Alisher navoiy nomidagi



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/47
tarix29.03.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#54357
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   47
gap bo‘laklarini o‘rgatishda qo‘llaniladigan metodlar”

        

  “Chala xat” metodi. Grammatikamizda tushum kelishigining belgili va belgisiz 

qo‗llanishi barchaga ma‘lum. Ammo sintaktik tahlil jarayonida  o‗quvchi-talabalar 

Ma’naviyat 

 

     Til  



 

Ma‘naviyatning tilga qanday aloqasi 

bor, fikr  yuriting va ―Ma‘naviyat 

nima‖ mavzusida esse yozing. 




 64

 

belgisiz  qo‗llangan  to‗ldiruvchini  egadan  farqlay  olmay  qoladilar.  Bunda  bizga 



ushbu metod ko‗mak beradi.  

–  Ushbu topshiriq individual holda amalga oshiriladi.  

–  Quyidagi  gaplardagi  egalarni  aniqlang:  1.  Men  bolaligimda  ko‗p  kitob 

o‗qiganman. 2. Men hozir she‘r yodlayapman. 3. Biz akam bilan kecha yangi 

film ko‗rdik. 4. Kitobdan chizma ko‗chiring. 5. Qizil qalamda xat yozdim. 6. 

Qarilari kutadi mehmon, pazandasi yopadi shirmon. 7. Ukamga kitob oldim.  

–  O‗quvchilardan birining taxminiy javobi: 1- men, 2- men, 3- biz, 4- chizma, 5- 

xat, 6- mehmon, shirmon, 7- kitob yoki 1- kitob, 2- she‘r, 3- film, 4- chizma, 5- 

xat, 6- mehmon, shirmon, 7- kitob kabi. 

–  Yuqoridagi gaplarda  vositasiz to‗ldiruvchilarni belgili holatda o‗qiydi: 1.Men 



bolaligimda ko‗p kitobni o‗qiganman. 2.Men hozir she‘rni yodlayapman. 3.Biz 

akam  bilan  kecha  yangi  filmni  ko‗rdik.  4.  Kitobdan  chizmani  ko‗chiring. 

5.Qizil qalamda xatni yozdim. 6.Qarilari kutadi mehmonni, pazandasi yopadi 

shirmonni. 7.Ukamga kitobni oldim.  

–  So‗ng  ushbu  gaplar  tushum  kelishiklarini  tushirib,  o‗rni  bilingan  holda 

o‗quvchilarga  taqdim  qilinadi:  Nuqtalar  o‗rniga  kerakli  o‗rinlarda  tushum 

kelishigini  qo‗yib  chiqing.  1.  Men  bolaligimda  ko‗p  kitob..    o‗qiganman.  2. 

Men hozir she‘r.. yodlayapman. 3. Biz akam bilan kecha yangi film.. ko‗rdik. 

4.  Kitobdan  chizma..  ko‗chiring.  5.  Qizil  qalamda  xat..  yozdim.  6.  Qarilari 

kutadi  mehmon..  ,  pazandasi  yopadi  shirmon..  .  7.  Ukamga  kitob..  oldim.  

O‗quvchilar  tushum  kelishigini  qo‗yib  chiqadilar,  bunda  tushum  kelishi 

qo‗llanmasa-da,  o‗rni  sezilib  turgani  bois  egani  belgisiz  qo‗llangan 

to‗ldiruvchini farqlaydilar.  

–  Keyingi  bosqichda  morfemikaga  doir  bilimlarni  mustahkamlaymiz.  Savol: 

Tushum kelishigi qaysi o‗rinlarda belgisiz qo‗llanmaydi? 

 



 65

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



      

Javoblar  quyidagicha  bo‗lishi  lozim:  Tushum  kelishigi  quyidagi  hollarda  belgisiz 



qo‗llanmaydi: a) tushum kelishigi va u bog‗langan fe‘l o‗rtasida boshqa so‗z kelsa. 

Masalan, she‘rni to‗liq yodlamoq; b) tushum kelishigi qo‗shimchalari atoqli otga 

qo‗shilganda  tushib  qolmaydi:  Alisherni  ko‗rdim;  c)  tushum  kelishigi 

qo‗shimchalari  olmoshlarga qo‗shilganda  tushib  qolmaydi:  Faridaga  shuni  berib 

qo‗ying;  d)  tushum  kelishigi  qo‗shimchalari  sifatdoshga    qo‗shilganda  tushib 

qolmaydi; e) tushum kelishigi qo‗shimchalari harakat nomiga qo‗shilganda tushib 

qolmaydi: bolangiz o‗qish-yozishni o‗rganyapti kabi. 


Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin