Tatar xalqining zabardast shoiri Musa Mustafievich Jalilov (Musa Jalil) Orenburg gubernasiga qarashli Mustafo qishlog‘ida kambag‘al dehqon oilasida tug‘ildi. Dastlab Orenburgdagi Husayniya madrasasida tahsil oldi. U 1931 yilda Moskva Davlat universitetining adabiyot fakultetini bitirgach, tatar tilida bosiladigan «Kichkina», «Oktyabr bolasi» jurnallari redaktsiyalarida muharrirlik vazifasida ishladi. Ulug‘ Vatan urushi arafasida Tatariston yozuvchilar soyuzining mas’ul kotibi vazifasida ishladi. Urushda qattiq yaralangan Musa asirga olinib, 1944 yilda fashistlar tomonidan Berlindagi Shpandav turmasida qatl etildi.
Musa Jalilning ijodi 1919 yildan boshlandi.
Uning ko‘p tillarga tarjima qilingan «Moabit daftari» she’rlar to‘plami 1957 yilda Lenin mukofoti bilan taqdirlandi. Musa Jalilning «Moabit daftari» to‘plami o‘zbek tiliga tarjima kilinib, alohida kitob shaklida nashr ettirildi.
ERK
O’zim xohlab yura olmagach,
Yo‘q oyog‘im, demak, yo‘q qo‘lim.
Qandayin farq, erkim bo‘lmagach,
Bor bo‘lganim yoki yo‘qligim.
Otam, onam yo‘qdir yurtimda,
Aytingiz, men yetim edimmi?
Men yo‘qotdim «d»(ushman) yerida
Otamdan ham yaqin elimni.
Qulman bunda yurtsiz va erksiz,
Erksiz hamda elsiz—men o‘ksiz:
Ota-onam garchi bo‘lsa-da,
Joyim bo‘lar edi bo‘sag‘a.