2.1. Gap bo„laklarini muammoli ta‟lim asosida o„qitish.
Bugungi kunda umumta‘lim maktablarining o‗quv dasturiga kiritilgan
mavzularni o‗zlashtirishning muqobil usullari yaratilmoqda, o‗quvchilarni
fikrlashga, izlanishga undovchi muammoli ta‘lim usuli keng qo‗llanilmoqda. Tub
ildizi ―Keys-stadi‖ metodiga borib taqaladigan ushbu ta‘lim texnologiyasi XX
asrning 20-yillaridan shakllanib kelmoqda. Muammoli ta‘limni amerikalik
psixolog, faylasuf va pedagog Dj. Dyuri 1894-yilda Chikogoda tashkil etilgan
tajriba maktabida qo‗llagan. XX asrning 20-yillaridayoq metodistlar o‗qitishning
yangi metodlarini izlashdi. Ular o‗quvchilar fanning turli sohalaridan iloji boricha
kengroq ma‘lumotlarni o‗zlashtirishi bilan birga ularda mustaqillik, hayotga ijodiy
munosabat malakalarini tarkib toptirish kerak, degan xulosaga keldilar. Ana shu
maqsadda o‗qitishni o‗quvchilarning u yoki bu shakldagi ta‘limiy faoliyati
tadqiqotni eslatadigan, o‗quvchilar uchun kashfiyot bo‗ladigan, ya‘ni mustaqil
holda xulosa chiqaradigan va qandaydir amaliy vazifani hal qiladigan metodlarga
asoslanishi taklif etdilar. Bugungi kunga kelib Yevropaning qator rivojlangan
mamlakatlari ta‘lim tizimida muammoli ta‘lim texnologiyasi asosida o‗qitish
ustuvorlik
qilmoqda.
Bu usulning asosiy maqsadi ta‘lim jarayonida
o‗quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish, shuningdek, olgan bilimlarini
hayotiy dalillar va voqealar bilan qiyoslash va shu asosda to‗g‗ri xulosalar
chiqarishni o‗rgatishdan iboratligi bilan ona tili ta‘limi maqsadi bilan mushtaraklik
kasb etadi.
Mazkur usulning asosiy mezoni muammoli vaziyat bo‗lib, ushbu vaziyatni
hal qilishda muammoli holatni tashkil qilish nihoyatda muhim. O‗zbek tilida,
xususan, biz yuqorida fikr yuritayotgan soha – gap bo‗laklari, ularning tasnifida
muammoli holatlar bisyor. Bu esa gap bo‗laklarini o‗qitishda qiyinchiliklar
tug‗diradi. Muammoli holat o‗tiladigan mavzudan oldin o‗quvchilarning
bilimlarini yuzaga chiqaruvchi muammoli savollar bilan qisqa suhbat tarzda
kechadi. Bu savollar o‗rganiladigan mavzuning mazmunini qamrab olmog‗i yoki
35
savol qisqa bo‗lsa-da, keyingi savolning tug‗ilishi uchun zamin hozirlashi, uzviy
va mantiqiy bog‗lanishi kerak. Masalan, AKda ushbu mavzuni (8-sinf ona tili
darsligida ular ushbu mavzular bilan to‗liq tanishib chiqishgan) boshlashdan oldin
―Shahnoza aqlli va chiroyli‖gapi sodda gapmi yo qo‗shma gap? tarzidagi savol
o‗rtaga tashlash orqali o‗quvchilarning diqqatini jalb qilish va mavzuning
mohiyatini ochib berishga ko‗mak beradi. Gap bo‗laklarini o‗qitish jarayonida
muammoli holatni tashkil qilishda, avvalo, o‗qituvchidan ham nazariy, ham amaliy
bilim, tajriba, ko‗nikma talab qilinadi. Eng muhimi, tanlab olingan savollarda
mantiqiy mushohada ko‗zga tashlanib turishi lozim. O‗quvchi berilgan savollarga
javobni maktab darsliklaridan oladi. Hal qilinishi lozim bo‗lgan muammo uchun
darslik ma‘lumotlari, tabiyki, yetarli emas. Shu bois o‗quvchiga qo‗shimcha
ma‘lumotlar (ommaviy axborot vositalari, mustaqil o‗qish uchun tavsiya qilingan
adabiyotlar)dan samarali foydalanish yo‗llarini qidirib topish tavsiya etiladi.
Shuningdek, o‗quvchilar saviyasini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish, ijodiy
izlanuvchanlik qobiliyatini tarbiyalash uchun imkoniyat yaratiladi. Bundan
tashqari ular o‗z nuqtayi nazarlarini erkin ifodalay olish ko‗nikmasiga ega bo‗ladi.
―Qarorlar shajarasi‖, ―Keys – stadi―, ―Debat‖, ―Muammoli vaziyat‖, ―Tadqiqot‖
kabi metodlari ancha faol. Ular orasida ―Keys – stadi‖ metodining o‗rni alohida.
Dostları ilə paylaş: |