Zulfiya (1915–1996)
Oʻzbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova 1915 yil 1 martda Toshkentning Oʻqchi mahallasida degrez oilasida tugʻilgan. U xotin-qizlar bilim yurtida oʻqib yurgan vaqtlaridayoq (1931–1934) adabiy toʻgaraklarga qatnashib, sheʼrlar mashq qiladi.Zulfiyaning “Men ish qizi” nomli birinchi sheʼri 1931 yil 17 iyulda “Ishchi” gazetasida bosilib chiqdi. “Hayot varaqlari” nomli ilk toʻplami oʻn yetti yoshida nashr etildi (1932).1935–1938 yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti aspiranturasida tahsil oldi.1938–1948 yillarda nashriyotlarda muharrir, boʻlim boshligʻi, 1950–1953 yillarda esa “Oʻzbekiston xotin-qizlari” (hozirgi “Saodat”) jurnalida boʻlim boshligʻi, 1953–1985 yillarda esa bosh muharrir boʻlib ishladi. Zulfiya badiiy-estetik puxta sheʼr-dostonlari bilan Oydin, Muzayyana Alaviya, Xosiyat Tillaxonovalar safiga kirib keldi.Zulfiyaning ijodiy kamolotida oʻzbek va rus klassiklari, xalq ogʻzaki ijodiyoti va jahon adabiyoti anʼanalarining roli beqiyos boʻldi.Shoira “Temiroy” (1934), “Sheʼrlar” (1939), “Qizlar qoʻshigʻi” (1939) kabi poetik asarlarini ona Vatan va uning dala, choʻllarida mehnat qilayotgan paxtakorlar, traktorchi qizlarning qaynoq hayotlariga bagʻishlaydi. Ayni chogʻda, mazkur toʻplamlardagi sheʼrlari shoiraning mahorat sirlarini egallayotgan davrini xarakterlovchi asarlar sifatida ham muhim edi.
Urush vaqtida “Uni Farhod derdilar” (1943), “Hijron kunlarida” (1944) kabi toʻplamlarining nashr etilishi Zulfiyaning peshqadam shoirlar qatoriga dadil kirib kelayotganligidan dalolat berdi. Bu toʻplamdagi sheʼrlar Vatanga muhabbat, dushmanga nafrat va gʻalabaga ishonch, yorga sadoqat ruhida yaratilgani bilan xarakterlidir.
P irimqul qodirov
Yozuvchi, tarjimon, publitsist, adabiyotshunos olim, o‘zbek nasrining yirik namoyandalaridan biri Pirimqul Qodirov Turkiston tizma tog‘ining etaklaridagi Kengko‘l degan qishloqda 1928 yilning 25 oktyabrida tug‘ilgan. U asli o‘zbekning barlos qavmidan; urushdan keyingi yillarda jamoa xo‘jaligida, yo‘l qurilishi, so‘ng Bekobod metallurgiya zavodida ishladi.1951 yili O‘rta Osiyo Davlat universitetining Sharqshunoslik fakultetini tugatib, Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutining aspiranturasiga o‘qishga kirdi. “Abdulla Qahhorning urushdan keyingi ijodi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1954–1963 yillarda u sobiq ittifoq Yozuvchilar uyushmasi qoshida o‘zbek adabiyoti bo‘yicha maslahatchi, O‘zRFA til va adabiyot institutida katta ilmiy xodim (1963–1983), O‘zbekiston Respublikasi Adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlari qo‘mitasi raisi (1989–1994) bo‘lib ishladi.
Adib ijodining debochasi ‒ “Studentlar” (1951) hikoyasi talabalik yillarida e’lon qilinib, tolibi ilmlar hayotini, ularning ichki olamini yoritadi. Shundan keyin “Jon shirin”, “Kayf”, “Olov” hikoyalari, “Qadrim” (1961), “Erk” (1968), “Meros” (1974) qissalari, “Najot”, “Baxillar va botirlar” afsona qissalari (1980), “Akramning sarguzashtlari” (1974), “Yayra institutga kirmoqchi” (1970) nomli qissa va hikoyalar to‘plamlari birin-ketin chop qilindi. P. Qodirov roman janrida qalam tebratib, “Uch ildiz” (1958), “Olmos kamar” (1976) romanlarini yaratdi. Adib avval “Yulduzli tunlar” (1979), keyin “Avlodlar dovoni” (1989) romanlari bilan o‘zbek tarixiy romanchiligi rivojiga katta hissa qo‘shdi.
G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida adibning uch jildlik tanlangan asarlari (1977–1978) nashr qilingan.
Pirimqul Qodirov adabiyotshunos olim sifatida “Til va el” (1972), “Xalq tili va realistik proza” (1973), “Til va dil” (2005) risolalarini yaratdi. Ikki jildli “Adabiyot nazariyasi” uchun “Adabiy asarning tili”, “Adabiy jarayon” boblarini yozdi.
Zangori olov zahmatkashlari haqidagi “Qadrim” qissasi asosida “Sening izlaring” badiiy filmi (rejissyor R. Botirov), “Yulduzli tunlar” romani, “Jon shirin” hikoyasi asosida ko‘p seriyali videofilmlar suratga olingan. “Bobur” pyesasi (rejissyor B.
Dostları ilə paylaş: |