Alisher navoiyning farhod va shirin dostonini 9- sinflarda organilishi



Yüklə 304,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/22
tarix02.01.2022
ölçüsü304,56 Kb.
#41466
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
alisher navoiyning farhod va shirin dostonini 9- sinflarda organilishi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                                 

21

 Орифий Ш. Мактабда  лиро- эпик  асарларни  ўрганиш.- Т.:  “Ўқитувчи”, 1981. 35-б. 




 

46 


 

 

III bob. Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonidagi obrazlarga 

xarakteristika.  

 

Maqsad: Buyuk daho Alisher Navoiyning “Xamsa” asaridagi “Farhod va 



Shirin” dostonining bosh siymolari Farhod va Shirin obraziga xos xususiyatlar 

haqida o‘quvchilarga ma’lumot berish; Farhod va Shirin obrazini tahlil qilish 

orqali o‘quvchilarda Alisher Navoiy asarlarini o‘qishga nisbatan havasini 

tarbiyalash, komil insonga xos xususiyatlar haqida fikr yuritish. 

 

Darsning metodi: suhbat, bahs – munozara, o‘qituvchining ma’ruzasi. 



 

Ko‘rgazmalilik: Mavzuga oid portretlar, turli pedtexnologiyalardan 

foydalanish, Navoiy dahosining tasviri, jadvallar. 

 

Darsning ilmiyligi: Adabiyotshunos olimlarning Farhod va Shirin obrazlari 



haqidagi fikrlari. 

 

O‘qituvchi: Biz o‘tgan darsda o‘zbek mumtoz adabiyotining asoschisi, 



buyuk daho Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonini mazmuni, g‘oyasi, 

undagi qahramonlarning sarguzashtlari haqida fikr yuritgan edik. Uyga vazifa qilib 

adabiyot darsligining 44-60-sahifalarini o‘qib kelish, Farhodning  yoshligi, ilmga 

chanqoqligiga oid ayrim she’riy misralarini yoq olishni tavsiya etgan edik. Qani 

kim aytadi: 

1)

 



Farhod yoshligida nimalarga qiziqadi, kimlardan ta’lim oladi? 

2)

 



Farhod Arman elida qanday ishlarni amalga oshiradi? 

3)

 



Farhodning Shirin bilan uchrashuvi voqeasini kim aytib beradi? 

Birinchi o‘quvchi: Dostonda tasvirlanishicha yosh Farhod ayniqsa, ilmga 

qiziqadi. Mashhur imorat ustalari Moniy, Qoranlardan tosh yo‘nish sirlarini 

o‘rganadi. Unga zamonasining olimlaridan Mulkoro ta’lim beradi. 

 

Ikkinchi o‘quvchi: Farhod “Oinaiy Iskandariy”da go‘zal Shirinning husnu – 



jamolini ko‘rib bexush bo‘lgach, tog‘da yashayotgan donishmand Suqrot bilan 

uchrashadi. Buyuk olim uning taqdiri haqida bashorat qilgach Arman o‘lkasiga 

qarab yo‘l oladi. U yerda mashaqqat bilan tog‘dan ariq qaziyotgan minglab 

kishilarga javob berib o‘zi qaqragan yerlarga suv ochib obi- hayot bag‘ishlaydi. 




 

47 


 

 

Uchinchi o‘quvchi: Baland tog‘ni o‘zining sirli teshasi bilan parchalagan 



pahlavon Farhodning Shirin bilan uchrashuvi asarda hayajonli tasvir etiladi. 

Darslikda bu voqea shunday tasvirlangan: 

 

 

…Ki: “Ey nodir yigit ofoq ichinda, 



Yagona charxi nili toq ichinda! 

Ayonda holingda ko‘p, ko‘p bul’ ajabliq. 

Ajabdin ham ajab ranj-u taabliq”. 

Mazkur qissaning asosini tarixiy voqelik, ya’ni tarixiy shaxslar hayotidagi 

voqealar tashkil etsa-da, ammo keyinchalik bu tarixiylik faqat nomlarda saqlanib 

qolib, voqealar, sarguzashtlar bayonida badiiylik qonuniyati amal qila boshlaydi. 

Natijada bu mavzuga murojaat etgan har bir shoir o‘zining ijodiy maromi, 

dunyoqarashi va estetik mezonlari asosida asar yaratdi. Shuning natijasida bunday 

asarlarda tarixiylikdan ko‘ra badiiy yaratuvchilik me’yori yetakchilik qilib, undagi 

obrazlar, voqealarning talqini ham turlicha yo‘nalish va maqsadlarda amalga 

oshiriladi. Shundanda, Xusrav, Shirin, Farhod obrazlarining turlicha tasvirlari, har 

xil talqinlari maydonga keladi. Jumladan, Abulqosim Firdavsiy “Shohnoma”sida 

Xusrav va Shirin tarixiy nuqtai nazardan tasvirlanib, unda Shirinni hech qanday 

aloqasi bo‘lmagan bir shaxs sifatida tasvirlagan. Nizomiy Ganjaviy bu mavzuga 

murojaat etar ekan, balki badiiylik mezonini ustun qilib qo‘yadi, ikkinchidan esa 

obrazlar talqinini o‘zlashtiradi. Natijada Farhod toshyo‘nar hunarmand hamda 

Shirinni sevuvchi oshiq sifatida tasvirlanadi. Ammo u dostonning voqealarida 

boshdan oyoq qatnashmaydi, balki suv kanalini qazish ehtiyoji tug‘ilgandan 

voqealar maydoniga kirib keladi.  


Yüklə 304,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin