Alisher navoiy "xamsa"sining yaratilishida boshqa xamsanavislarning roli


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix10.08.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#139094
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
alisher-navoiy-xamsa-sining-yaratilishida-boshqa-xamsanavislarning-roli

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Academic Research, Uzbekistan 770 www.ares.uz 
fanlari doktori G`azanfar Aliyev aniqlab, o`zining "Темы и сюжеты Низами в 
литературах народов Востока" nomli monografiyasini yaratgan edi.[Юсупова, 
2013: 83] 
 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
Xamsachilik an`anasi XV asrda yanada keng tus oldi. U alohida shoirlar uchun 
ham ma`lum xalqlar va davrlar adabiyoti uchun ham katta imtihon bo`ldi. 
Xamsanavislik tarixida XIV-XV asr Xirot adabiy muhiti alohida o`rin 
egallaydi. Shu davr muhitida 20 ga yaqin ijodkorlar xamsanavislikda o`z kuchini 
sinab ko`rganlar. Vaholanki bu ijodkorlar barchasi to`liq "Xamsa" yaratmagan 
bo`lsalarda, lekin beshlikning u yoki bu dostoniga javom yozish bilan mazkur 
an`anaga o`z munosabatini bildirganlar. 
Xamsanavislik tarixida to`liq "Xamsa" yaratganlar oltita adib bo`lib, dastavval 
Ozarbayjon shoiri, Sharq mumtoz adabiyotining beshigini tebratgan xamsachilik 
kashshofi Nizomiy Ganjaviydir (1141-1209). Uning to`liq nomi Abdulhamid Ilyos 
ibn Yusuf ibn Zakiy Muayyad bo`lib, Ganja shahrida tug`ilgan. Uning "Xamsa" siga 
kirgan dostonlar 1170-1204 yillarda yaratilib, ular quyidagilardir: "Maxzan ul-asror" 
("Sirlar xazinasi"), "Xusrav va Shirin", "Layli va Majnun", "Haft paykar" ("Yetti 
go`zal") va "Iskandarnoma" . 
Nizomiy Ganjaviy nomi qadimdan xalqimiz orasida mashhur bo`lib u 
o`zbekning o`z shoiriga aylanib ketgan. Alisher Navoiydan tortib barcha mumtoz 
shoirlarimiz uni o`zlariga ustoz deb bilishgan. 
XIV asr o„rtalaridayoq Qutb Xorazmiy uning eng mashhur dostoni «Xusrav va 
Shirin»ni tilimizga mahorat bilan tarjima qilgan edi. Oralan bir asr o„tgach, Haydar 
Xorazmiy xamsa asoschisining «Maxzan ul-asror» dostoniga javoban «Gulshan ul-
asror» asarini yaratadi. Zabardast shoir va mohir mutarjim Muhammadrizo Ogahiy 
«Haft paykar»ni erkin nasriy tarjima qiladi. «Shohnoma» tarjimoni, shoir va adib 
Shohi Hijron «Qissai Doroi Zarrinkamar» asarida «Iqbolnoma»ning muxtasar 
mazmunini bayon etgan. Nurmuhammad Buxoriy, Mulla Fozil Xomushiylar ham 
Nizomiy «Xamsa»sini sharhlar ekanlar, «Iskandarnoma»ni batafsilroq tahlil etishga 
harakat qilishgan». [Хомидий, 2002:31] 
Shoir «Xamsa»si dostonlari tarjimasida namunalar «Xusrav va Shirin» (Qutb 
tarjimasi), «Maxzan ul-asror» (Haydar Xorazmiy tarjimasi), «Haft paykar» (Ogahiy 
tarjimasi) hamda «Layli va Majnun» (N.Oxundiy, Xislat va Muhammadjonovlar 
tarjimasi)dan parchalar Maqsud Shayxzoda so„zboshisi bilan alohida to„plam holida 
nashr qilindi.



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin