8. Ruhiyat olami bilan hamfikr bo‗lib olganimizdan so‗ng, asosiy topshiriqqa
o‗tamiz. ― Diqqat‖ metodini amalga oshirish uchun bir qarashda turlicha aks etgan
rasmlarni guruhlarga tarqatiladi. Topshiriq: ushbu suratlarni aks etgan manzarani
gaplarda aks ettiring, gaplarning kesimlarni toping va ularni sodda, birikmali,
85
Ushbu topshiriq orqali o‗quvchilar o‗z yo‗qoygan barmoqlaridan birini qaytarib
olish imkoniga ega bo‗ladilar. Agarda noto‗g‗ri javoblar taqdim qilinsa, u holda
ikkita barmoqlaridan ajrab qolishadi.
9.Fikrlar umumlashtiriladi, barmoqlar hisoblanadi, o‗quvchilar baholanadi, uyga
vazifa berilib, dars yakunlanadi.
4-ilova
86
XULOSA
Ona tili fani o‗qitishning asosiy vazifasi o‗quvchilarni erkin, ijodiy, mustaqil
fikrlarini og‗zaki va yozma shaklda, adabiy til me‘yorlari asosida to‗g‗ri ifodalay
oladigan, bir ma‘noni turli shakllarda bera bilish ko‗nikmasi shakllangan adabiy
nutq me‘yorlarini egallagan yetuk mutaхassislarni tarbiyalab yetkazishdir. Har
qanday fikrlar bayoni bo‗lgan muloqot asosida to‗g‗ri tuzilgan nutq yotadi. Ona tili
uning nazariy qoidalarini bilmasdan turib, nutqni to‗g‗ri tashkil etib bo‗lmaydi.
Nutqni to‗g‗ri tashkil etishda gap, xususan, gap bo‗laklari muhim ahamiyatga ega.
Gap bo‗laklariga ajratish biroz muammoli jarayon bo‗lganligi sababli gap
bo‗laklarini o‗qitishda aniq metod va usullarga tayangan holda dars jarayonini
to‗g‗ri tashkil etish ahamiyatli sanaladi. Ona tili darslari ―mazmun-mohiyat-usul-
vosita-o‗quvchi- o‗qituvchi munosabati‖ birligiga tayangan holda olib boriladi.
Xo‗sh, mavzumizga asoslangan holda qanday metodlardan foydalanish maqsadga
muvofiq bo‗ladi? Albatta, bir qancha metodlarni bunga misol qilib keltirish
mumkin, ular orasida interfaol metodlar va muammoli ta‘lim metodlaridan
foydalanish ko‗zlangan natijalarga erishishda ko‗mak beradi.
Biz BMI da ―gap bo‗laklarini o‗qitishda muyammoli vaziyatlar hosil qilish
hamda ularga yechim izlashga asoslangan muammoli ta‘lim hamda interfaol
metodlar orqali gap bo‗laklarini o‗qitishni yoritib berishga diqqatimizni qaratdik.
Gap bo‗laklarini o‗qitishning mazmuni, - deb nomlangan birinchi bobda gap
bo‗laklarini o‗qitishning nazariy asoslari, darsliklar darsni tashkil etishdagi
ahamiyati haqida ma‘lumotlar berildi. Birinchi bobning birinchi faslida gap
bo‗laklarining tarixi, gap bo‗laklari ajratishda ilgari surilgan nazariyalar, sinxron
planda aks etgan tasnif, bu jarayonda hissa qo‗shgan olimlar haqida fikr yuritildi.
Birinchi bobning ikkinchi faslida gap bo‗laklarining huquqiy-me‘yoriy
hujjatlarga tayangan holda o‗qitilishining ahamiyati, darsliklarning hozirgi kundagi
ahvoli, ularda gap bo‗laklarini yoritishdagi yutuq va kamchiliklar xususida fikr
yuritildi, ajratib ko‗rsatildi va munosabat bildirildi.
87
BMI asosini tashkil qilgan Gap bo‗laklarini o‗qitishda qo‗llaniladigan
metodlar tavsifi, - deb nomlangan II bobda ―muammoli ta‘lim texnologiyalari va
interfaol metodlar yordamida gap bo‗laklarini o‗rgatishning nazariy asoslari,
ularning o‗ziga xos xususiyatlari yoritib berildi. Ikkinchi bobning birinchi fasli
―muammoli ta‘lim texnologiyasi asosida dars jarayoni muammoli savollarga
yechim topish usullari ishlab chiqildi. Bunda ―FSMU‖, ―Insert‖, ―Keys stadi‖,
―Tadqiqot‖, ―Muammoli vaziyat‖ kabi metodlar amaliy tatbiq etildi.
Ikkinchi bobning ikkinchi faslida ―gap bo‗lakalarini o‗rganishda interfaol‖
metodlarning ahamiyati ko‗rsatilib berildi. Ushbu metodning nazariy-amaliy
asoslari yoritib berildi. Bunda o‗quvchilarning yosh xususiyatlari e‘tiborga olindi.
―Ajurli arra‖, ―Asalari galasi‖, ―To‗rt taraf‖, ―Davra suhbati‖, ―Hamkorlik
kvadrati‖, ―To‗g‗ri so‗zla, xato qilma‖ kabi bir qancha metodlarni amalda qo‗llab
ko‗rsatdi.
Ushbu bobning uchinchi fasli Mavzu bo‗yicha o‗tkazilgan tajriba-sinov
ishlari, - deb nomlanib, unda ―Keys stadi‖, ―Muammoli vaziyat‖, ―Manzillar‖,
―Davra suhbati‖, ―Ajurli arra‖, ―To‗rt taraf‖ metodlari, shuningde boshlang‗ich
ta‘limda ona tilini o‗qitishga ko‗mak beruvchi bir qator metodlar amaliy qo‗llab
ko‗rsatildi. II bob III qismida amalga oshirilgan ishlar yakunlanib, shunday
xulosaga kelindi. Muammoli ta‘lim texnologiyasining ushbu metodlarini tahlilda
qo‗llash orqali o‗quvchining bir-biriga qarama-qarshi fikrlar bildirish qobiliyatini
shakllantirish, muammolarga tez, oson va aniq yechim topa olish qobiliyatlarini
shakllantirsa, interfaol metodlardan foydalanish darsning ―jonli‖ ruhda o‗tishini
taminlashi namoyon bo‗ldi.
Ishning amaliyotga tatbiqi bobida akademik litseylarining xalq ta‘limi, Oliy
va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan dastur va darsliklari tahli-
liy o‗rganildi. Gap bo‗laklarini o‗qitishda ajratilgan nazariy va amaliy o‗quv
soatlari ko‗rib chiqildi, munosabat bildirildi. Gapning bosh bo‗laklari bo‗yicha
ochiq dars ishlanmasi ishlab chiqilib, pedagogik amaliyot jarayonida Alisher
88
Navoiy nomidagi ToshDO‗TAU qoshidagi akademik litseyning 1-bosqich 104-
guruhda ochiq dars o‗tildi.
Xulosa qilib aytadigan bo‗lsak, ―bunday metod va usullardan dars jarayonida
foydalanish ta‘limni yuksak sifat va natija bosqichiga olib chiqadi.
Dostları ilə paylaş: