A’zolar:
Y.Muhammadiyeva __________
Ch.Jonuzoqova __________
M.Vahobova __________
|
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………4
I.BOB. “Qisasi Rabg'uziy” - o'zbek adabiyotining ilk nasriy namunasi ….…..8
1.1. “Qisasi Rabg'uziy” asari va uning janriy tarkibi…………. …………....... 8
1.2. “Qisasi Rabg`uziy” dagi qissa va hikoyatlarning mavzular olami.……...12
II. BOB. “Qisasi Rabg`uziy” hikoyatlarining g`oyaviy badiiyati……….... 14
2.1. . Rabg`uziy qissa va hikoyalarida axloqiy ta`limiy qarashlar…………17
2.2. Payg`ambarlar tasvirini berishda adibning tasavvur kuchi va mahorati ……………………………………………………………………………………17
2.3. Qissasi Rabg`uziy” asaridagi qissalar mazmuni. Asar tarkibi va badiiy xususiyatlari……………………………………………………………………21
XULOSA………………………………………………………………………31
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………..36
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Iqtisodiyot aholi yashashi, yaxshi hayot kechirishi uchun kerakli sohalardan biri hisoblanib kelmoqda ekan, bu sohaga oid tushunchalarga ega bo'lish har bir insonning ijtimoiy bilishi kerak bo'lgan bilimlariga aylanib kelmoqda. Shunday asosiy masalalardan biri iqtisodiy inqiroz va uning sabablari bo'lsa, dolzarbligi inqirozga qarshi chora tadbirlar ko'rinishini aniqlashdir. Jahon iqtisodiyotida vujudga kelgan har qanday tugun, turli xil xurujlar ko’plab davlatlar qatorida bizning mamlakatni ham chetlab o’tmaydi. Bu holatni oldini olish uchun qanday choralar ko’rilgan va qanday masalalar oldimizda turganligini bilib olish har bir inson uchun daxldor
Raboti o‘g‘uzda qozilik qilgan. Sharq xalqlari og‘zaki ijodini, ayniqsa, rivoyatlarni, avliyo-anbiyolar to‘g‘risidagi qissalarni chuqur o‘rgangan. O‘zi ham ko‘pgina ibratli hikoyatlar, qissalar yozgan. Turkiy xalqlar adabiyoti tarixida birinchilardan bo‘lib nasrda rivoyatlardan hikoyat, hikoyatlardan qissa yaratishni boshlab bergan. Asar muqaddimasida aytilishicha, qo‘lyozma Xorazmda Raboti o‘g‘uz degan joyning qozisi Burhonuddin o‘g‘li Nosiruddin tomonidan musulmon dinini qabul qilgan, e’tiborli mo‘g‘ul beklaridan hisoblangan Nosiruddin To‘qbug‘aning iltimosiga ko‘ra, hijriy 709 (milodiy 1309–1310) yilda yozilgan. Nosiruddin Rabg‘uziy asarni deyarli bir yillik tinimsiz mehnatdan so‘ng hijriy 710-yilning Hut (milodiy 1310-yil 21-fevral-21-mart) oyida nihoyasiga yetkazadi. Bu haqida qo‘lyozmaning so‘zboshisida ya’ni, Rabg‘uziyning o‘zi tomonidan yozilgan birinchi kitobdagi muqaddimada keng qamrovli sharh berilgan. Shuningdek, muallif ikkinchi kitobning she’riy xulosasida ham uni qachon yozganligini ifoda etadi. “O‘zgalar dunyo lazzati deb, qimmatbaho toshlardan mol dunyo yiqqanida, xushmanzara joylarda ko‘ngil ochib yurganida men so‘zdan gavhar-u dur tuzdim”, deb bashorat qiladi. Darhaqiqat, ushbu kitob o‘lmas ganjina bo‘lib, asrlardan asrlarga, xalqlar tilidan o‘zga xalqlar tiliga o‘tib kelyapti. Rabg‘uziy uni shunday ifoda etadi:
O‘zgalar ko‘p olamunchoq tuzdilar el tizginib,
Man guvar, dur, yinju tuzdim, kezmadim yobon yozi.
Yetti yuz o‘n erdi yilg‘akim bitildi bu kitob,
Tug‘mish erdi ul o‘g‘urda Hut saodat yulduzi.
Darhaqiqat, allomaning o‘zi aytganidek, asarni dur-u gavharga qiyos etgulik. Ayni paytda bu kitobni butun jahon ahli o‘qib o‘rganayotganligi buni tasdiqlaydi.
Asosan payg’ambarlar hayotini hikoya qiluvchi bu asarning o’ziga xos yaratilish tarixi bor. Musulmon Sharqida bu mavzuda “Qisas ul-anbiyo” (“Payg’ambarlar qissasi”) nomi bilan mashhur ko’plab asarlar yaratilgan. Lekin, asarda yozilishicha, ularning “bazisi mustaqim (to’g’ri, haqiqiy) bor, bazisi nomustaqim. Bir onchasi (bir qanchasi) muqarrar (puxta, tugal) va bir onchasi mubattar (notugal) bor. Shuning uchun ham bek To’qbo’g’a adibdan “o’qimoqg’a keraklik, o’rganmakka yarog’liq” payg’ambarlar qissalaridan iborat asar yozib berishini so’ragan edi. Mazkur vazifani ulkan salohiyat, katta mahorat bilan uddalagan adibning asari “Qissasi Rabg’uziy” yoki “Qisas ul-anbiyoi turkiy” nomi bilan shuhrat topdi va yaratilgandan to bugungi kungacha sevilib o’qib kelinmoqda. Kitob turkiy tilda, asosan, nasrda, madhiyalar, ba’zi qissalarning xulosalari, lirik kechinmalar va xotima qismi esa nazmda yozilgan. Qur’oni karimdagi ba’zi lavhalar, islomga oid boshqa kitoblardan va Abu Is’hoq Nishopuriyning «Qisas ul-anbiyo»sidan ayrim faktlar asarga asos qilib olingan. Asar an’anaviy hamd va na’t bilan boshlanadi, so‘ng uning yozilish sababi, muallif haqida ma’lumot beruvchi qisqa so‘zboshi, keyin esa qissalar keladi. Jami 72 qissadan iborat. Qissalar hajmi turlicha: Masalan, Yusuf haqidagi qissa salkam 100 sahifani tashkil qilsa, Lut haqidagi qissa bir necha sahifadangina iborat.
Qissaning XV asrga oid qo‘lyozmasi Londondagi Britaniya muzeyida, XVI asrda ko‘chirilgan nusxasi Sankt-Peterburgda, XIX asrda ko‘chirilgan qo‘lyozma, shuningdek, bosma nusxalari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Qadimiy turkiy tilni o‘zida ifoda etgan bebaho durdona ikki kitobdan iboratdir. Sobiq sovetlar davrida hayoti va ijodi o‘rganilishi taqiqlangan allomaning ushbu asari mustaqillik sharofati va tariximizga munosabat o‘zgarganligi tufayli darsliklardan o‘rin oldi. Masalan, 9-sinf adabiyoti majmuasiga Nosiruddin Burhonuddin Rabg‘uziyning mashhur asarlaridan namunalar kiritilgani buning isbotidir.
Asarning eng qadimiy qo‘lyozmasi XV asrda ko‘chirilgan bo‘lib, u Britaniya muzeyida saqlanmoqda. Ushbu nusxaning faksimelisi mashhur matnshunos K. Gronbek tomonidan 1948-yili Kopengagenda nashr qilingan. Qarangki, bizning kitobxonlarimizga o‘qish ta’qiqlangan kitob, o‘sha davrda Yevropada keng tarqalgan va qiziqish bilan o‘qilgan.
Rabg‘uziy asarining qo‘lyozma nusxalaridan eng mo‘tabarlaridan yana biri Rossiya Sharqshunoslik institutining Sank-Peterburg bo‘limida S-245 inventar raqami bilan saqlanayotgan nusxasi bo‘lib, u XV yoki XVI asrda ko‘chirilgan deb taxmin qilinadi.
“Qisasi Rabg‘uziy”ning boshqa nusxalari keyingi davrlarda ko‘chirilgan bo‘lib, bularning leksikasi vaqt taqozosiga ko‘ra o‘zgarib borgan. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida yodgorlik Toshkent, Qozon shaharlarida litografiya asosida bir necha marta nashr qilingan. Asarning to‘la teksti ilk marta rus turkshunos olimi N. I. Ilminskiy tomonidan 1859-yili Qozon shahrida e’lon qilingan. Bu nashr nisbatan keyinroq ko‘chirilgan nusxaga asoslangan bo‘lib, til jihatdan asl nusxadan ancha farq qiladi.
XIX asr oxirlari va XX asrning boshlarida “Qisasi Rabg‘uziy”ning ayrim parchalarining ruscha tarjimasi, ba’zi lingvistik sharhlar bilan P. M. Melioranskiy, S. YE Milov, N. F. Katanov, N. F. Ostroumov kabi olimlar tomonidan o‘quvchilar hukmiga havola qilingan. Olimlarning asarga bo‘lgan e’tiborining o‘zi ham bu asarning katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatib turibdi. Ayniqsa, ushbu asar milliy kitobatimiz tarixining durdonasi ekanligi bilan ham katta ahamiyatga ega.
Nosiruddin Burxonuddin Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” asari mustaqilligimiz sharofati va bir guruh olimlarimizning sa’y-harakati bilan kitob javonlarimizdan o‘rin oldi. Asarning eng qadimiy qo‘lyozmasi bo‘lmish, XV asrda ko‘chirilgan, Britaniya muzeyida saqlanayotgan nusxaning faksimilesi ya’ni mashhur matnshunos K. Gronbek tomonidan 1948-yili Kopengagenda nashr qilingan faksimile-“Qisasi Rabg‘uziy” kitobini tayyorlovchilar – filologiya fanlari nomzodlari Abdullo Yunusov, Hamidullo Dadaboyev tomonidan asos qilib olingan. “Yozuvchi” nashriyotida 1990-yil chop etilgan kitobga filologiya fanlari doktori, professor Ergash Fozilov so‘zboshi yozgan. Oyatlar, hadislar, arabiy she’rlarni hozirgi o‘zbek tiliga filologiya fanlari nomzodi Yusufxon Shokirov tarjima qilgan.
Bizning ushbu ishimizning dolzarbligi XIII-XIVasrlar adabiyotinig eng yirik vakili bo`lgan mumtoz adabiyotimiz tarixida alohida e`tirof etiladigan
adibimiz Nosiruddin Rabg`uziyning bebaho asari “Qissasi
Rabg`uziy” (Qissasul-anbiyo ) asari keltirilgan hikoyatlar poetikasini o`rganish.
Dostları ilə paylaş: |