Navoiy: Bir g’azal bitgan erdim, ruxsat bersangiz o’qib bersam.
L utfuy: Qani o’qingchi.
Navoiy: Orazin yopg’och ko’zimdin
Sochilur har lahza yosh
Bo’ylakim paydo bo’lur
Yulduz nihon bo’lg’och quyosh
Lutfiy: Va allo, agar muyassar bo’lsa erdi, o’zimning forsiy va turkey tillarda yozgan 12 ming baytimni shul g’azalga almashtirgan bo’lur erdim. Ofarin, ofarin tasannolar bo’lsin. Nasib etsa siz buyuk shoir bo’lursiz.
Keltursa yuz bayo Odiljanova Madina: Bobokalonimiz Navoiy umrining oxirigacha ijod bilan shug’ullanib, insonlarni oliyjanoblikka, hamjihatlikka, yaxshi insoniy xislatlarni hamroh qilib, yomon illatlardan saqlanishga undadi.
Mironshoh: Navoiy bobomizdan meros bo’lib qolgan hikmat va ruboiylar bizlarga charog’on nur kabi yo’limizni yoritib turadi.
Nozanin: Mehr ko’p ko’rgizdim ammo mehriboniy topmadin
Jon base qildim fido, oromi jone topmadin
G’am bilan jonimg’a yetdim, g’amgusoriy ko’rmadim
Hajr ila dilhasta o’ldim, dilistoniy topmadim
Ul amon ichimda bo’lsin ey
Navoiy garchi men
Bir zamon ishqida mehnatdin amoniy topmadim
Farangiz: Kecha kelgumdir debon,
Ul sarvi gulru kelmadi
Ko’zlarimg’a kecha tong otguncha uyqu kelmadi
Lahza, lahza chiqdimu, chekdim yo’lida intizor
Keldi jon og’zimg’a-yu, ul shoxi badxo kelmadi.
Ey Navoiy, boda birla xurram et ko’ngil o’yin
Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg’u kelmadi.
Xorazmcha raqs. Qani bolajonlar, Alisher Navoiy bobomiz hayot va ijodlari haqidagi bilimlaringizni sinab ko’ramiz.
1. Saidakbar: Alisher Navoiy nechanchi yil tug’ilgan?
2. Madinabonu: Alisher Navoiy qayerda tug’ilgan?
3. Mubina: Alisher Navoiy necha yoshida maktabga borgan?
4. Sanjarbek: Mir Alisher yozgan she’rlariga qanday tahalluslar qo’ygan?
5. Bekzodbek: Alisher Navoiyni otasining ismini ayting.
6. Hojiakbar: Hamsa asarini nechanchi yilda yozib tugatadi?
7. Xamrayeva M: Navoiy taxallusi qanday ma’noni anglatadi?
8. Navoiyning do’sti kim?
Bekzodbek: Yangi avlod qalamlar yo’nar
Ming bir yillik alamlar so’nar
Biyron bulbul qo’limga qo’nar
Navoiydan so’z ochsam agar