Alisher Navoiyning adabiyotshunoslik faoliyati


“Mufradot” asarida muammoning turli uslub va amallari ixcham, ravon tilda bayon qilinadi. Muammo amallariga keltirilgan misollar ham nihoyatda aniq va tushunarlidir



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə2/3
tarix11.12.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#73760
1   2   3
adab faoliyati

“Mufradot” asarida muammoning turli uslub va amallari ixcham, ravon tilda bayon qilinadi. Muammo amallariga keltirilgan misollar ham nihoyatda aniq va tushunarlidir.
Asarda Alisher Navoiy muammo amallarini 3 qismga ajratadi:
1) a'moli tahsiliy – hosil qilish amallari;
2) a'moli takmiliy – mukammallashtirish amallari;
3) a'moli tasxiliy – osonlashtirish amallari.
Navoiy a'moli tahsiliyga ta'rif berar ekan, uning intiqod (saralash) degan turini izohlab, unga ko‘ra so‘zning ba'zi harflarini olish orqali muammo hosil qilinishini aytadi va ODAM ismida
Dili moro chu xohy boz justash
Z–ohu dardu mehnat cho‘ naxustash
(Ma'nosi:
Dilimizni yana axtarmoqchi bo‘lsang,
Oh, dard, mehnatdan birinchisini qidir)
muammosini misol qilib keltiradi. Bu muammoni yechish uchun oh, dard, mehnat so‘zlarining bosh harflari olinsa, ODAM ismi kelib chiqadi.
Alisher Navoiyning adabiyotshunos olim sifatidagi faoliyatini ko‘rsatib beruvchi yana bir asar bu “Majolis un-nafois” tazkirasidirNavoiy tazkirani 1491–1498-yillar davomida yaratadi. Tazkirada XV asrda yashab, faoliyat yuritgan 459 shoir haqida ma'lumot keltiriladi. Alisher Navoiy tazkiraning muqaddimasida asarning tarkibiy qismi va nomlanishi haqida shunday yozadi: “...chun bu maqsudg‘a yetildi, oni sekkiz qism etildi har qismi bir majlisg‘a mavsum bo‘ldi va majmuig‘a “Majolis un-nafois” ot qo‘yildi”. Tazkiradagi shoirlar majlis, ya'ni qismlarga quyidagicha taqsimlangan: 1-majlisda 46 ta, 2-majlisda 91 ta, 3-majlisda 175 ta, 4-majlisda 72 ta, 5-majlisda 21 ta, 6-majlisda 31 ta, 7-majlisda 22 ta va 8-majlisda Husayn Boyqaro bilan bog‘liq ma'lumotlar keltirilgan.
“Majolis un-nafois” boshqa xalqlar tillariga ham tarjima qilinib, tazkirachilikning rivojiga samarali ta’sir ko‘rsatgan.
Xususan, XVI asrda fors tiliga 3 marta (Faxriy Hirotiy, “Lato-yifnoma”, 1521–22, Hirot; Muhammad Qazviniy, 1522–23, Istanbul; Shoh Ali Abdulali, 1598, Nishopur), bugungi kungacha turli tillarga 7 marta to‘liq tarjima qilingan.
Hasanxoja Nisoriy ning “Muzakkiri ahbob”, Som Mirzoning “Tuhfai Somiy” va boshqa ko‘plab tazkiralar Navoiy tazkirasi ta’sirida maydonga kelgan. “Majolis un-nafois”ning XV asrning oxiri – XVI asrning boshlarida ko‘chirilgan bir necha nusxasi Vena, Parij, Boku, Sankt-Peterburg, Toshkent va boshqa joylarda saqlanmoqda.
Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon” asari 1492–1493-yillarda yaratilgan. Navoiy turkiy tildagi adabiyotshunoslik masalalariga bag‘ishlangan Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a” asari bilan tanish bo‘lmagani uchun aruz nazariyasiga doir qonun-qoidalarni turkiy tilda ilk marta bayon qilayotganini alohida ta'kidlaydi, xususan “g‘araz bu maqolotdin va maqsud bu muqaddimotdin bu erdikim, chun turk alfozi bilakim nazm voqi' bo‘lubdur, anga zobitaye va qonune yo‘q erkondur...” deb yozarkan, turkiy tilda aruz qonun-qoidalariga oid maxsus asar yo‘qligini aytib o‘tadi.
“Mezon ul-avzon” muqaddima, asosiy qism va kichik xotimadan iborat. Muqaddimada Allohga hamd aytilgach, Sulton Husayn Boyqaroning ushbu asarni yozishga ilhomlantirganligi haqida so‘z boradi. Unda aytilishicha, Husayn Boyqaro Amir Xusrav Dehlaviyning 18 ming baytdan iborat g‘azaliyotini yig‘dirib, bir to‘plam holiga keltiradi. Xusrav Dehlaviy she'rlarining ko‘pi murakkab bahr va vaznlarda bo‘lib, ularni aniqlashda hatto ba'zi shoirlar ham ojizlik qilar edilar. Husayn Boyqaroning topshirig‘i bilan aruzshunoslar Xusrav Dehlaviyning har bir she'ri ustiga shu she'rning vaznini yozib chiqadilar. Shundan so‘ng devon tuzishda har bir she'rning vaznini qayd etib qo‘yish odat tusiga kiradi. Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” kulliyoti ham shu yo‘sinda tartib beriladi.
Alisher Navoiy muqaddimada o‘zidan avval yaratilgan aruzga doir manbalar: Xalil ibn Ahmadning “Kitob ul-ayn”, Shams Qays Roziyning “Al-mo‘jam”, Nasiriddin Tusiyning “Me'yor ul-ash'or”, Abdurahmon Jomiyning “Risolai aruz” asarlariga to‘xtalib o‘tib, ularda mavjud bo‘lmagan ba'zi qoida, doira va vaznlarni o‘z asarida keltirib o‘tishini aytadi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin