Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kuniga bag’ishlangan bayram ertaligining kompozisiyasi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə16/87
tarix25.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#196990
növüKompozisiya
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   87
ALISHER-NAVOIY-TADBIRI

1-Boshlovchi: Assalomu-alaykum aziz mexmonlar, bilimga chanqoq o’quvchi yoshlar!
2-Boshlovchi: Assalomu-alaykum aziz ustozlar, mumtoz adabiyotimiz va san’atga oshiq qalblar!
1-Boshlovchi: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusni ijrosini ta’minlash xamda 9-fevral g’azal mulkining sultoni mir Alisher Navoiy bobomiz tavalludining 579 yilligi...
2-Boshlovchi: Hamda 14-fevral buyuk sarkarda, shox va shoir bobomiz Zaxiriddin Muxammad Bobur tavalludining 537 yilligini munosib xotirlash, tadbir orqali ajdodlarimiz xotirasini yod etish, axoli va yoshlar ongida ajdodlarimiz xayoti va ijodiga bo’lgan xurmat-extirom xissini shakllantirish, ularni madaniy xordiq chiqarishini tashkil etish, Navoiy va Bobur g’azallarini tarbiyaviy axamiyati to’g’risida tushuntirish maqsadida “Ulug’ ajdodlar yodi-mangu abadiy” shiori ostidagi saxnalashtirilgan badiiy kecha tashkil etilib o’tkazilmoqda.
1-Boshlovchi: Barchalaringiz ushbu tadbirimizga xush kelibsiz!

  1. Kuy: “Zavqim kelur” “Orzu” ashula va raqs xalq jamoasi sozandalari ijrosida.

(Kuy tugagach mungli musiqa sadosi ostida Boshlovchilar Navoiy va Bobur xayoti va ijodi xaqida ma’lumot berishni davom ettiradi.)
2-Boshlovchi: Navoiy 1441-yil 9-fevralda Xirot shaxrida tug’ilgan. Uning asl ismi Nizomiddin mir Alisher Navoiy bo’lgan. Navoiyning otasi G’iyosiddin Baxodir Temuriylar xonadoniga yaqin bo’lgan. She’r zavqi va iste’dodi erta uyg’ongan. Bolaligidanoq Farididdin Attorning “Mantiqut-tayr” asarini yod olib, Sharafiddin Ali Yazdiy va Movlono Lutfiy nazarlariga tushgan. Xusayn Boyqaro Xuroson taxtiga o’tirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muxrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va Astrobod hokimligiga (1487) tayinlanadi.
Ko’nglim olg’och gul pari majnuni shaydo qildilo,
Aqlu xushimni junun dashtida yag’mo qildilo,
O’zgacha zulmu taaddilar bilan qonim to’kar,
Turfa erdi turfa ishlar dog’i paydo qildilo.

  1. Buxoro to’lqini” (“Orzu” ashula va raqs xalq jamoasi ijrosida.)

1-Boshlovchi: Zaxiriddin Muxammad ibn Umarshayx Mirzo Bobur 1483-yil 14-fevralda Andijonda tavallud topgan. U o’zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shayxzoda edi. Boburning otasi - Umarshayx Mirzo Farg’ona viloyati hokimi, onasi-Qutlug’ Nigorxonim Mo’g’iliston xoni va Toshkent xokimi Yunusxonning qizi edi. Bobur barcha Temuriy shaxzodalar kabi tarbiyachilar, yirik fozilu ulamolar ustozligida xarbiy ta’lim, arab va fors tillarini o’rganadi, ko’plab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi, ilm-fanga, she’riyatga qiziqa boshlaydi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan “Bobur” – (“Sher”) laqabini oladi.
Goxi sog’inch na bo’ldi zorlarni,
Unutmagin avvalgi yorlarni.
Seni ko’rmay yiroqdan zor bo’ldim,
Goxi sog’inch na bo’ldi zorlarni.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin