59
.
Izoh: Sen Pushkinning sevgan malagi gapi ham kesimlik qo‗shimchalarisiz va
bog‗lamasiz qo‗llanilgan ot kesimli gap bo‗lib, ega va kesim orasida tire
qo‗llanilishi shart: Sen – Pushkinning sevgan malagi kabi. Darsliklarning o‗zida,
ayniqsa, nazariy qismlarda bunday xatolarga yo‗l qo‗yilishi o‗quvchi-talabalarda
yanglish nazariy ma‘lumotlarni yuzaga keltirib, ko‗plab noroziliklarga sabab
bo‗lmoqda.
Berilgan topshiriq(mashq)larning bir xilligi, bir xil yondashilganligi
– 121- mashq. Gaplarning kesimlarini topib, fe‘l kesim va ot kesim guruhlariga
ajratib yozing
60
.
– 135-mashq. Berilgan gaplardagi murakkab kesimlarning birikmalar yoki
iboralar bilan ifodalanayotganini ayting
61
.
– 11-mashq. Matnni o‗qing, kesimlarni aniqlab, kesimlik shakllarini izohlang
62
.
– 29-mashq. Gaplarni o‗qing. Kesimlarni aniqlab, ikki ustunga yozing
63
.
Ot kesim
Fe‘l kesim
Berilgan topshiriqlarda ijodiy yondashuv yo‗qligi
Darsliklarda gap bo‗laklariga ajratishda(tahlilda) yondashuvning ikki xilligi
• Maktab ta‘limi davomida gap bo‗laklariga ajratishda ―yaxlitlash‖ tamoyiliga
amal qilinsa, akademik litsey darsligida bo‗lsa ―butundan qismga‖ tamoyili
amal qiladi.
58
Nurmonov A., Mahmudov N., Sobirov A., Yusupova Sh. Hozirgi o‗zbek adabiy tili. Akademik litsey 3-kurs
talabalari uchun darslik. – T.: Ilmi ziyo, 2015. 431-b.
59
Qodirov M., Ne‘matov H., Abduraimova M., Sayfullayeva R. Ona tili. 8-sinflar uchun darslik. – T.,2014. 66-b.
60
Qodirov M., Ne‘matov H., Abduraimova M., Sayfullayeva R. Ona tili. 8-sinflar uchun darslik. – T,2014. 59-b.
61
Qodirov M., Ne‘matov H., Abduraimova M., Sayfullayeva R. Ona tili. 8-sinflar uchun darslik. – T,2014. 65-b.
62
Mahmudov N., Nurmonov A., Sobirov A. Ona tili. 9-sinflar uchun darslik. – T,2014. 9-b.
63
Nurmonov A., Mahmudov N., Sobirov A., Yusupova Sh. Hozirgi o‗zbek adabiy tili. Akademik litsey 3-kurs
talabalari uchun darslik. – T.: Ilmi ziyo, 2015. 436-b.
32
• ―Yaxlitlash‖ tamoyili shuni ifodalaydiki, sifatdosh, ravishdosh, harakatnomi
o‗ramlar, murakkab birikmalar orqali ifodalangan bo‗laklar(qismlar) o‗ziga
tobelanib birikkan qismlar bilan bitta gap bo‗lagi bo‗lib keladi(maktab
ta‘limi davomida o‗quvchilar bu yondashuvni qabul qilishga qiynalishadi).
To‗ldiruvchilar boshqa gap bo‗laklari kabi birikmali holda ham qo‗llanadi:
Voris hammaning ertaga ovga jo„nashini aytdi
64
.
• ―Butundan qismga‖ tamoyili – o‗rta maxsus ta‘limi, xususan, akademik litsey
darsligida bunday o‗ram va murakkab birikmalar orqali ifodalangan bo‗laklar
qismlarga ajratish orqali sintaktik tahlil qilina boshlaydi: bunday
bo‗laklarning qismlariga ―nomustaqillik rutbasi‖ beriladi: nomustaqil
to‗ldiruvchi kabi.
Agar to‗ldiruvchi bog‗langan so‗z kesim bo‗lib shakllana olmagan bo‗lsa, ana
shu so‗z bilan bitta gap bo‗lagi bo‗lib kelib, bo‗lakning bo‗lagi bo‗ladi
65
. U
nomustaqil to‗ldiruvchi deyiladi: Onamdan eshitgan gaplarni ayttim.
Haqiqatan ham, darslikdagi ayrim bo‗limlardagi ma‘lumotlar o‗quvchini
fikrlashga,
ijodiylik
qobiliyatini
o‗stirishga emas, aksincha, faqatgina
ma‘lumotlarni yodlab qolishga qaratiladi.
Biz pedagoglar darsliklar bilan ishlash jarayonida ko‗pgina qiyinchiliklarga
duch kelishi hamda ko‗nikma va malakalarining ancha sustligiga guvoh bo‗lamiz.
Bunga asosiy sabab «nazariy qismlar tilining o‗ta rasmiy va og‗irligi, savol-
topshiriqlarning jo‗nligi, suratlar va boshqa qo‗shimcha didaktik materiallarning
tegishlicha berilmasligi va hokazolar» deb bilamiz. Buning asosiy o‗zak nuqtasi
o‗qituvchiga bog‗liq ekanligi ta‘kidlanadi: «Ammo eng muhimi, o‗quvchilarning
o‗quv-biluv faoliyatida asosiy manbaa bo‗lgan darslik va majmualar ustida
ishlashga talab darajasida o‗rgatilmasligidadir»
66
.
64
Qodirov M., Ne‘matov H., Abduraimova M., Sayfullayeva R. Ona tili. 8-sinflar uchun darslik. – T,2014. 90-b.
65
Nurmonov A., Mahmudov N., Sobirov A., Yusupova Sh. Hozirgi o‗zbek adabiy tili. Akademik litsey 3-kurs
talabalari uchun darslik. – T.: Ilmi ziyo, 2015. 442-b.
66
Yo‗ldasheva D. Ona tili ta‘limi maqsadining tadrijiy taraqqiyoti. T.: O‗zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2013.
61-b.
33
«Uzluksiz ta‘lim tizimi uchun o‗quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish
konsepsiyasi»
67
da ta‘kidlanganidek: «Milliy istiqlol g‗oyasiga sodiq, yetarli
intellektual salohiyatga ega, ilm-fanning zamonaviy yutuqlari asosida mustaqil fikr
va mushohada yurita oladigan shaxslarni tarbiyalash hamda raqobatbardosh, yuqori
malakali kadrlarni tayyorlash masalasi o‗quv adabiyotlarining yangi avlodini
yaratishni talab qilmoqda. Mafkuraviy hamda mazmun va mohiyati jihatdan
eskirgan, to‗liq an‘anaviy (bosma) usulda nashr etilayotgan darsliklarning ma‘lum
qismi yangi ta‘lim tizimining talab va ehtiyojlariga javob berolmay qoldi»
68
.
Hujjatda uzluksiz ta‘lim tizimi uchun o‗quv adabiyotlarining yangi avlodini
yaratishning maqsad va vazifalari quyidagicha belgilangan: «Konsepsiyaning
maqsadi uzluksiz ta‘lim tizimining barcha ta‘lim turlari uchun o‗quv
adabiyotlarining yangi avlodini yaratish tamoyillari va ularni tayyorlash
mexanizmlarini belgilashdan iboratdir.»
69
.
Ona tili darsliklari o‗quvchilarning milliy mafkura asosida shakllanadigan
dunyoqarashlarida muhim rol o‗ynaydi. Yaxshi darslik mukammal dars, puxta
bilim, o‗quvchilarning mustaqil, ijodiy ishlarini yo‗lga qo‗yish degani hamdir.
Bugina emas, yaxshi darsliklar o‗quvchilar egallaydigan bilimlarning hajmi va
sifatini ham kafolatlaydi. Demak, darslik tufayli biz pedagogik maqsad sifatida
ko‗zda tutadiganimiz asosiy holat – aks aloqani ham ta‘minlagan bo‗lamiz.
67
Каrimоv A., Imаmоv E., Ro‗ziyеv Q., Bo‗tаyorоv O. Uzluksiz tа‘lim tizimi uchun o‗quv аdаbiyotlаrining yangi
аlоdini yarаtish kоnsеpsiyasi. – Т.: Shаrq, 2002.
68
O‗shа kitоb, 3-bеt.
69
O‗shа hujjаt, 4-bеt.
34
II bob. Gap bo„laklarini o„qitishda qo„llaniladigan metodlar tavsifi.
Dostları ilə paylaş: |