Sahna bayramona bezatilgan. Sahnaga Alisher Navoiy chiqadi: Turk nazmida chu men tortib alam,
Ayladim ul mamlakatni yak qalam.
Men ikki daryo bo`yidagi xalqimni yak qalam qildim. Tilimizni tahqir va haqorat botqog`idan she`riyat osmoniga ko`tardim. Yo`q-yo`q, men yanglishibmen pista po`chog`idan kema yasamoqchi bo`libmen.
Men yetolmagan orzularga kelajak nasllarim yetmog`I darkor. Shunda men o`z she`rlarim bilan labbay deb javob berurmen.
Hind, o`zbek qizlari sahnadan o`tib ketadi. Ortidan Bobur chiqadi: Ko`ngil asli g`amxona ko`rinur kibi g`uncha
Yozdim ko`p Andijon yurtim haqida g`zal
Bu miskin zor Bobur sindiyda shoh bo`lguncha,
O`z yurtimda gado bo`lmoq erdi afzal
Avlodlarga qilgum eng pokiza tilak
Mehr - muhabbatli, sobit bo`ling har dam
Bo`ling she`r mardoni sizga bo`lsin katta yurak
Katta buyuklik sari olg`a tashlang qadam.
Sahnadan Bobur Mirzo chiqib ketadi. Sahnaga hind, chin, misr, farang elchilari kiradi. Sahna ortidan: “ Hirot taxtining hukmdori, Temuriyzoda, Ollohning yerdagi elchisi Husayn Boyqaro tashrif buyuradilar!” Husayn Boyqaro: Xush kebdurlar, elchibeklar dargohimizga,
Eshitgayman arzlarini!
Chin elchisi: Xurosonu Turkistonni sayr etib yurdik,
Hamma yoqda mehmondo`stlik e`htirom ko`rdik.
Hind elchisi: Hind mulkidan kelganimda niyat qilgandim,
Xurosonu Turkistonni sayr etib chiqsak,
Undan keyin ko`ra olsam janoblarini.
Zero hindning barcha orif va olimlari
Siz hazratning nomlarini ko`p ulug`laydi.
Misr elchisi: Hatto bizning tilimizni tariximizni
Bizga ta`lim kilib turdi bu donishmandlar.
Bizga agar lutf etilsa ruxsati oliy
Bu kitoblar nushasidan olib ketgaymiz.
Farang elchisi: Ko`p bilimlar o`rgangusi faranglar sizdan,
Yuraklarda minnatdorlik hissi bilan biz
Yo`l olamiz uzoq yurtga - Farangistonga,
Mag`ribdagi insonlarga rostin aytamiz!
Hazrat Navoiy “Hamsa”sini olib ketmoq istarmiz.