ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 771 www.ares.uz Shoirning «Panj ganj»iga kiruvchi «Layli va Majnun» hamda «Xusrav va
Shirin» dostonlari ham o„zbekchalashtirilgan. Nizomiy Ganjaviy "Xamsa" si
yaratilgandan keyin oradan bir asr vaqt o`tib Amir Xusrav Dehlaviy Nizomiy asariga
javob yozish bilan xamsanavislik an`anasini boshlab berdi. [Донишмандлар
тухфаси, 2009: 97]
Dehlaviyning 1299 - 1302 yillarda yozilib, Alouddin Xiljiyga bag„ishlangan
«Xamsa»si quyidagi dostonlarni o„z ichiga oladi: «Matla' ul-anvor» («Nurlarning
chiqish joyi»), «Shirin va Xusrav», «Majnun va Layli», «Oinai Iskandariy»
(«Iskandar oyinasi»), «Hasht bihisht» («Sakkiz jannat»). U Nizomiy dostonlarining
shakli va syujeti, obrazlar silsilasini saqlagan holda, ularni o„ziga xos talqin etdi va
yangi mazmun bilan boyitdi. Nizomiy dostonlari shoir dunyoqarashining kengligi va
bilimining teranligini namoyish etsa, Xusrav Dehlaviy «Xamsa»si ruhiyat teranligi va
qalb boyligini ko„z-ko„z qiladi. Nizomiy dostonlarida tafakkur va tuyg„unnisbatini
ko„rsak, Xusrav Dehlaviy «Xamsa»sida inson qalbining nozik tebranishlari va
badiiyat uyg„unligining hassos va go„zal tasvirlariga duch kelamiz. Aynan
san'atkorona ishlanganligi uchun ham Xusrav Dehlaviy «Xamsa»si o„zidan keyingi
shoirlarga kuchli ta'sir ko„rsatdi, Xalaflari goya va mazmunda Nizomiyga ergashsalar
ham, shakl va badiiyatda Xusrav Dehlaviyga izdoshlik qildilar. Jomiyning
«Bahoriston»da e'tirof etishicha, hech kim Nizomiy «Xamsa»siga Xusrav
Dehlaviydan o„tkazib javob yozolmagan. [Донишмандлар тухфаси, 2009: 235]
Navoiy o„z «Xamsa» sini yaratishda Nizomiy bilan bir qatorda, Xusrav
Dehlaviydan ham kuchli ta'sirlangan, har bir dostoni muqaddimasida uni ustozlari
qatorida ehtirom bilan tilga olib, ijodiga yuksak baho bergan.
Temur va Shohrux zamonida yashagan Jamoliyning tavalludi vafot yillari
haqida aniq ma'lumot yo„q. Faqat G`. Aliev o„zining «Temi i syujeti Nizami v
literaturax narodov Vostoka» nomli monografiyasida uning beshligi 1402 - 1417
yillar oralig„ida yaratilgan degan fikrni bildiradi. Jamoliy «Xamsa»si quyidagi
dostonlardan iborat: «Tuhfat ul-abror» («Maxzan ul-asror»ga javob),«Mehru Nigor»
(«Xusrav va Shirin»ga tatabbu'), «Mahzun va Mahbub» («Layli va Majnun»ga
tatabbu'), «Haft avrang» («Haft paykar»ga tatabbu'). Doston nomi aniq emas. Lekin
voqealar mazmuni va qo„llanilgan vazn Nizomiy «Iskandarnoma»sini eslatgani
uchun, uni Nizomiy beshligidagi so„nggi dostonga javob tarzida yozilgan deb
hisoblash mumkin.
Ashraf - Abu Ali Husayn ibni Hasan Marog„iy. Darvesh Hasan Xiyoboniy
(tug„, noma'lum - vaf. 1460) nomi bilan tanilgan. 1436-1440 yillar mobaynida
«Xamsa» an'anasini davom ettirgan. «Minhoj ul-abror» (Taqvodorlarning yo„li),
«Riyoz ul oshiqayn» (Ikki oshiqning mashaq qatlari), «Shirin va Xusrav»,