Alisher navoiy "xamsa"sining yaratilishida boshqa xamsanavislarning roli


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix10.08.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#139094
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
alisher-navoiy-xamsa-sining-yaratilishida-boshqa-xamsanavislarning-roli

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Academic Research, Uzbekistan 775 www.ares.uz 
hazrat shayxning (ya'ni Nizomiyning - Sh. Sh.) «Mahzanul asror» ig„a javob 
aytibdur», deydi-da, undan bir bayt misol keltiradi: 
Har nafase kaz tu kase bishnavad, 
 
 
 
Beshak azu hamnafase bishnavad. 
 
 
 
(Sendan kim nimani eshitarkan, 
 
 
 
Beshak undan hamdamlikni eshitadi.) 
Navoiy bu shoir haqidagi ma'lumotini: «uning qabri Hirotda»,- deb tugatadi. 
Demak, u o„sha davrda vafot etgan va, ehtimol boshlagan «Xamsa»sini tamom 
qilolmagandir. 
Xoja Imod. Uning «Laylo va Majnun» dostoniga Navoiy baho berib: 
«masnaviysida xiyla rang va ziynat bor»,- deydi va g„azalida ham iste'dodi borligini 
aytib, quyidagi matlani keltiradi: 
Burd suyi lab zabonu shu'la zaddor joni man
 
 
 
Qard zohir lam'ai u otashi pinhoni man. 
 
 
 
(Lablariga til urib jonimga o‘tlar yoqdi ul, 
 
 
 
Yoshirin dil o‘tidan olamga uchqun choqdi ul.) 
Amir Shayx Suhayliy - Alisher Navonyning do„stlaridan. Navoiy uning tojik 
va uzbek tillarida yozgan she'rlariga yuqori baho beradi: «ash'ori el orasida shuhrat 
tutti», deydi. 
Uning «Laylo va Majnun» dostoni borligini aytib, undan Layloning ozib 
ketganligini chiroyli ta'rif etgan bir baytnni keltirardi: 
Go`yi zamahash zi hol gashta, 
 
 
 
Monandan sebi sol tashta. 
 
 
 
(Iyagi shunday holga tushib qolganki, 
 
 
 
Go‘yo bir yil turib qolgan olmaga aylangan, 
 
 
 
Ya'ni ozib qurishib qolgan) 
Shahobiddin Jomiyning tug`ilgan va vafot etgan yillari haqida aniq ma`lumot 
yo`q. Faqat Xondamirning "Makorim ul-axloq" ida Shahobiddin Jomiyning Alisher 
Navoiy maslahatiga ko`ra "Layli va Majnun" va "Xusrav va Shirin" dostonlarini 
yozgan.[Юсупова, 2013:85] 
Filologiya 
fanlari 
doktori 
Dilnavoz 
Yusupovaning 
qo`llanmasida 
ko`rsatilishicha bitta dostonga javob yozgan mualliflar quyidagilar: 
"Maxzan ul-asror" tipida doston yozgan mualliflar: Osafi Hiraviy, Nargisiy, 
G`iyosiddin Sabzavoriy, Fosih Rumiy, Sayyid Qosimiy. 
"Layli va Majnun" tipida doston yozgan mualliflar: Shayxim Suhayliy, Ali 
Ohiy, Xoja Imod Loriy, Xoja Xasan Xizrshoh, Zave Qozisi. 



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin