Allanazarova dilafruzning


O`zbekistonning sog`liqni saqlash xizmatlari kartasi



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə5/13
tarix26.02.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#85634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Dilafruz amaliy i

O`zbekistonning sog`liqni saqlash xizmatlari kartasi
Yuqorida xaritada Respublikamiz hududlaridagi sog`liqni saqlash xizmat turlari keltirilgan bo`lib qayerda qancha kasalxonalar, poliklinikalar va boshqa davolash maskanlari ko`rsatilganligini ko`rishimiz mumkun.
3-Rasm

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha xizmatlar tarkibi, % da (2022- yil yanvar-sentabr oylarida)
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallaydi.
2022- yil yanvar-sentabr oylarida bu xizmatlarning ulushi 25,1 % ni tashkil etdi. Shuningdek, moliyaviy (23,1 %) va transport (21,9 %) xizmatlari katta ulushga ega. Taqqoslash uchun: 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida savdo xizmatlari umumiy hajmning 25,6 % ini tashkil etgan. Kompyuterlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlarning ulushi – 1,7 %.
Moliyaviy xizmatlar tarkibida sug‘urta va nafaqa ta’minoti bo‘yicha xizmatlardan tashqari (pul mablag‘larini olish va qayta taqsimlash bo‘yicha xizmatlar) pul-kredit sohasida vositachilik xizmatlari ustunlik qiladi. 2022- yil yanvar-sentabr oylarida ushbu xizmatlarning ulushi 96,2 % ni tashkil etdi.
Sug‘urta xizmatlari tarkibida eng katta ulush sug‘urta xizmatlariga to‘g‘ri keladi, hayotni sug‘urta qilish xizmatlari bundan mustasno (baxtsiz hodisa va yong‘indan sug‘urta qilish, sog‘liqni sug‘urta qilish, turistik sug‘urta qilish, mol-mulkni sug‘urta qilish, transport sug‘urta qilish, pul yo‘qotishlaridan va majburiyatlardan sug‘urta qilish) - 58,9 %. Hayotni sug‘urta qilish xizmatlari umumiy sug‘urta xizmatlari hajmining 30 % ini tashkil etdi.


1.3. O‘ZBEKISTONDA XIZMATLAR SOHASINING RIVOJLANGANLIK DARAJASI VA UNING YALPI HUDUDIY MAHSULOTDAGI ULUSHI TAHLILI
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq, qo‘mita tomonidan har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha yalpi hududiy mahsulotni (keyingi o‘rinlarda – YaHM) dastlabki baholash ishlari amalga oshiriladi. YaHM – milliy hisoblar tizimining asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib, muayyan davrda mintaqaning iqtisodiy hududida joylashgan rezident – institutsional birliklar ishlab chiqarish faoliyatining yakuniy natijasini ifodalaydi. YaHM ishlab chiqarish usulida, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi va mahsulotlarga sof soliqlar yig‘indisi orqali hisoblanadi. Olib borgan tadqiqotlarimiz asosida respublika hududlarida (viloyatlarda) ishlab chiqarilgan YaHM tarkibida xizmatlar soasining ulushini tahlil qilib chiqdik va bu orqali hududlarning xizmatlar ishlab chiqarish salohiyati hamda viloyatlarda xizmatlarga bo‘lgan talab hajmini aniqlab oldik. Xususan, o‘tgan 2018-yil mobaynida ishlab chiqarilgan YaHM ga nazar tashlaymiz:
4-Jadval


Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin