Alisher: - Assalom ustoz.
Lutfiy: Q – Barakallo, o`g`lim, barakallo. Biz faqirni ko`rgani, mamnun qilgali kelibsen. Sen kabi aqlli boadab o`g`lonning suhbati bilan dilimni ochay, ash’oringni tinglay.
Alisher: Orazin yopg`och ko`zimdin sochilur har lahza yosh.
Bo`ylakim paydo bo`lur yulduz nihon bo`lgach quyosh.
Lutfiy: - “Ofarin o`g`lim”, Qasam tangrigakim, agar imkon bo`lsa edi, men o`zimning fors va turkiyda aytgan o`n ikki ming baytimni shu g`azalga almashar edim, ham ayni zamonda o`zimni ulug` maqsadga erishgan deb hisoblar edim.
Ruhsora: - Alisher yoshligidan do`sti Husayn Bayqaro bilan inoq, ahil, do`st bo`lgan, birga o`ynagan va birga maktabga borgan.
Sarvinoz: - Hatto ikki oila Bir-birini hurmat ila Tez-tez yo`qlab kelishar Mehmon, mezbon bo`lishar Shunda ota-onasi Topib qulay xonasin Navro`z, hayit kunlari Yig`ilib yaqinlari. Boshlovchi: - Aziz o`quvchilar, hozir “Alisher bilan bulbul” nomli sahnalashtirilgan rivoyat bilan tanishamiz va bobomiz o`zlariga qanday taxallusni tanlaganini bilib olamiz. (sahnada Alisher kursida o`tirib she`r yozayotgani ko`rsatiladi).
Boshlovchi: - Olgari zamonda G`iyosiddin kichkina degan kishining Alisher ismli o`g`li bo`lgan ekan u yoshligidan uddaburro, ziyrak bo`lib o`sibdi. To`qqiz yoshga to`lganda esa she`rlar yoza boshlabdi. Odamlar (bola o`ziga) u yozgan she`rlarni quloq berib tinglaydigan bo`lishibdi. Lekin bola o`ziga hali tahallus tanlamagan ekan. Alisher bir kuni yangi she`rlarini yozibdida, uni boqqa chiqib, baland ovoz bilan o`qib boshlabdi.
Alisher: - G`urbatda g`arib shodmon bo`lmas emish El anga shafiqu mehribon bo`lmas emish Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa Bulbulga tikondek oshiyon bo`lmas emish Boshlovchi: - Gul shohida o`tirgan bulbul Alisherning yoqimli ovozini eshitib qolibdi. Yosh shoirning goh qo`ng`iroqday jarangdor, goh tong shamoliday mayin ovozi bulbulni o`ziga maftun etibdi.