Fe‘ldan boshqa so‗z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, ravish, taqlid so‗z) bilan,
shuningdek, fe‘lning harakat nomi shakli bilan ifodalangan kesim ot-kesim
77
3. Son bilan: Birniki - mingga, mingniki - tumanga. Bu birinchisi. Ikki karra ikki -
to‗rt.
4. Olmosh bilan: Maqsadim - shu. O‗zim har joydaman, ko‗nglim sandadur.
5. Ravish bilan: Sizdan umidim ko‗p.
6. Modal so‗z bilan: Yo‗qoling, siz bilan adi-badi aytishishga vaqtim yo‗q.
Misollar:
Fe‘l-kesim: Mo‗tabar eshikni sekin yopib chiqib ketdi.
Ot kesim: 1. Oltita bolani bag‗riga olgan Mahkam taqachi -shu_(olmosh).
2. Sanasangiz-sanamasangiz ham hammasi qirqta (son).
3. Tez hal qilish kerak (harakat nomi), talabgorlar ko‗p (ravish).
4. Bu qarorni amalga oshirishdagi birinchi qadam -o‗qish (harakat nomi),
o‗qiganda ham a‘lo o‗qish edi (harakat nomi).
5. Mingbuloq o‗zi yaxshi. suv serob. lekin u qarovsiz (sifat).
6. Uning Vohid Mirobiddinov haqidagi gaplari ham qiziq (sifat).
7. Tabiatda hech qanday sirli kuch ta'sirida ro‗y beradigan narsa yo‗q (modal so‗z).
Kesimlar tuzilishiga ko‗ra ikki turli:
Sodda kesim va murakkab kesim
Birgina
so‗z
bilan
ifodalangan
kesim
–
sodda
kesim
deyiladi:
Paxta
va
tilladan
yurt
bezanadi.
Alisher
Navoiy-
she‘riyat quyoshi.
Ikki va undan ortiq so‗z bilan ifodalangan kesim murakkab kesim deyiladi:
Ayozli kunlar asta-sekin o‗tib borayotir. Uchrashuv qiziqarli bo‗ldi.
Murakkab kesim tarkibidagi so‗zlardan biri yordamchi so‗zlar (ko‗makchi
fe‘l, bog‗lama, nisbiy so‗zlar)dan bo‗lishi mumkin. Murakkab ot-kesimlarning
tuzilishi: murakkab ot-kesimlar ot (keng ma'noda) + bog‗lama vazifasida kelgan
yordamchi fel yoki ko‗makchi fe‘l tarzidagi qo‗shiluvdan hosil bo‗ladi. Bunda
asosiy ma‘no otdan anglashiladi, ko‗makchi yoki to‗liqsiz fe‘l qo‗shimcha ma‘no
bildiradi va kesimning ega bilan bog‗lanishini ta‘minlaydi.
78
Kesim bilan egani bog‗lashda xizmat qiluvchi bunday so‗zlar bog‗lama
deyiladi. Bular asl mustaqil ma‘nosini to‗la yoki qisman yo‗qotib, yordamchi
vazifaga ko‗chgan so‗zlardir. Bularning vazifasi fe‘l bo‗lmagan so‗zlar bilan
qo‗shilib, kesimni shakllantirishdir, ya‘ni mayl, zamon, shaxs-son ma‘nolarini
ifodalashdan iborat. Kesimni shakllantirishga xizmat qiladigan bunday bog‗lamalar
bo‗l-, qil-, edi, ekan, emish, hisoblan-, sana- kabi yordamchilardir. Kerak, zarur,
darkor so‗zlari ham bog‗lama vazifasida qo‗llanadi. Misollar: O‗sha kuni sovuq
qattiq edi. Bu katta ahamiyatga ega hodisa hisoblanadi. Men kutib olishim kerak.
Akam talaba bo‗ldi. Fikrlar o‗zingniki bo‗lsin. So‗zga chiqishing shart. Qo‗shni
Dostları ilə paylaş: