Alisher navoiyning farhod va shirin dostonini 9- sinflarda organilishi


 Badiiy asar tahlili haqida ma’lumot.  2.2



Yüklə 304,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/22
tarix02.01.2022
ölçüsü304,56 Kb.
#41466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
alisher navoiyning farhod va shirin dostonini 9- sinflarda organilishi

2.1. Badiiy asar tahlili haqida ma’lumot. 

2.2. O‘qituvchining Alisher Navoiyning “Xamsa” asari, undagi 

“Farhod va Shirin” dostoni haqida kirish so‘zi. 



2.3. “Farhod va Shirin” dostonini syujeti, kompozitsion tuzilishi. 

III.BOB. Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonidagi obrazlarga 

xarakteristika. 



3.1. Badiiy asarni ifodali o‘qish va sharhlab o‘qishga oid metodik 

fikrlar. 



3.2. Dostondagi Farhod va Shirin obrazlariga xarakteristika. 

Xulosa. 

Ilova. 

Adabiyotlar ro‘yxati.  

 

 



 

 

 

 


 

 



Kirish 

 

Mavzuning dolzarbligi. Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – 

yengilmas kuch” nomli asari barcha fanlarda bo‘lganidek, adabiyot metodikasi 

fanining ilmiy metadologik asosini belgilab beradi. Zotan, asarda hozirgi zamon 

yoshlari kelajak avlodning yashashi, istiqlolga erishish yo‘llari yaqqol belgilab 

berilgan.Buning isboti hazrat Alisher Navoiyga berilgan baho bo`ldi.Kitobda 

buyuk dahoning insoniyat olamiga qo‘shgan xizmatlari, uning adabiyotimiz 

sohasida yaratgan kashfiyotlari, ayniqsa, Navoiy asarlarining yoshlarimizning 

barkamol bo‘lib yetishishlaridagi ahamiyati, badiiy kuchi, qimmati alohida qayd 

etilgan. Alisher Navoiyning badiiy ummoni nodir dur-u javohirlarga to‘la. 

Masalan, “Farhod va Shirin” dostonidagi Chin xoqoning o‘g‘li Farhodning 

yoshlikdagi bilimga chanqoqligi, uning piri komili Suqrot nasihati bilan sof sevgi 

va ma’naviy yuksalish yo‘lidagi kurashi, mamlakat obodonchiligi yo‘lida tog‘dan 

ariq qazib, qaqragan yerlarga obi – hayot bag‘ishlashi, sevgilisi Shirin mamlakatini 

bosqinchi, xudbin Xisravdan himoya qilishi, go‘zal Shirinning sof sevgi yo‘lidagi 

barcha harakatlari, “Layli va Majnun” dostonidagi Qaysning – Majnunning 

Layliga bo‘lgan insoniy va ilohiy sevgisi, o‘z navbatida, Laylining Qays yo‘lida 

halok bo‘lishi, ”Sab’ai sayyor” dostonidagi shoh Bahrom va Diloromning 

sarguzashtlariga bag‘ishlangan barcha hikoyatlar komil insonning voyaga yetishida 

saboq va namuna vazifasini bajaradi. Binobarin, “Barchamiz yaxshi anglab 

olishimiz kerakki,- deydi I.Karimov,-  hayotimizning barcha sohalaridagi ahvol, 

amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samaradorligi, avvalo, xalq 

ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o‘rganilishi, 

an’analarimizning saqlanishi, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy 

bog‘liqdir”.

1

 



   Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Prezidentimiz Islom Karimov 

“O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda” asarida: “Biz farzandlarimizning barkamol 

                                                 

1

 Бадриев Ф., Худойбердиев А. Адабий талим ва комил инсон тарбияси.//Адабий талим ва ёшлар тарбияси.-



T. 2010,7-8- b. 

 



 

 



ruhiy dunyosi uchun, ularning ma’naviy, axloqiy jihatdan yetuk, jismonan sog‘lom 

bo‘lishi uchun doimo qayg‘urishimiz, kurashmog‘imiz zarur”,- deya ta’kidlaydi. 

“Barkamol avlod ─ O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori ”  asarida esa : 

“Kadrlar tayyorlash 

sohasidagi davlat siyosati insonni intelektual va ma’naviy – axloqiy har tomonlama 

barkamol shaxs – fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi”, - deb  ta’kidlagan edi. 

Prezidentimiz milliy dastur haqida so‘zlagan nutqida uning maqsad va vazifalarini 

aniq ko‘rsatib: milliy dasturning maqsad va vazifalari shaxsni shakllantirishga 

qaratilganini, shaxs islohotlarining asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchi 

ekanini, milliy dasturdan kuzatilgan maqsad va vazifalarning to‘la amalga oshishi, 

birinchi navbatda, mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy muhitning yanada 

yaxshilanishiga olib kelishini,jamiyatdagi yangi shaxs – komil insonlar vujudga 

kelishini aytadi.

2

  



     Asrlar osha omon qolib, bizga yetib kelgan milliy qadryatlarimiz, ma’naviy va 

ma’rifiy madaniyatimiz, ilm – ma’rifat, shuningdek, pedagogika fani mustaqillik 

sharofati ila yangidan rivoj topa boshladi. 

     Ma’lumki, har bir mustaqil davlatning istiqboli fan – texnika, ilm – maorif 

taraqqiyoti hamda barkamol milliy kadrlarni tarbiyalab voyaga yetkazish bilan 

bog‘liqdir.  Shu bois ham mustaqil davlatimiz ilm – fan hamda maorif rivojiga 

salohiyatli milliy kadrlar yetishtirishga jiddiy e‘tibor bermoqda.

3

 



     Shaxsni barkamol bo‘lib yetishishiga, eng muhimi, uning ma’naviy dunyosini 

boyishiga sabab bo‘ladigan omillardan biri – bu badiiy adabiyotdir. Aslini olganda 

o‘zbek milliy adabiyotimizning poydevorini qurgan, uni jahon miqyosida san’at 

darajasiga ko‘targan buyuk daho Alisher Navoiy bo‘lib, bu buyuk zotning 

ummonga  teng asarlari, ayniqsa, jahon adabiyotidan muhtasham o‘rin olgan 

“Xamsa” asari asrlar osha bashariyatning bebaho durdonasi, ma’naviy – ma’rifiy, 

axloqiy – estetik mulkiga aylandi. Ana shunday so‘z san’atining durdonasi 

hisoblangan “Xamsa” asarini o‘rganish, ayniqsa, Navoiy idealini o‘quvchilarga 

                                                 

2

 Зуннунов А.,Толипов Ў.Миллий қадрятлар асосида ўқувчи шахсини шакллантириш.-Т.: “Шарқ”,2006.5- б. 



3

 Зуннунов А.Педагогика тарихи.-Т.: “Шарқ”, 2004.3-4- б. 




 

 



yetkazish ko‘p jihatdan o‘qituvchining ilmiy – nazariy bilimi, dars berish san’ati, 

aniqrog‘i, ”Xamsa”  asaridagi qahramonlar sarguzashti va idealini tahlil qilishga 

bog‘liq. Bu jihatdan umumta’lim maktablari o‘qituvchilari adabiyot kursi bo‘yicha 

darslikka ega bo‘lganliklari holda, Navoiydek buyuk zotning asarlarini o‘rganish, 

tahlil qilish, ularni o‘quvchilar ongiga yetkazishga oid adabiy – tanqidiy va 

metodik qo‘llanmalarga ega emas, ehtiyoj sezadilar . . . Bu narsa adabiyot o‘qitish 

metodikasi sohasida, ayniqsa, Alisher Navoiy ijodini o‘rganishda ilmiy metodik, 

aniqrog‘i, tadqiqot ishlarini olib borish va dars samaradorligini oshirish bilan 

bog‘liq bo‘lgan ilmiy metodik qo‘llanmalarni yaratishni taqozo etadi. 

       Mavzumiz buyuk Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin ” dostonini 

umumta’lim maktablarining  IX  sinflarida o‘rganish usullariga bag‘ishlanganligi 

sababli, shunga oid darsliklar, metodik qo‘llanmalar, ilmiy axborot namunalarini 

o‘rgangan holda malakaviy bitirish ishimizga ilg‘or maktab tajribalari va shaxsiy 

kuzatishlarimni umumlashtirishni nazarda tutdim. Shu maqsadda, adabiyot 

metodikasiga oid o‘tgan asrning 60-80-2000-yillar va mustaqillik davrida 

yaratilgan darsliklar, metodik qo‘llanma va ilmiy maqolalar, axborot namunalarini 

o‘rganish, ularni tahlil etish, munosabat bildirish nazarda tutildi.Zotan, adabiyot 

metodikasi fani umumta’lim maktablarida badiiy adabiyotni o‘qitishning mezonini 

belgilaydi, dars samaradorligini oshirishning turli usullari haqida bahs yuritadi, 

tavsiyalar beradi, eng muhimi, o‘quvchini badiiy adabiyot vositasida san’at 

olamiga olib kirishning usullarini belgilaydi. Ana shuning uchun ham malakaviy 

ishimni yozish jarayonida taniqli metodist olimlarni ilmiy tavsiyalarini o‘rganish, 

ularni dars jarayonida qo‘llash, yozishim kerak bo‘lgan malakaviy bitirish 

ishimning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.  




Yüklə 304,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin