Allanazarova dilafruzning


RESPUBLIKADA AHOLI BANDLIGINI TA‘MINLASHDA XIZMATLAR SOHASINING AHAMIYATINI OSHIRISHDAGI VAZIFALAR



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə9/13
tarix26.02.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#85634
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Dilafruz amaliy i

2.2.RESPUBLIKADA AHOLI BANDLIGINI TA‘MINLASHDA XIZMATLAR SOHASINING AHAMIYATINI OSHIRISHDAGI VAZIFALAR
So‘nggi yillarda Respublikada amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar va qabul qilinayotgan qator kompleks dasturiy yo‘nalishlar xizmat ko‘rsatish va servis sohasini, shuningdek maishiy xizmat ko‘rsatish sohasining yuqori sur‘atlar bilan rivojlanishiga olib kelmoqda. Shuningdek, mazkur sohaning jadal rivojlantirishni ta‘minlashga qaratilgan huquqiy asoslar ham yaratildi.
Xususan, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-fevralda № 55 sonli 2016-2020-yillarda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi to`g`risida qarori bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Buning natijasida mamlakatimizda sohada bir qancha ijobiy ko‘rsatkichlarga erishildi, xususan: - xizmatlar ko‘rsatish soxasida tadbirkorlikning faoliyatini yanada kuchaytirish uchun qulay shart-sharoit yaratildi; - 2018 yilda xizmatlar hajmining yalpi ichki maxsulotdagi ulushi 35,6 foizga etkazildi; - qishloq joylarda istiqomat qilayotgan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar turlarini ko‘paytirib borilmoqda; yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini 7 million nafarga, turizm eksportidan keladigan yillik daromadni esa 2 milliard dollarga yetkazish lozim.
Xizmatlar va servis sohasining joriy yilda keskin o‘sishi, avvalo qurilish, transport, moliya-bank va axborot-kommunikatsiya sohalarida, aholiga tibbiy va kommunal-maishiy xizmatlar ko‘rsatishda, ayniqsa, qishloq joylarda ushbu sohani yanada kengaytirish uchun foydalanilmayotgan katta imkoniyatlar zaxirasi mavjud. Xizmatlar soxasining rivojlanishi, ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi va sifati bo‘yicha biz iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardan hamon jiddiy orqada qolmoqdamiz. Eng muhimi, shuni unutmaslik kerakki, katta kapital qo‘yilmalar talab qilmaydigan bu soha iqtisodiyotning yuksalishiga, axoli bandligi va daromadlarining ortishiga sezilarli darajada ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.
O‘zbekistonda aholining bandligini to`liq ta‘minlash va buning uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo`nalishlaridan biri sanaladi. Mazkur sohaga qaratilayotgan alohida e‘tibor samarasini respublikamizda joriy yilning birinchi choragida 141 mingdan ortiq ish o`rni yaratilgani misolida ham ko`rish mumkin. E‘tiborlisi, bandligi ta‘minlangan fuqarolarning salmoqli qismi qishloq joylarda yashovchi aholi hissasiga to`g`ri keladi. Binobarin, bir insonning layoqati va qiziqishiga ko`ra doimiy daromad manbaiga ega bo`lishi nafaqat o`zi hamda oilasi, balki jamiyat uchun ham ahamiyatlidir. Ta‘kidlash joizki, respublikada hozirgi kunda mehnatga layoqatli aholi soni 18 954 ming (o`sish – 1,0%), band aholi soni – 13 376 ming (o`sish – 1,3%) nafarni tashkil etadi.
Rasmiy sektorda bandlar – 5 403 ming kishini tashkil etib (o`sish - 3,4%), rasmiy bandlikning umumiy bandlikdagi ulushi 40,5%ni tashkil etmoqda. Iqtisodiyotning norasmiy sektorida bandlar – 7 964 ming (59,5%), shu jumladan, xorijda ishlayotganlar – 2 365,4 mingni tashkil etadi. Joriy yil birinchi chorakda ishsizlik darajasi 9,4 foizni tashkil etdi (o`tgan yil shu davrda - 9,7%), 30 yoshgacha bo‗lgan yoshlar orasida - 15,3 foiz, ayollar orasida – 13 foiz.
Eng yuqori ishsizlik Qoraqalpog`iston Respublikasi, Andijon, 125 Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Farg`ona viloyatlarida (9,7%) qayd etilgan. Ishga muhtoj aholi soni – 1 million 391 ming kishi.mamlakatimizda mehnatga layoqatli yoshdagi fuqarolar aholining 62 foizini tashkil qiladi.
Har yili mehnat resurslari o`rtacha ikki foizga oshib borayotganini nazarda tutsak, aholi bandligini to`liq ta‘minlash doimiy aktual masala ekani ko‗rinadi. So`nggi yillarda yalpi ichki mahsulotning har yili eng kamida sakkiz foizga o‗sish sur‘atlarida bandlik darajasining oshishi o`rtacha 2,5 foizni ko`rsatmoqda. Bu barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ega mamlakatlardagi mavjud an‘analarga mos keladi.
Yurtimizda ish o`rinlarini yaratish va aholining bandligini ta‘minlash borasidagi barqarorlik, samaradorlik omillarini tahlil qilsak, avvalo, xususiy tadbirkorlik rivojining jadallashuvi, qulay ishbilarmonlik muhitining yaratilgani, kichik korxona va mikrofirmalar soni ortishi har yili minglab kishilarga turmush farovonligini oshirish imkoniyatini berayotganida o`z ifodasini topmoqda. Ta‘kidlash joizki, investitsiya, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash, ijtimoiy-iqtisodiy va sanoatni rivojlantirish hududiy dasturlari izchil amalga oshirilishi, yakka tartibdagi tadbirkorlik, xizmat ko`rsatish va servis, transport-kommunikatsiya sohalarining jadal sur‘atda ravnaq topishi aholi bandligini ta‘minlashda salmoqli o`rin tutmoqda.
Kasanachilikni, oilaviy tadbirkorlikni, milliy hunarmandchilikni rivojlantirishga berilayotgan alohida e‘tibor ham minglab oilalarning ro`zg`ori butligini ta‘minlayotir. Ayniqsa, Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Toshkent, Fargona va Xorazm viloyatlari kasanachilik va milliy hunarmandchilik markazlariga aylangan.
Bundan tashqari kop tarmoqli fermer xojaliklarining safi kengayib borayotgani, aholining shaxsiy yordamchi uchastkalarda dehqonchilik mahsulotlari yetishtirishi uchun barcha qulayliklar yaratilgani, vaqtincha faoliyat yuritmayotgan va bankrot deb topilgan korxonalarning moliyaviy sog`lomlashtirilishi ishsizlik darajasi mo`tadilligini saqlashga xizmat qilmoqda.
Quvonarlisi, bandlik va daromadlar o`sishi natijasida yurtimiz aholisining iqtisodiy faolligi kuchaydi, pirovardida mehnat bozorining asosiy indikatorlari barqarorligiga erishilmoqda. Bandlik tizimida ijobiy siljish va an‘analar ko`zga tashlanmoqda.
Chunonchi, nodavlat iqtisodiy sektorda ish bilan band kishilar ulushi 2000 yildagi 58 foizdan 2017 yilga kelib deyarli 85 foizga o`sgan. Agar bundan 15 yil oldin ish bilan ta‘minlanganlarning 34 foizi qishloq xo`jaligida mehnat qilgan bo`lsa, bugunga kelib xizmat ko`rsatish, sanoat va qurilish-pudrat ishlarida bandlik ko`satkichi ortib borayotir.



Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin