Alisher Navoiyning adabiyotshunoslik faoliyati


Navoiy vaznlarga ta'rif berar ekan, unga ko‘proq misollarni o‘z g‘azaliyotidan keltiradi. Xususan, hazaji musammani solim vaznini ta'riflashda



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə3/3
tarix11.12.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#73760
1   2   3
adab faoliyati

Navoiy vaznlarga ta'rif berar ekan, unga ko‘proq misollarni o‘z g‘azaliyotidan keltiradi. Xususan, hazaji musammani solim vaznini ta'riflashda
Zihi mulkungning o‘n sekiz mingidin bir kelib olam,
Bu olam ichra bir uyluk qulung Havvo bilan Odam,
Rajazi musammani matviyi maxbun vazni bilan bog‘liq o‘rinda
Gar alamimg‘a chora yo‘q, bo‘lmasa bo‘lmasun netay,
Vah, g‘amima shumora yo‘q, bo‘lmasa bo‘lmasun netay,
Mutaqoribi musammani mahzuf vaznida
Ochildi chaman, gul'uzorim qani,
Sihi sarv bo‘yluq nigorim qani?
kabi baytlarni keltiradiki, bu holat Navoiy keltirgan vaznlar turkiy adabiyot uchun shunchaki tajriba bo‘lmay, balki ularda badiiyat jihatdan yuksak g‘azallar yozish mumkinligini ko‘rsatadi.
“Mezon ul-avzon”da 9 ta poetik shakl va ularning vaznlari haqida ham ma'lumot keltirilgan bo‘lib, ularning aksariyati turkiy xalq og‘zaki ijodiga mansubdir. Navoiy ularning xalq orasida tarqalgan nomlaridan foydalanadi, nomi yo‘qlarini esa aruzdagi vaznlardan qaysi biriga mos bo‘lsa, shu vazn nomi bilan ataydi. Ushbu poetik shakllar quyidagilardir: o‘n olti ruknli ramali maxbun, tuyuq, qo‘shiq (1), qo‘shiq (2), chinga, muhabbatnoma, mustazod, aruzvoriy, turkiy.
“Mezon ul-avzon” turkiy aruzshunoslikka qo‘shilgan munosib hissa bo‘lib, o‘z davridayoq zamondoshlari tomonidan yuksak baholangan. Xondamir “Makorim ul-axloq”da risolaga yuqori baho berib, Navoiyning iste'dodi va badiiy mahoratini ko‘rsatib beruvchi asar ekanligini, avvalgi risolalarda keltirilmagan doiralarni kiritganligini uning aruzshunoslikdagi eng katta xizmati sifatida e'tirof etadi. “Mezon ul-avzon” o‘zidan keyin turkiy tilda Boburning “Risolai aruz” asari yaratilishi uchun zamin hozirladi, XIX asrda Furqatning “Ilmi she'rning qoidai avzonini bayoni” dastxatiga asos bo‘ldi.
Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin