Jaloliddin Manguberdi (toʻliq ismi — Jaloliddin Abulmuzaffar Manguberdi ibn Muhammad) (1198—1231) — Xorazmshohlar davlatining soʻnggi hukmdori (1220-yildan), Muhammad Xorazmshohning toʻngʻich oʻgʻli. U 33 yil umr koʻradi va uni 11 yili jang ichida oʻtadi. Toʻliq ismi Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad. Onasi — Oychechak boʻlgan. Jaloliddining burnida xoli (mank) boʻlgani uchun Mankburni nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda oʻzgarib „Manguberdi“ nomi bilan mashhur boʻlib ketgan.
Jaloliddin Manguberdi voyaga yetgach, otasi uni Gʻazna, Bomiyon, Gʻur, Bust, Takinobod, Zamindovar va Hindiston hududlarigacha boʻlgan yerlarga hokim va taxt vorisi etib tayinlagan (1215), biroq Turkon xotun va qipchoq amirlarining qat’iy noroziligi sababli Qutbiddin Oʻzloqshoh foydasiga vorislikdan mahrum etilgan. Jaloliddin Manguberdi otasining harbiy yurishlarida ishtirok etib, oʻzining jasur jangchi, iqtidorli sarkardalik qobiliyatlarini namoyish etgan (qarang Irgʻiz daryosi boʻyidagi jang). Chingizxon boshchiligidagi moʻgʻul qoʻshinlari Movarounnahrga bostirib kirib birin-ketin shaharlarni egallab, Samarqandga yaqinlashganlarida xorazmshoh Muhammad Kaspiy dengizi boʻyida joylashgan Obeskun shahri yaqinidagi Ashura orolidan panoh topgan. Ogʻir bemor boʻlgan Muhammad oʻgʻillarini yoniga chorlab, soʻnggi damda Jaloliddin Manguberdini oʻz oʻrniga xorazmshoh etib tayinlagan.
Gʻafur Gʻulom (1903-yil 10-may — 1966-yil 10-iyun) — oʻzbekyozuvchisi va shoiri. 1903-yilning 10-mayida Toshkent shahrining Qoʻrgʻontegi mahallasida tugʻilgan. Toʻqqiz yoshida otasidan, oʻn besh yoshida onasidan yetim qolgan Gʻafur Gʻulom avval eski maktabda, soʻngra rus-tuzem maktabida taʼlim olgan. „Shum bola“ (1936) avtobiografik qissasida ijodkorning bolaligi, asr boshidagi Toshkent hayoti tiniq tasvirlangan.
„Dinamo“ (1931), „Tirik qoʻshiqlar“ (1932) toʻplamlarida shoir ruhidagi betakrorlik, milliy oʻziga xoslik aks etdi. Insonga xos mangu tuygʻular „Qish va shoirlar“ (1929), „Non“ (1931), „Toshkent“ (1933), „Qutbda saylov“ (1937), „Men Yahudiy“ (1941), „Qish“ (1941), „Xotin“ (1942), „Afsuski, afsusni qoʻshib koʻmmadi“ (1945) singari sheʼrlarida aks etdi.
„Bogʻ“ (1934), „Sogʻinish“ (1942), „Kuz keldi“ (1945), „Kuzgi koʻchatlar“ (1948) singari sheʼrlarida obod bogʻ, saxiy bogʻbon, umiddagi kelajak gavdalanadi. Ota timsolida aks etgan „Sen yetim emassan“ (1942), „Sogʻinish“ (1942), „Biri biriga shogird, biri biriga ustod“ (1950), „Sizga“ (1947), „Bahor taronalari“ (1948) singari sheʼrlarida yurt, xalq, kelajak mas’uliyati tasvirlanadi.
„Netay“ (1930), „Yodgor“ (1936), „Shum bola“ (1936-1962) qissalari, „Hiylai sharʼiy“ (1930), „Mening oʻgʻrigina bolam“ (1965) singari hikoyalarida qahramon xarakterining milliy betakrorligini aks ettirgan.
1943-yilda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasiga haqiqiy aʼzo boʻldi. Akademik sifatida u adabiyot tarixini, yozuvchilar ijodini („Navoiy va zamonamiz“ (1948), „Folklordan oʻrganaylik“ (1939), „Jaloliddin“ dramasi haqida“ (1945), „Muqimiy“ (1941) yoritib berdi.
Gʻulom 1966-yilning 10-iyunida vafot etdi. Chigʻatoy qabristoniga dafn etildi.