I BOB. Buyuk daho Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyatini o‘rganish
va “Xamsa” asarini yaratilishi, xamsachilikdagi an’analar haqida.
Maqsad: Buyuk Alisher Navoiyning hayoti va adabiy merosi haqida
ma’lumot, “Xamsa” asarini yuzaga kelishi va xamsachilik an’analari haqida.
Darsning metodi: O‘qituvchining ma’ruzasi, suhbat, ifodali o‘qish, badiiy
tahlil;
Darsning ilmiyligi: Adabiyotshunos olimlarning Alisher Navoiyning ijodi va
“Xamsa” asari haqidagi ilmiy fikrlari yuzasidan ma’lumot berish;
Ko‘rgazmalilik: Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga oid miniaturalar,
hamda rasmlar namoyishi.
Darsning borishi: O‘quvchilar sizlar quyi sinflarda buyuk Alisher
Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyatiga oid ma’lumotga ega bo‘lgansizlar. Kim
aytadi, Navoiy bobomiz qachon va qayerda dunyoga kelgan? Shoir qanday asarlar
yaratgan? Navoiyning “Xamsa” asari qaysi dostonlarni o‘z ichiga oladi?
Birinchi o‘quvchi: Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Amir Temurning
o‘g‘li Shohruh Mirzo hukumronligi davrida Hirotda tug‘ildi. Uning otasi
G‘iyosiddin Kichkina temuriylar saroyining amaldorlaridan bo‘lgan.
Ikkinchi o‘quvchi: Shoirning ilk devoni “Badoye ul-bidoya” (“Badiiylik
ibtidosi”) 1472-1476-yillarda, 1485-1486-yillarda ikkinchi “Navodir un-nihoya”
asarlari yaratildi. Shuningdek, “Devoni Foniy” asarini hamda dunyoga mashhur
“Xamsa” asarini yaratgan.
Uchinchi o‘quvchi: Buyuk Alisher Navoiyning “Xamsa” asari besh dostondan
iborat bo‘lib, ular: “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”,
“Sab’ai sayyor”, “Saddi Iskandariy” dostonlarini o‘z ichiga oladi.
Endi Navoiy hayoti va ijodiy faoliyatini boshlashdan oldin, uning jahon
adabiyotiga molik bo‘lgan asarlari haqida shoir, olim, faylasuf, musiqashunos,
tilshunos olim, aniqrog‘i, qomusiy olim va o‘zining poetik mahorati bilan jahonga
tanilgan san’atkor Alisher Navoiy haqida qisqacha gapirishdan oldin, buyuk
shoirning o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni, Navoiy ijodining tarixiy ahamiyati va
iymiy- poetik san’ati haqida qisqacha gapirish maqsadga muvofiqdir.
15
O‘qituvchining bu fikrlari Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy olami haqida
ma‘lumot berishdan oldingi kirish mashg‘ulotlari hisoblanadi. Zotan, adabiyot
darslarida kirish mashg‘ulotlari o‘rganilayotgan mavzuni chuqur o‘zlashtirish,
ayniqsa, ijodkor haqida ilmiy-estetik tushunchalarga ega bo‘lishning vositasi
hisoblanadi. Bu haqida metodist olim prof. Boqijon To‘xliyevning badiiy asar
tahlili jarayonida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan “Kirish mashg‘ulotlari” haqidagi
ilmiy fikrlari adabiyot fanini o‘qitish, uning estetik olamini yoritishda muhim
ahamiyat kasb etadi: badiiy asar matni ustida ishlashda kirish mashg‘ulotlarining
o‘rni, ayniqsa, kattadir. Ta’limning turli bosqichlarida o‘rganiladigan adabiyot
kursining asosiy mazmun va mohiyatini badiiy asarlarni o‘rganish tashkil etadi. Bu
jarayon bir necha tarkibiy qismlardan iborat bo`lishi mumkin. Xususan, kirish
mashg‘ulotlari, badiiy matnni tahlil qilish, yakunlovchi mashg‘ulotlar shular
sirasiga mansubdir.
Kirish mashg‘ulotlari o‘quvchilar e’tiborini asar muallifining alohida xislatlari
yoki shu asarga xos bo‘lgan eng muhim qirralari, asosiy badiiy- estetik jihatlarini
anglashga, his etishga imkon berishi bilan e’tiborlidir. Yanada aniqroq aytadigan
bo‘lsak, kirish mashg‘ulotlari o‘quvchilarni badiiyatning navbatdagi yangi olamiga
olib kirishdagi o‘ziga xos yo‘ldir.
Har bir yangi asar – yangi olam. Ulardagi hodisalarning o‘zigaxos tasviri va
talqini beriladi. Demakki, mana shu asarlarda tasvirlangan qahramonlar – obrazlar
ham bir – birlarini takrorlamaydi. Ularning har birida shu olamga xos bo‘lgan
odamlardagi takrorlanmaslik xislatlari mujassamlashgan bo‘ladi.
Kirish mashg‘ulotlari o‘quvchilar o‘rganilayotgan asarni to‘la va hissiy qabul
qilishlari uchun munosib zamin yaratishi bilan ajralib turadi. Natijada, ularda
asarni o‘rganish uchun ishtiyoq, qiziqish shakllanadi, paydo bo‘ladi. Kirish
mashg‘ulotlarining shakl va mazmuni xilma-xil bo‘lishi mumkin. Ba’zan u bir-ikki
muhim detallar tasviri va bayonidan iborat bo‘lsa, ba’zan muayyan tarixiy davr va
sharoit, yozuvchining tarjimai holidagi eng muhim qirrqlar, muayyan asar atofidagi
muhim ijtimoiy-siyosiy va badiiy-estetik hodisalar tahlilidan iborat bo‘lishi
mumkin.
16
Ayrim yangi, o‘quvchilar uchun ma’nosi notanish bo‘lgan so‘zlar izohi ham
kirish mashg‘ulotlarining mazmunini tashkil eta oladi. Demak, kirish
mashg‘ulotlari mazmunini qat’iy tarzda chegaralab qo‘yish mumkin emas. Bu vaqt
nuqtai nazardan ham shunday xususiyatga ega. Ba’zan kirish mashg‘ulotlari
darsning bir qismini, deylik 3-5 minutdan 15-20 minutgacha bo‘lgan qismini
qamrab olsa, ayrim hollarda butun boshli bir dars faqat kirish mashg‘ulotlariga
ajratilishi mumkin. Bu o‘quvchilarning yosh xususiytlari, adabiy tayyorgarlik
darajalariga hamda o‘rganilayotgan asar yoki mavzuning mohiyatiga bog‘liq holda
amalga oshiriladi. Shundan so‘ng o‘qituvchi umumbashariyat xazinasiga o‘zining
umrboqiy lirik she’rlari kitobxonni hayratda qoldiruvchi dostonlari, ayniqsa, inson
ruhiyatiga, uning ma’naviy olamiga ijodiy ta’sir etuvchi, aniqrog‘i, o‘zida komil
insonga xos xislata ega bo‘lgan qahramonlarning sarguzashtlari bilan dunyoga
tanilgan buyuk daho Alisher Navoiyning hayoti, uning madrasada tahsil olagan
davri adabiyotga bo‘lgan ixlosi, ayniqsa, buyuk ijodkor Fariduddin Attorning
“Mantiq ut-tayr” asarini yod olishi, ustozlari Lutfiy, Atoyi, Sakkokiy va fors-tojik
adabiyotining daholaridan Abdurahmon Jomiy bilan do‘stlashganligi, ota-bola
tutunganligi, eng muhimi shoirning Nizomiy Ganjaviy, Xisrav Dehlaviy
tomonidan yaratilgan “Xamsa” asarini chuqur tahlil etganligi va ustozi
Abdurahmon Jomiyning qistovi bilan tamoman xamsachilikda yangi davr, yangi
uslub, yangi g‘oya eng muhimi boshqalarda uchramaydigan poetik mahorat
yaratganligi, Alisher Navoiyning “Xamsa” asari dunyo san’atida yangi davrni
boshlab berganligi haqida ma’lumot beradi.
Dostları ilə paylaş: |