Alisher navoiy



Yüklə 388,79 Kb.
səhifə2/9
tarix02.01.2022
ölçüsü388,79 Kb.
#45339
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6 sinf adabiyot 2-qism

Bolalik davri. Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Amir Temurning o'g'li Shohruh Mirzo hukmronligi davrida Hirotda tug'ildi. Zamondoshlari uning haqida ko'pincha „Nizomiddin Mir Alisher" deb yozadilar. „Nizomiddin" — din-diyonat nizomi degani bo'lib, donishmand mansab egalariga beriladigan sifat, „Mir" — amir demakdir. Uning otasi G'iyosiddin Muhammad (uni G'iyosiddin Kichkina ham der edilar) temuriylar saroyining amaldorlaridan edi. Onasi amirzoda Shayx Abusaid Changning qizi bo’lgan, ismi ma'lum emas. Alisherning bobosi Temurning o'g'li Umarshayx bilan emikdosh (ko'kaldosh) bo’lgan ekan. Alisher saroy muhitida yashaganligi uchun alohida tarbiya va nazoratda o'sdi. Kichiklik chog'idan she'r va musiqaga ishqi tushdi. Olim-u fozillar davrasida bo'ldi. Uch- to'rt yoshlarida davrining mashhur shoiri Qosim Anvorning kattalar ham anglashi mushkul bir baytini yod aytib mehmonlarni hayratga soldi. Bir yildan so'ng esa, uni maktabga berdilar. U bo'lajak sulton Husayn Boyqaro bilan birga o'qidi.1447- yilda Shohruh Mirzo vafot etib, temuriy shahzodalar orasida taxt uchun kurash boshlanadi. Hirot notinch bo'lib qoladi. Alisherlar oilasi Iroqqa yo'l oladi. Yo'lda, Taft shahrida yosh Alisher zamonasining mashhur tarixchisi, „Zafarnoma"ning muallifiSharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi. Alisherlar xonadoni 1451 - yilda Hirotga qaytadi. Tarixchi Xondamir karvon Yazd cho'li orqali Hirotga qaytar ekan, kunduz jazirama bo'lganidan kechasi yurilganini, tungi yurishlardan birida Alisher mingan otining egaridan tushib qolganini, uyqu zo'rlik qilib, uyg'onmaganini, bir mo'ljalga yetib kelibgina bo’lajak shoirning yo'qolib qolganini bilishganini, qidirishib, bolani topib olishganini yozadi.
Said Ahmad (1920–2007)

Oʻzbek nasrining peshqadam arboblaridan biri Said Ahmad (Husanxoʻjayev) 1920 yili Toshkentning Samarqand darvoza mahallasida dunyoga keldi. 1939 yili oʻrta maktabni, 1941 yili esa oliy oʻquv yurtini tugatdi.

Said Ahmad dastlab “Mushtum” jurnalida, Oʻzbekiston radiokomitetida (1942–1943), hozirgi “Oʻzbekiston ovozi” gazetasida (1942–1947), “Sharq yulduzi” jurnalida (1948–1950) ishlagan. Uning birinchi hikoyalar toʻplami “Tortiq” 1940 yilda nashr etiladi. Urush va urushdan keyingi yillarda Said Ahmad koʻplab felyeton, ocherk va hikoyalar yozgan. Uning “Er yurak” (1942), “Fargʻona hikoyalari” (1948), “Muhabbat” (1949) kabi toʻplamlari nashr etilgan. U “Xazina”, “Hayqiriq”, “Rahmat, azizlarim” kabi hikoyalarida Ikkinchi jahon urushining dahshatli oqibatlarini hayajonli tasvirlaydi, urush qahramonlarini ulugʻlaydi.

Adib hikoyalarida Oybekning psixologik tasvir mahorati, Gʻafur Gʻulom yumori, Abdulla Qahhor bayonidagi ixchamlik mujassamdir. U hikoyalarida tasvirlaydigan har bir voqeadan falsafiy umumlashma chiqarishga, voqealarni lirik taʼsirchanlik bilan ifodalashga, badiiy tasvirlarning xilma-xilligiga erishishga intiladi. “Choʻl burguti”, “Oʻrik domla”, “Lochin”, “Odam va boʻri”, “Boʻston”, “Toʻyboshi” kabi qator asarlari Said Ahmad ijodida ham, oʻzbek nasrida ham yangilik boʻlgan.

Adib hikoyalarining bosh qahramoni ichki dunyosi boy zamondoshlarimizdir. Yozuvchi “Togʻ afsonasi”, “Zumrad”, “Muhabbatning tugʻilishi”, “Koʻzlaringda oʻt bor edi”, “Poyqadam”, “Alla”, “Iqbol chiroqlari” asarlarida hayotiy xarakterlar yaratgan. Said Ahmad oʻzining hajviy hikoyalarida taraqqiyotimizga toʻsiq boʻlayotgan yaramas urf-odatlar ustidan kuladi, muhim maʼnaviy masalalarni oʻrtaga qoʻyadi. Uning “Xanka va Tanka”, “Lampa shisha” kabi oʻnlab hajviyalari fikrimiz dalilidir.

Said Ahmad kichik hajviy asarlari bilan oʻzbek radio va televideniyesidagi miniatyuralar teatriga asos soldi.

Adib hikoyalardan asta-sekin yirik polotnolar yaratishga oʻtdi. 1949 yilda chop etilgan “Qadrdon dalalar” va “Hukm” (1958) qissalaridan keyin yaratgan “Ufq” (1964) trilogiyasida urushdan oldingi va keyingi davr muammolari haqida bahs yuritadi. “Jimjitlik” (1988) romanida turgʻunlik davri illatlari fosh etiladi. Soʻnggi yillarda u Oybek, Gʻ. Gʻulom, A. Qahhor, M. Shayxzoda, Shuhrat, Mirtemir va S. Zunnunovalar haqida xotira-yodnomalar yozdi.

Said Ahmad dramaturg sifatida ham tanilgan. U “Kelinlar qoʻzgʻoloni”, “Kuyov” kabi sahna asarlarining muallifidir.

Said Ahmad ham 50-yillarda kechgan qatagʻon toʻlqiniga duchor boʻlgan, qamoq azoblarini tortgan ijodkordir. U “aksilshoʻraviy millatchilar guruhi aʼzosi, zararli gʻoyalar targʻibotchisi” sifatida ayblanib, Qozogʻistonning Qaragʻanda viloyati, Jezqazgʻan lagerida qamoqda boʻladi.




Yüklə 388,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin