Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kuniga bag’ishlangan bayram ertaligining kompozisiyasi


-boshlovchi:Navoiy g’azallarida chin insoniy fazilatlar,Ollohga bo’lgan ishq-muhabbat g’oyalari doimo ilgari surilgan



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə14/87
tarix25.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#196990
növüKompozisiya
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   87
ALISHER-NAVOIY-TADBIRI

1-boshlovchi:Navoiy g’azallarida chin insoniy fazilatlar,Ollohga bo’lgan ishq-muhabbat g’oyalari doimo ilgari surilgan.
2-boshlovchi:Alisher Navoiy o’zbek adabiyotida she’riy devonlar yozish an’anasini yuksaklarga ko’tarib,”Xazoyin ul- maoniy” ya’ni “Ma’nolar xazinasi”devonini yozdi. Shoir bu devonini tuzar ekan ,unda inson umrini 4 faslga bo’ladi va har bir devoniga 650 tadan g’azallar kiritadi.Navbat inson qalbining nozik torlarini chertuvchi g’azallardan namunalarga:
1-O’quvchi: Kecha kelgumdir debon, ul sarvi gulroi’ kelmadi,
Ko’zlarimga kecha tong otguncha uyqu kelmadi.
Lahza-lahza chiqdim-u,chekdim yo’lida intizor.
Keldi jon og’zimg’avu, ul sho’xi badxo’ kelmadi.
Ey Navoiy,boda birla xurram et ko’ngil uyin,
Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg’u kelmadi.
4-O’quvchi:Mehr ko’p ko’rgizdim, ammo mehribone topmadim,
Jon base qildim fido, oromijone topmadim.
G’am bila jonimga yetdim,g’amg’usore ko’rmadim,
Hajr ila dilxasta o’ldum,dilistone topmadim.
Ul amon ichimda bo’lsin ey Navoiy ,garchi men,
Bir zamon ishqida mehnatdin amone topmadim.
5-O’quvchi:Ko’rgali husningni zor-u mubtalo bo’ldim sango,
Ne balolig’ kun edikim, oshno bo’ldim sango.
Har necha dedimki, kun-kundin uzay sendin ko’ngil,
Vahiki, kun-kundin batarrak ,mubtalo bo’ldim sango.
G’ussa changdin Navoiy topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asir-u benavo bo’ldim sango.
1-boshlovchi: Biz yoshlar mana shunday buyuk mutafakkir shoirimiz borligidan faxrlanamiz. Biz bugungi adabiy kechamizda ma’naviyatimiz sarchashmasi,milliy iftixorimiz,o’zligimizni anglashga o’z hissalarini qo’shgan ,Bobur bobomiz ta’rificha turk tilida “ko’p va xo’b yozgan ”,so’z qudratini butun dunyoga tarannum etgan Mir Alisher Navoiy bobomiz haqida qisman bo’lsa ham ma’lumotga ega bo’ldik.
2-boshlovchi Keling, aziz o’quvchilar, biz yosh avlod ham Navoiy singari buyuk bobolarimizning ma’naviy me’rosini chin dildan o’rganib, ajdodlarimizga munusib avlod bo’laylik.Bugungi adabiy kechamizni ushbu satrlar bilan yakunlaymiz:

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin