Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kuniga bag’ishlangan bayram ertaligining kompozisiyasi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə30/87
tarix25.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#196990
növüKompozisiya
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   87
ALISHER-NAVOIY-TADBIRI

boshlovchi: Sharq adabiyotida birinchi bo'lib «Hamsa» yaratgan kishi Nizomiy Ganjaviydir. Unga har jihatdan munosib javob yuz yildan so'nggina maydonga keldi. Uning muallifi Hisrav Dehlaviydir.

  1. Boshlovchi: Qariyb 2 yuz yildan so'ng ikki buyuk hamsanavis maydonga chiqdi. Ular Navoiy va Jomiy edilar. Navoiyning «Hamsa»si XV asrdagi xalqimiz ma'naviy taraqqiyotining ko'zgusi bo'lib, unda davr hayoti, urf-odatlari va qarashlari aks etgan.

  2. boshlovchi: O'z davrining buyuk shaxsi, A.Navoiyning do'sti Husayn Bayqaro ham «Hamsa» asariga yuksak baho bergan.

Bayqaro Irg'imlab istak otida
Jahonga boqqanda misli bolasher
Hirot darvozasining bir qanotida
She'riy lashkarini tizdi Alisher
Navoiy va Husayn Bayqaro sahnasi:
(H.Bayqaro taxtda o'tirgan)
Eshik ochildi: Shohim Mir Alisher tashrif buyurdilar .
Shoh: Ayting kirsinlar.
Navoiy: Assalomu-alaykum, olampanoh.
Bayqaro: Va alaykum-assalom, marhabo do'stim, keling.
(Ko'rishdilar o'tirish uchun joy ko'rsatadi.)
Navoiy: Ahvollarinigiz, nechun, shohim?
Husayn Bayo'aro: Qulluq, do'stim, qulluq. O'zingizda ne yangiliklar? Ijod olamida ne yangiliklar? Yangi ash'orlar biturmisiz?
Navoiy: Biturmen shohim, biturmen. («Hamsa»ni shoxga beradi) Mana shu siz orzu qilgan obida ham tayyor bo'ldi. Buni sizga armug'on eturmen.
Boyqaro: (kitobni qo'lga olib, varaqlab, o'rnidan turadi)Tassano ,do'stim, tassano, ofarin: Emas oson bu maydon ichra turmoq
Nizomiy panjasiga panja urmoq
Kerak sher ollida ham sheriy jangi
Agar sher o'lmasa bori palangi
Tasanno. Bu asar turkiy nazmida betakror asar bo'libdur. Bu xizmatingizni taqdirlamoq lozim. (qarsak chaladi). Mulozim:-Labbay Boyqaro:-Oq tulporni xozirlang. Do'stimni otga mindirib, butun Hirot ko'chalari bo'ylab o'zim jilovdorlik qilurmen. qani do'stim marhamat. (Birga chiqishadi)
G'azal. «O'n sakkiz ming olam…»
1-boshlovchi: «Hamsa» dostoning eng go'zal asari «Farhod va Shirin» bo'lib ayniqsa Shirin maktubi ko'ngillarni maftun etadi.
(Shirin sahnaga kiradi)
Kanizak: Shirin, Shopur keldi. Farhoddan xabar keltiribdi.
Shirin: Ey, Shonur, qayda yuribsiz, Farhodga ne bo'ldi?
Shopur: - Xisrav qatl buyrug'ini bekor qilib, Farhodni Salosil degan g'orga qamatib qo'ydi. Agar bir enlik xat yozib bersangiz unga yetkazurman.
Shirin: - Bir dam sabr qiling.(Shirin xatni yozib o'qiydi)
- Nedur ahvoling ey zoriy g'aribim,
Visolim davlatidin benasibim?
Chekardi g'am tog'ing holing nechundir,
Bu yukdin jismi chun holing nechundir?
Qattiq g'urbat aro holing ne erkin?
Achchiq furqatda ahvoling ne erkin?
Firoqing tig'idin yuz pora jonim
Ne jonim balki jismi notovonin,
Seni ko'rsam edi nogoh-nogoh
G'amim yo'q erdi bilmon summa billah
Bu dam ham kim firoqingdin o'lubmen
Yuz o'lgandin ham ortiqroq bo'libmen.
Tavaqqu ulki , bu oshifta noma.
Ki bu oshufta qildi naqsh xoma
O'qib mazmunidin olsang hisobin,
Karam aylab yuborg'aysen javobin
Kim un ohar g'amda bo'lg'ay xurzi jonin
Valovu g'ussadin xattu omonim
Chu bilsang xolima odoxi alam,
Javobin ham yubor , valloxu alam.
Qo'shiq . «O'lturg'usi» g'azali bilan.
2-boshlovchi: Endigi navbat ijodkorlarga. Marhamat.
Raqs «Tanovor»


  1. Yüklə 0,77 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin