aydi – aytdi; teb – deb; qattig‘ – qattiq; quzug‘ – quduq; yel esandi – yel esdi, shamol turdi; yo – yoy; andog‘ – shunday; gilim – yerga to‘shalgan palos, gilam; sichg‘on – sichqon; yilon – ilon; qarlug‘och – qaldirg‘och va boshqalar.


Boshqa tillardan kirib kelgan yangi so‘zlar hisobiga yoxud vaqt o‘tishi, turli ijtimoiy-siyosiy voqealarning sodir bo‘lishi hisobiga ayrim so‘zlar isteʼmoldan chiqqan. Xususan, telim – ko‘p, ziyod; abushqa – keksa, qari, nuroniy; hirfa – kasb, hunar; ivuq – kiyik; ikagu – ikkovlon, ikkalasi; bag‘irsoq – mehribon, rahmdil, oq ko‘ngil; yig‘och – taxminan 9 km. keladigan masofa birligi; kalaz – chumchuq; ovuch – hovuch, kaft; ashoq – past; sig‘log‘ – tish og‘rig‘i; uluv – oliy, buyuk; chichala – jimjiloq; ev – uy; yalchiq – oy; yegragi – yaxshirog‘i, ajoyibrog‘i, afzali; o‘g – es, hush va boshqa so‘zlar. Xulosa qilib aytganda, turkiy tilda yaratilgan barcha asar va qo‘lyozmalar bizning o‘zligimizni, tariximizni, maʼnaviyatimizni ko‘rsatib beradi. Ko‘p asrlar davomida yaratilgan adabiyot tufayli o‘zbek tili juda rivojlandi, boyidi. Tilimizning boyib, sayqallanishida Nosiriddin Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” asari katta ahamiyatga ega. Ibratli hikoyat va qissalarga boy, diniy, tarixiy, falsafiy, badiiy, lisoniy jihatdan betakror bo‘lgan mazkur asar nafaqat yoshlarni, balki barcha qatlamdagi kitobxonlar maʼnaviyatini oshiradi.


Turkiy xalqlar adabiyoti tarixida birinchilardan boʻlib nasrda rivoyatlardan hikoyat, hikoyatlardan qissa yaratishni boshlab bergan. Bizgacha “Qisasi Rabgʻuziy” (1309—10) asarigina yetib kelgan. Asar musulmon moʻgʻul beklaridan Nosiriddin Toʻqbugʻaning topshirigʻi bilan yozilgan. Kitob turkiy tilda, asosan, nasrda, madhiyalar, baʼzi qissalarning xulosalari, lirik kechinmalar va xotima qismi esa nazmda yozilgan. Qurʼoni karimdagi baʼzi lavhalar, islomga oid boshqa kitoblardan va Abu Ishoq Nishopuriyning “Qisas ul-anbiyo”sidan ayrim faktlar asarga asos qilib olingan. Asar anʼanaviy hamd va naʼt bilan boshlanadi, soʻng uning yozilish sababi, muallif haqida maʼlumot beruvchi qisqa soʻzboshi, keyin esa qissalar keladi. Jami 72 qissadan iborat.

Mavzu doirasiga koʻra, asar qissalari juda rang-barang. Olamdagi butun mavjudot egasi boʻlgan Allohni ulugʻlash, paygʻambarlar hayotiga doir lavhalarni eslash, kamtarinlik va takabburlik, ota-ona va farzand munosabatlari, erk va adolat mavzulari shular jumlasidandir. Qissalar hajmi turlicha: Masalan, Yusuf haqidagi qissa salkam 100 sahifani tashkil qilsa, Lut haqidagi qissa bir necha sahifadangina iborat. Qissalarda real hayot voqealari bilan bogʻliq mavzular ham uchraydi. Qissalar bayonida, personajlar tasvirida xalq ogʻzaki ijodining bevosita taʼsiri seziladi.


Asarda maʼrifiy-didaktik hikoyatlar ham mavjud (Luqmon hikoyasi va b.), qissalardagi hikoyatlarga dunyoviy ruh ham singdirilgan (Yusuf qissasi va b.). Rabgʼuziyning bu asari oʻzbek adabiyotida badiiy nasr yodgorligining yetuk namunasi hamda 13—14-asrlar eski oʻzbek adabiy tilini oʻrganishda asosiy manba sifatida ahamiyat kasb etadi. Qissaning 15-asrga oid qoʻlyozmasi Londondagi Britaniya muzeyida, 16-asrda koʻchirilgan nusxasi Sankt-Peterburgda, 19-asrda koʻchirilgan qoʻlyozma, shuningdek, bosma nusxalari Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida (inv. ?1025, 7397, 1874) saqlanadi


Yüklə 72,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin