Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Yuldosheva Ma`mura Falaxbaxsh zamonning fazosi ichra
Jannatga topilmas havosi ichra
Sarbaland tog‘lardek yuksalib turar
Dunyoga ko`rk bo`lib buyuk siymolar
Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Tursunova Feruza Buyuk tog‘lar ichra bo`lib buyukroq,
Suyuk tog‘lar ichra bo`lib suyukroq.
Navoiy ko`rinar ko`zimga mening,
Nafasi urilar yuzimga mening.
Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Qosimova Xursand
Islom olamning buyuk zotlari bizga shul muqaddas hikmatni bashorat qilmishlar.
Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Yuldosheva Ma`mura
Qay bir inson o`z qavmidan biror zotning xotirin yod aylasa, ul zotning pok ruhlari shul xonadonga tashrif buyurar ekan.
Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Temirova Oynisa
Shohona libosda bobom Alisher
O`ychan ko`zlarida ming yillik alam
Butun olam uni ahli donish der
ey, g‘azal mulkining sultoni salom.
Boshlovchi: Buyuk yurtdoshlarimiz Zahriddin Muhammad Bobur Hazrat Alisher Navoiyning buyuk nomlarini tilga olib shunday degan ekanlar: “Alisherbek naziri yo`q kishi erdi. Turkiy til bila to she`r aytibdurlar, hech kim ancha ko`p va xo`p aytgan ermas.
Boshlovchi: Assalom dono Alisher
Buyuk daho Alisher
Bugun to`ying dillar shod
Barhayotsan umrbod
Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi) Ko`nglimga ne ma`ni o`lsa erdi paydo,
Til aylar erdi nazm libosiga ado.
Ul nazmga jonin qilibon fido,
Solurlar edi gumbazi gardunga sado.
Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisiqo`shiq ijro etadi.
Ona tili va adabiyot kursi tinglovchisi Rahmonova Gulnora So`zdirki nishon berur o`likka jondin,
So`zdirki xabar berur jong‘a jonondin.
Insonni so`z ayladi judo hayvondin,
Bilki guhari sharifroq yo`q ondin.
Navoiy: (Mehnat kursi tinglovchisi Tojiev Hasan) Ne vajdin fuqaro ajib majlis qurmish?
Ushbu anjumanning boisi nedur?