Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kuniga bag’ishlangan bayram ertaligining kompozisiyasi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə19/87
tarix25.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#196990
növüKompozisiya
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   87
ALISHER-NAVOIY-TADBIRI

1-Boshlovchi: Bobur o’zbekcha she’rlarini to’plab 1519 yilda Qobulda “Qobul devoni”, 1528-29 yilda Hindistonda “Hind devoni” kabi devonlar tuzgan. Bizgacha yetib kelgan she’larining umumiy soni 400 dan ortiq. U 20 yoshida “Xatti Boburiy” yozuvini kashf etadi. Xo’ja Axrorning “Volidiya” asarini she’riy yo’l bilan tarjima qilgan. Asarlari: “Boburnoma”, “Mubayyin al-zakot” (1521), “Muxtasar” (1523-1525), “Xarb ishi” va “Musiqa ilmi” (bu ikki asar topilmagan), “Qoldimu?!” radifli g’azali (1507 yilda Hirot-Qobul yo’lida yozilgan) va boshqa asarlar yozgan.
“Boburnoma”-Zaxiriddin Muxammad Bobur asari. U dastlab “Vaqoye’”-“Voqyealar”, so’ng “Voqyeoti Boburiy”-“Voqyeanoma”, “Tuzuki Boburiy” “Bobur tuzuklari”, “Boburiya” nomlarini olgan. Oxirida “Boburnoma” bo’lib shuxrat qozongan. Asarda 1494-1529-yillarda Movarounnaxr, Huroson, Afg’oniston va Hindistonda ro’y bergan voqyealar aks etgan. Boburnomada ilm-fan, madaniyat, san’at, adabiyot axli xususida keng fikr yuritilgan. Asarning 10 dan ortiq qo’lyozma nusxalari bo’lib, xozirda jaxonning turli kutubxonalarida saqlanadi.

  1. Qo’shiq: “Mustaxzod” ijro etadi Xusniddin Sotvoldiyev

2-Boshlovchi: Bo’l banda ato-anog’a yakson-
Kim, Haq dedi: “Volidayn ehson”.
Qulluqlarin ayla rasmu odat,
Kavnayn aro bil muni saodat.
Ma’nosi: Ota-onangga bir xilda qulluq qil, chunki Ollox taolo: “Ota-ona ehsondir”, ya’ni g’animatdir degan. Ularga xizmat qilishni rasmu odat aylab, bu ishni ikki dunyoning saodati deb bil.
1-Boshlovchi: Navoiy 1501 yil 3 yanvarda 60 yoshida Hirotda vafot etgan. Dunyoning bir necha mamlakatlarida Navoiy siymosi gavdalantirilgan xaykallar o’rnatilgan. Toshkent, Samarqand, Navoiy, Osh, Moskva, Tokio, Boku, Vashington va boshqa joylarga.
2-Boshlovchi: Buyuk sarkarda, shox va shoir bobobomiz Zaxiriddin Muxammad Bobur 1530 yili 47 yoshida o’zi asos solgan saltanat poytaxti Agra shaxrida vafot etdi va o’sha yerda dafn etildi, keyinchalik 1539 yilda vasiyatiga ko’ra hoki Qobulga keltirilib, o’zi bunyod ettirgan “Bog’i Bobur”ga qo’yildi.
1-Boshlovchi: Mansur tinmay so’yla, vatan vasfini,
Armon muddaolar, to’kilib ketsin.
Yurtingni kuylayver takror va takror,
Ovozang yetti iqlimga, yetsun.

  1. Soqiynomai saftikalon” “Orzu” ashula va raqs xalq jamoasi ijrosida.

Yakuniy qism. Xulosa.
2-Boshlovchi: Mana aziz bugungi tadbirimiz mexmonlari, aziz ustozlar xamda bilimga chanqoq o’quvchi yoshlar! Xar bir narsaning o’z iptidosi va imtixosi bo’lganidek bugungi konsert dasturimiz xam o’z nixoyasiga yetib keldi.
1-Boshlovchi: 9-fevral g’azal mulkining sultoni mir Alisher Navoiy bobomiz tavalludining 579 yilligi xamda 14-fevral buyuk sarkarda bobomiz Zaxiriddin Muxammad Bobur tavalludining 537 yilligi munosabati bilan “Ulug’ ajdodlar yodi-mangu abadiy” shiori ostidagi saxnalashtirilgan badiiy kechamiz o’z yakuniga yetdi.
2 - Boshlovchi: Biz shunday buyuk va mo’tabar, qadri baland aziz zotlar avlodlari ekanmiz, ular qoldirgan biz yosh avlod tarbiyasi va kelajagi uchun muxim o’rin egallab kelayotgan boy moddiy va ma’naviy meroslarini avaylab-asrab kelgusi yosh avlodlarga yetkazsak buyuk ajdodlarimizga xos va mos avlod bo’lgan xamda ruxlarini shod etgan bo’lamiz.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin