Abay (1845-1904)
Abay – Ibrohim Qoʻnonboyev – XIX asrning ikkinchi yarmida yashab, ijod etgan qozoq sheʼriyatining mashʼali, bastakor, faylasuf va qozoq yozma adabiyotini asoschisi, maʼrifatparvar shoiridir. U 1845 yilning 8 avgustida Semipalatinsk viloyatiga karashli, hozirgi Abay tumani, Chingiztogʻ bovuridagi Qashqabuloq makonida dunyoga kelgan. Otasi Qoʻnonboy Oʻskonboy oʻgʻli qozoq urugʻlari ichidagi eng boy, badavlat kishilardan boʻlib, Abayni oʻqitishga katta ahamiyat berdi. Abay madrasada toʻrt yil taʼlim oldi. Arab, fors tillarini oʻrgandi. Markaziy Osiyo allomalarini, xususan, Saʼdiy Sheroziy, Hofiz Sheroziy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Navoiy, Bobur, Nodira asarlarini mutolaa qildi. Ulardan taʼsirlanib “Fuzuliy, Shamsiy, Sayqaliy” nomli sheʼriy asarini yaratdi. Unda Sharq allomalarini oʻziga ustoz deb bilganligini tan oladi:Fuzuliy, Shamsiy, Sayqaliy, Navoiy, Saʼdiy, Firdavsiy, Xoʻja Hofiz – bu hammasi, Madad ber, yo shuaro fariyod – deydi.
Shuningdek, shoirning 1855–1881 yillar davomida yozgan “Yuzi ravshan”, “Alifbo”, “Fuzuliy, Shamsiy, Saykaliy” kabi va boshqa sheʼrlari Sharq allomalariga ergashib yozgan ijod namunalari edi. Shuning uchun akademik yozuvchi Muxtor Avezov “… unga tillari tushunarli boʻlganlikdan Navoiy, Fuzuliy asarlari koʻp taʼsir etgan. Ayniqsa, Abay Alisher Navoiyni oʻziga “eng yaqin ustoz” deb biladi va asarlaridan oʻrnak oladi”…
Dostları ilə paylaş: |