Alisher navoiyning pedagogik qarashlari



Yüklə 19,79 Kb.
səhifə2/3
tarix14.10.2023
ölçüsü19,79 Kb.
#155294
1   2   3
Alisher navoiyning pedagogik qarashlari-fayllar.org (1)

Farhod va Shirin”.
Alisher Navoiy xamsaning
ikkinchi dostoni bo’lmish “Farhod va Shirinda” Farhod obrazi orqali har jihatdan komil insonni ko’rsatib beradi. Bu asarda yoshlar ta’lim-tarbiyasida asosiy omil bo’lgan kasb-hunar egallashning ahamiyati zo’r muhabbat bilan tasvirlangan. Dostonda hatto toj-u taxt ham hech qachon hech kimga vafo qilmagani, faqat o’z kuchi, bilimi, sadoqatli do’stlari-yu o’rgangan hunarigina kishini har qanday balodan asrab qolishi muqarrarligi Farhod timsolida yoritib berilgan.
Layli va Majnun
Layli va Majnun” - dostonida Navoiy bo’g’iq va yaramas munosabatlarning tazyiqi, zaharli ta’siri natijasida bir-biriga yetisha olmay halok bo’lgan Layli va Majnunning fojiasini hikoya qiladi.
Sab’ai sayyor”
“Sab’ai sayyor”dostonida Navoiy ishq bilan shohlik muvofiq emasligini aytadi:

Ishq ila shohlik muvofiq emas,


Ishq lofida shoh sodiq emas.
Saddi Iskandariy”

Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” dostonida orzu qilgan adolatli shoh g’oyasini Iskandar obrazida mujassamlashtiradi.

Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir.

Alisher Navoiy ilm, ma’rifat haqida ajoyib fikrlarni olg’a surdi. U aql, ilm insonning eng go’zal va zaruriy fazilatlaridan biri, har bir kishining eng muhim burchi ilm olishdir, deb hisobladi. Navoiyning fikricha, ilm-fanni egallash uchun yoshlikdan boshlab astoydil o’qish-o’rganish kerak: “Yoshligingda yig’gil bilimni, qarigach sarf qilg’il ani”, degan shoirning o’zi ham juda yoshligidan ta’lim oladi, o’qishga beriladi. U yoshligidanoq ko’p she’rlarni yod bilgan. Jumladan, Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” (“Qush nutqi”) asarini bolalik chog’laridayoq qayta-qayta o’qib, yod olgan. Alisher Navoiy keyinchalik maktab va maorif masalalariga katta ahamiyat berdi. U mehnatkash xalq bolalarini o’qitish va tarbiyalash uchun maktablar ochish va madrasalar qurish to’g’risida g’amxo’rlik qildi. Alisher Navoiy Astrobodda surgunda yurganida podsho Husayn Boyqaroga yozgan xatida o’g’il va qiz bolalar uchun maktablar ochishni talab qilgani, shaxsan o’zi madrasalar qurishda tashabbus ko’rsatgani buning yaqqol dalilidir. Navoiyning fikricha, maktab xalqqa nur keltiradi, unga to’g’ri yo’l ko’rsatadi, bolalarni bilimli qiladi. U o’zining “Ixlosiya” madrasasi yonida maktab ochib, bolalarni o’qitish va tarbiyalash uchun zarur sharoit yaratib, buning uchun lozim bo’lgan mablag’ ajratadi. Navoiy dars beruvchini quyoshga o’xshatadi va bu quyosh o’z atrofidagi yulduzlarga nur sochadi, ya’ni hali ilmdan bexabar bo’lgan toliblarga ilm nurini sochadi, ma’rifat beradi, deydi.



Alisher Navoiy ta’lim-tarbiya to’g’risidagi fikrlarini ko’proq barkamol insonni ifodalovchi ijobiy obrazlar yaratish orqali bayon qiladi. Ilm-ma’rifat, axloq-odob masalalariga doir fikrlarini esa ilmiy-falsafiy va didaktik asarlarida bayon qiladi. Navoiy aql kuchiga cheksiz ishonadi, komil ishonch bilan ilm-fanning fazilati juda katta, deb hisoblaydi.
Buyuk so’z san’atkori va mutafakkiri o’zining bir qancha asarlarida bolalar tarbiyasiga oid fikrlarini aytish bilangina kifoyalanib qolmasdan, balki “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” kabi dostonlarining ayrim boblarini shu masalaga bag’ishlaydi. “Hayrat ul-abror” (Yaxshi kishilarning hayratlanishi) falsafiy-ta’limiy dostondir. Navoiy bu asarida o’zining falsafiy, ijtimoiy-siyosiy hamda kishilarga ta’lim va o’git berish masalalariga katta e’tibor beradi. Dostonda zolim hukmdorlarni qoralab, ikkiyuzlamachi, riyokor ruhoniylarning sir-asrorlarini keskin fosh etadi. Xususan, shoir saxiylik, odob va kamtarinlik, ota-onaga hurmat, rostgo’ylik va to’g’rilik, ilmning foydasi va kambag’al o’quvchilarning bu yo’lda chekkan azoblari haqida batafsil to’xtalib o’tadi.
“Hayrat ul-abror” asarining bir necha boblari odob-axloq va ta’lim-tarbiya masalasiga bag’ishlangan. Navoiy bu dostonning oltinchi maqolotida odob va kamtarlikni ulug’lab, ta’lim-tarbiyaga doir qimmatli fikr-mulohazalarini bayon qilish bilan birga, takabbur va odobsiz kishilarni qattiq qoralaydi. Shoir dostonning bu maqolotida bola tarbiyasi, uni o’stirish, o’qitish va balog’atga yetkazish hamda bu borada ota-onalarning vazifalari haqida batafsil fikr yuritadi. Shoir yoshlarni ota-onaning xizmatini bajarishga, ularni hurmat qilishga, ularga nisbatan hamisha mehr-muhabbatli bo’lishga chaqiradi, ota-onani oy va quyosh deb ta’riflaydi:
Boshni fido ayla ato qoshig’a,
Jismni qil sadqa ano boshig’a…
Tun-kunungga aylagali nurposh,
Birisin oy angla, birisin quyosh…
Dostonning sakkizinchi maqolotida Navoiy yolg’izlikka nisbatan ko’pchilik – jamoatni ulug’lab, kishilarning bir-birlari bilan ahil, do’st bo’lishlarini istaydi:
…Yo’q hunari yolg’uz esa, o’z ishi,
Qayda kishi sonida yolg’uz kishi?
Fard
Yüklə 19,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin