Alisher Navoiyga



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə5/9
tarix16.05.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#114540
1   2   3   4   5   6   7   8   9
buyuklar ёзувсиз

Poʻlat Moʻmin (taxallusi; asl ism-sharifi Poʻlat Moʻminov) (1922.24.12 – Toshkent – 2004.2.3) — bolalar shoiri. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1992). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1983). Dastlab pedagogika bilim yurtini (1939), soʻng Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini tugatib (1944), oʻqituvchilik bilan shugʻullangan (1944–1947). "Lenin uchquni" gazetasida adabiy xodim (1948–50), Oʻzbekiston davlat nashriyotida boʻlim mudiri (1951–1952), respublika Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1954–60), Madaniyat vazirligi qoshidagi Sanʼat ishlari boshqarmasida dramaturgiya boʻyicha bosh muharrir (1962–64).
Ilk sheʼrlar toʻplami – "Sayrang, qushlar" (1949). Shundan keyin uning "Tong kuylari" (1949), "Oltin boshoqdor" (1951), "Tish choʻtkasi ertagi" (1955), "Hunardan unar" (1958), "Toʻgʻri oʻsgan gul boʻlur" (1960), "Aql qayerda boʻlar" (1962), "Oltin nay" (1967), "Yaxshilarga oʻxshasam" (1975), "Rahmatga rahmat!" (1969), "Eson va Omon" (1973), "Ertaqdan ertakka" (1989), "Ertaklar yaxshilikka yetaklar" (1984), "Yurak zavqu dardlarim, aytar baytu fardlarim" (1993), "Bugʻdoy bobo" (1995), "Bolajon, bolajonim" (2003) va boshqa bolalarga bagʻishlangan sheʼr va ertaklardan iborat toʻplamlari, "Kul-di xiyol" (1964), "Gul va piyoz" (1971), "Qoʻshiq aytib" (1985) singari qoʻshiqlardan tashkil topgan kitoblari nashr etilgan. Poʻlat Moʻmin mumtoz oʻzbek adabiyoti anʼanalarini davom ettirib, gʻazal, tuyuq, fard janrlarida ham koʻplab asarlar yaratgan. Uning 500 dan ziyod qoʻshiqlari gʻazal janrida yozilgan. Poʻlat Moʻminning bolalar hayotidan olingan "Qovoqvoy bilan Chanoqvoy", "Suqatoy va Konfetvoy" (1970), "Bahodirning botirligi" (1972), "Ona bolam deydi, bola onam deydi" (1975), "Oq fil yoʻqoldi" (1983), "Tuyakush-boyaqish" (1987) pyesalari respublika teatrlarida sahnalashtirilgan. A.S. PushkinV. V. MayakovskiyS. MarshakS. Mixalkov, A. Barto va boshqa rus yozuvchilarining bolalarga bagʻishlangan asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1998).




Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin