iboralar yaxlit holda bitta gap bo‗lagi bo‗lib keladi va o‗z ichida boshqa
vakillari egaga quyidagicha ta‘rif beradilar: ―Gapdagi fikr qarashli bo‗lgan, ikki
harakatni bajaruvchi yoki qabul qiluvchi shaxsdir. Yoki kesim bilan ifodalangan
Abdurahmonov X., Rafiyev A., Shidmonqulova D. O‗zbek tilining nazariy grammatikasi. – T.: O‗qituvchi, 1992.
G‗ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o‗zbek adabiy tili. – T.: O‗qituvchi, 1987. 84-b.
79
3.Harakat nomi bilan: O‗qish tugadi.
4.Otlashgan so‗zlar bilan : a) sifat bilan:
Oqlar yurishni boshladi.
b) son bilan : Uchovimiz dala aylandik.
d) sifatdosh bilan : Qimirlagan qir oshar.
e) ravish bilan: Ko‗plar qatnashdi.
f)taqlid so‗z bilan: To‗plarning gumbur-gumburi eshitilardi.
g) modal so‗zlar bilan: Bor boricha , yo‗q holicha.
5. Ibora bilan : Hafsalasi pir bo‗lgani sezilib turardi.
6.Sintaktik birliklar (so‗z birikmasi) bilan: Otlarning otxonaga olib o‗tilmagani
Ziyodillani taajjublantirdi.
Ayrim paytlarda teng aloqadagi bir necha so‗z ham butunicha yoki bo‗lak –
bo‗lak ravishda ega bo‗lib kelishi mumkin: Otam bilan akam bozorga ketishdi.
Ba‘zan ega chiqish kelishigidagi so‗zlar bilan ham ifodalanishi mumkin. Bunday
paytlarda haqiqiy ega tushirilgan bo‗lib, undan oldin kelayotgan chiqish
kelishigidagi so‗z ega vazifasinin ifodalaydigan bo‗lib qoladi: Menda ham bu
kitoblardan bor. Bu gapdagi haqiqiy egani tiklash mumkin:
Menda ham bu
kitoblardan biri bor.
1-ilova.
―Manzillar‖
1- manzil. Bunda o‗quvchilar guruhlarga bo‗linadi, har bir guruh guruhining
nomini o‗zi qo‗yib, guruh sardorini tanlaydi. Guruhlarga ―davlat‖ maqomi
beriladi, bu ulardagi guruh manfatini himoya qilish hissini kuchaytiradi.
2-manzil. Guruhlardan bittadan vakil chiqib, ―Issiq kartoshka‖ metodining
ishtirokchilariga aylanadilar. Ushbu jarayonda guruhlardan uchtagacha vakillar
ishtirok etishi mumkin. Birinchi ishtirokchilarga mavzudan tashqaridagi
jumboq savollardan berilishi orqali o‗quvchilarni jarayonga kirgizib olishni
maqsad qilinadi. (Masalan, ―oy yerda bo‗ladimi?‖ savoliga o‗quvchi-talaba
―yo‗q‖ deb zavob bersa, uning suvdagi aksini hisobga olmagan bo‗ladi.)
80
Keyingi vakillarga o‗tgan mavzuga oid faktlar ―ha/ yo‗q‖(H/Y) holda keltirib
o‗tiladi, zukko o‗quvchi buni darrov ilg‗ab olishi lozim:
―gap bo‗laklarini
Dostları ilə paylaş: