vaziyat”metodi orqali ham ko‗rib chiqish mumkin. Guruhlarga bo‗lish, nomlash
bosqichlari amalga oshirilganidan so‗ng ularga topshiriq beriladi.
Muammo: ―Ona mehri cheksiz va bepoyon‖ gapi sodda gapmi yo qo‗shma
gap? O‗z fikringizni bildiring tarzidagi savol o‗rtaga tashlanadi. Ushbu savolga
javob muammoli vaziyat talabiga ko‗ra guruh a‘zolarining faol ishtiroki bilan
yechilishi mumkin bo‗ladi.
Sabab: Ilmiy adabiyotlarda ot kesim uyushganda uning qismlari har biriga
emas, balki oxiridagi qismiga ot kesimni hosil qiluvchi vositalar qo‗shilishi
aytiladi: Ona mehri cheksiz va bepoyondir kabi. Agarda uyushiq ot kesim
qismlarining har biriga qo‗shilsa, u endi qo‗shma gapga aylanadi: Ona mehri
cheksizdir va bepoyondir. Ammo ―Ona mehri cheksiz va bepoyon‖ va ―Bugun
havo ochiq va toza‖ holatlari haqida ma‘lumot berilmagan.
Xulosa: (O‗quvchi-talabalar o‗z bilimlariga, yangi izlanishlarga asoslangan
holda quyidagi xulosaga kelishlari lozim, ushbu metodni qo‗llashdan maqsad ham
shu:) kesimni kesim qilib shakllantiruvchi kesimlik shakllari qatorida ohang ham
sanaladi. Ushbu gapda kesimlar ohang vositasida shakllangan, shuning uchun
ushbu gap qo‗shma gapdir.
Har ikkala metod orqali ushbu masala yechilganda o‗qituvchi tomonidan
quyidagi umumlashtiruvchi xulosa berilishi lozim: so‗zlovchi nutqida bunday
42
shakldagi qo‗shma gaplar kamdan kam qo‗llaniladi, asosan, biz nutqimizda
uyushiq kesimli soda gaplarni faol qo‗llaymiz. Shunday bo‗lsa-da, har ikki holatni
bir-biridan farqlashimiz zarur.
Dostları ilə paylaş: |