Alisher navoiy



Yüklə 388,79 Kb.
səhifə4/9
tarix02.01.2022
ölçüsü388,79 Kb.
#45339
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6 sinf adabiyot 2-qism

Muhammad Sharif Gulxaniy



Kirilda | Lotinda

Isyonkor kuychi Gulxaniy XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlarida yashab ijod etgan va bu davr oʻzbek adabiyotida oʻziga xos oʻrinda turadigan yozuvchidir. Uning asl ism-sharifi Muhammad Sharif boʻlib, Gulxaniy esa uning adabiy taxallusidir. Taxminlarga koʻra, u XVIII asrning 70yillari hozirgi Xoʻjand viloyatining Darvoza qishlogʻida dunyoga keladi.

Boʻlajak yozuvchining bolaligi oʻzi olamga kelgan togʻ qishlogʻida oʻtadi. Bu yerda ozmi-koʻpmi oʻqib, savod chiqaradi, adabiyotga boʻlgan havasi ortadi. Sheʼriyatga oid koʻplab asarlar oʻqiydi, xalq ogʻzaki ijodini berilib oʻrganadi va asta-sekin sheʼriy mashqlari boshlanadi. U oʻz ilmini oshirish maqsadida avval Namangan, soʻngra Fargʻonaga keladi, qiziqchiligi, hozirjavobligi va hajviy sheʼrlari bilan kishilar oʻrtasida tanila boshlaydi. Ayniqsa, gʻariblik turkumidagi ruboiy va toʻrtliklari bilan el ogʻziga tushadi. Shoir keyinchalik Qoʻqonga keladi va qiyinchilik bilan kun kechiradi. U oʻzbekcha sheʼrlariga Gulxaniy, tojikcha sheʼrlariga Jurvat deb taxallus qoʻyadi.Gulxaniy bir necha yil Qoʻqon xoni Olimxon saroyida navkar boʻlib xizmat qilgan, janglarda qahramonlik koʻrsatgan boʻlsada, ammo ochlik, yupunlik, muhtojlik uning hamrohi boʻlib qolaveradi.Gulxaniyning “Ber menga” radifli sheʼri uning navkarlik davrida yozilgan asaridir. Gʻazal och qolgan kishining oʻz xoʻjayinidan non soʻrashi bilan boshlanib, lirik qahramon – navkarning qalb alamlari soʻnggi baytlarda izchil ochila boradi.Bu gʻazalga chuqurroq nazar tashlansa, unda faqat yakka, ochlikdan tinkasi qurigan ayrim shaxs haqida gapirilmay, balki katta ijtimoiy masala – Olimxonning navkarlari orasidagi ichki hayot sharoiti haqida gap boradi. Gʻazalda lirik qahramonning qiyafasi umumlashma timsol darajasiga koʻtarilgan, chunki Olimxon navkarlaridan faqat Gulxaniy xon iltifotiga sazovor boʻlolmadi, degan qarorga kelish yanglishdir. Demak, lirik qahramon – navkar oʻz boshidan kechirganlarini bayon qilish asosida Olimxonning navkarlarga muruvvatsizligi va qoʻshindagi tartibsizlikni fosh qiladi. 




Yüklə 388,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin