Allanazarova dilafruzning


O`zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulotining tarmoqlar bo`yicha tarkibi (joriy narxlarda, mlrd. So`m)



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə4/13
tarix26.02.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#85634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Dilafruz amaliy i

O`zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulotining tarmoqlar bo`yicha tarkibi (joriy narxlarda, mlrd. So`m)
Jadvaldan xulosa qilib Shuni alohida ta‘kidlashimiz lozimki, 2018-yilda YaIM o‘sish sur‘atiga xizmatlar sohasining ta‘siri 1,8 % ni tashkil etdi. Ushbu sohada qo‘shilgan qiymatning o‘sishi 5,4 % ga teng bo‘lib, shundan savdo xizmatlari (avtotransport vositalarini ta‘mirlashni qo‘shgan holda) 4,4 % ga, tashish va saqlash 3,7 % ga, axborot va aloqa 15,3 % ga va boshqa xizmatlar 5,4 % ga oshganini ko‘rishimiz mumkin. Bugungi kunda xizmatlar sohasi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida hal qiluvchi rol o‘ynagani kabi, O‘zbekistonda ba‘zan uchlamchi sektor deb ataluvchi ushbu soha mamlakat iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri hisoblanadi.
2019-yil 1-yanvar holatiga, respublikada davlat reestridan o‘tgan va faoliyat ko‘rsatayotgan 323,5 mingta tashkilot va korxonalardan 213 mingga yaqini aynan xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatmoqda va bu boshqa sohalar bilan taqqoslaganda eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Respublikadagi ayni kunda faoliyat olib borayotgan korxona va tashkilotlarni (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) sohaga ixtisoslashuvu bo‘yicha foizlar kesimida taqqoslaydigan bo‘lsak, bu yerda 65,8 % lik natija bilan aynan xizmatlar sohasi yetakchilik qiladi, undan keyingi o‘rinlarni sanoat (17 %), qurilish (9,0 %) hamda 7,6 % lik ko‘rsatkich bilan qishloq o‘rmon va baliq xo‘jaligiga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlari egallaydi. Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot va korxonalar umumiy sonida 153 mingdan ortig‘i kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi. 2019-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra ularning ulushi 72,2 % ni tashkil etdi.
1-Rasm

Xizmatlar sohasida faoliyat ko`rsatayotgan korxona va tashkilotlarning iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha tarkibi4 , (2019-yil 1-yanvar holatiga)% (fermer va dehqon xo`jaliklaridan tashqari)
Solishtirish uchun, 2018-yil 1-yanvar holatiga, xizmatlar sohasida 191, 2 mingta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, ularning umumiy tarkibida eng katta qismini savdo xizmatlari (33,0 %) tashkil etgan edi. Undan keyingi o‘rinlarda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar (9,0 %), tashish va saqlash (6,3 %), axborot va aloqa (3,3 %), sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish (3,1 %) tashkil etgan edi. Respublikada 2018 yil davomida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 146836,3 mlrd. so‘mga teng bo‘lgan bo‘lib, o‘tgan 2017 yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur‘ati 108,4 % (28,2 trln. so‘m) ni tashkil etdi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida transport xizmatlari (29,5 %), savdo xizmatlari (26,9 %), moliyaviy xizmatlar (14,4 %) hamda aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining ulushi (6,6 %) asosiy ustunlikka ega ko‘rsatkichlar bo‘ldi.
2-Jadval
2016-2018 yillar mobaynida hududlar bo`yicha ko`rsatilgan xizmatlar hajmi
Milliy iqtisodiyotda xizmatlar hajmining oshishi bir qator omillarning ta‘siri bilan izohlanadi, jumladan: bozorda yangi turdagi xizmatlarning paydo bo‘lishi, masalan, kredit kartalari orqali to‘lovlar, Internet-savdo, yangi savdo markazlari, ovqatlanish korxonalari, mehmonxonalarning tashkil etilishi, ta‘lim xizmatlarini kengaytirish, dam olish sohasidagi tanlovning kengayishi shular jumlasidandir. Yuqoridagi 2-jadvaldan ko‘rishimiz mumkinki, hududlarda xizmatlar sohasining hajmi so‘ngi yillarda sezilarli ravishda ortib 2018-yilda uning qiymati 146 836,3 mlrd so‘mni tashkil qilgan, ya‘ni 2016 yilga nisbatan deyarli 1,5 barobar o‘sish kuzatilgan.
Hududlar miqyosida xizmatlar sohasining ulushi eng ko‘p Toshkent shahriga (2018-yilda 48 361,8 mlrd.so‘m) va Toshkent viloyatiga (2018-yilda 10 959,1 mlrd.so‘m) to‘g‘ri keladi. Eng kam ulushi esa Xorazm va Jizzax viloyatlariga to‘g‘ri keladi. Buning asosiy sababi sifatida esa ushbu hududlarda xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar kamligi, infratuzilmaning rivojlanmaganligi, mavjud salohiyatlardan, ayniqsa turistik salohiyatdan to‘liq foydalanilmayotganini ko‘rishimiz mumkin.
3-Jadval
Hududlar orasida xizmatlar hajmi bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qiladi.
Bu yerda 2022- yil yanvar-sentabr oylarida avtotransport xizmatlari hajmi 4 976,9 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.
Eng past ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida qayd etildi 450,8 mlrd. so‘m. 2021-yil yanvar-sentabr oylariga nisbatan Qashqadaryo, 109,8 %, Samarqand Hududlar kesimida xizmatlar hajmi va o‘sish
109,3 % va Surxondaryo 109,1 % sur’ati (2022- yil yanvar-sentabr oylarida)
viloyatlarida yuqori o‘sish kuzatildi.
Nisbatan past o‘sish Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etildi – 104,0 %.

2-Rasm



Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin