«Shirinning Farhodga yozgan maktubi» Kichik sahna ko’rinishi. Qo’shiq ijro etiladi. 1-boshlovchi: Gar she’r buloq bo’lsa, tinikligi – U,
Agar she’r tong bo’lsa, buyukligi – U,
Dunyo boqiy tursa, Ul zot ham mangu,
Shoirlar sultoni, suyukligi – U.
Faxrim ham g’ururim, Hazrat Navoiy.
2-boshlovchi: Quyosh botdi, ammo dillarning zumurrad osmonlarida uning alvon shafag’i qoldi. A.Navoiy bitgan ash’or injulari to hanuzgacha she’riyat muxlislari qalblarini ma’naviyat ziyosi ila munavvar etib kelmoqda. Bu ziyo mangulik qadar o’chmas va hayratbaxshdir. Shoir shaxsi ham o’tmish-u bugungi kunda poklik va samimiylikning, donolik va faqirlikning, zakiylik va saxovatlilikning oliy namunasi bo’lib kelayotir. Bobokalonimiz yodi hamisha dillar sajdagohida benazir bo’lib qolaversin.
1-boshlovchi: Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek, “Barcha olijanob ishlarimizda Navoiy g’oyalari, Navoiy ibrati, Navoiy ruhi bizga hamisha hamroh bo’lsin”.
ALIShER NAVOIYNING TAVALLUD KUNIGA BAG’IShLANGAN BAYRAM ERTALIGI. Zal bayramona bezatilgan. Saxna o’rtasida alisher Navoiy portreti. Bolalar mumtoz musiqa ostida kirib keladilar.
Bola: Kup jaxongir ko’rgan bu dunyo hamasiga guvox yer osti
Lekin do’stlar she’r axli aro jaxongiri kam bo’lar rosti
Besh asrki nazmiy saroyni titratadi zanjirband bir Sher
Temur tigi yetmagan joyni kalam bilan oldi Alisher.
Hamma: Dunyo bo’ldi chamanim manim o’zbekiston vatanim manim
«GULLA, YaShNA O’ZBEKISTONIM AShULASI». Boshlovchi: Aziz bolalar bugun bobokalonimiz Alisher Naoviyning tavallud topgan kunlari. Biz bugun u kishining eng yaxshi fazilatlarini, xalkimizga ko’rsatgan extiromlarini eslab o’tsak ular ruxi shod buladi.
Bola: Bir aziz bobom bor dunyoda tanxo,
Xushtabiat, xushkomat, muloyim, donno.
Kungillari kengligi yer qurra osmon,
Ko’zlari nuroniy oynayi jaxon.