Allanazarova dilafruzning


Rivojlangan mamlakatlarda 1995-2015 yillarda xizmat ko`rsatish sohasida mehnat unumdorligi o`sish daradasi (%da)



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə8/13
tarix26.02.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#85634
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Dilafruz amaliy i

Rivojlangan mamlakatlarda 1995-2015 yillarda xizmat ko`rsatish sohasida mehnat unumdorligi o`sish daradasi (%da)
Jadvaldan ko`rinib turibdiki, xizmat sohasida mehnat unumdorligini pasayishi barcha mamalakatlarda ro`y bergan, ayniqsa Fransiyada (2,6 % dan 1,9 % gacha), Angliyada (1,7 %dan 0,8 % gacha), Germaniyada (2,6 % dan 2,0 % gacha) mazkur ko`rsatkichni pasayish tendensiyasi yuqoriroq bo`lgan. Umuman xizmat ko`rsatish sohasida samaradorlik darajasi sanoat va qishloq xo`jaligiga nisbatan past darajada ekanligini ko`rishmiz mumkin.
Tadqiqotlar shuni ko`rsatmoqdaki, bugungi kunda axborot texnologiyalari moddiy ne‘matlar ishlab chiqaradigan tarmoqlarda samaradorlikni oshishiga olib kelishini hech bir iqtisodchi inkor qilmaydi, ammo uning iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga ta‘siri masalalari ochiq qolmoqda. Bunga bog`liq holda, sanoatga nisbatan xizmat ko`rsatish sohasida ish bilan bandlikni yuqori ekanligini ko`pchilik xorij iqtisodchilari xizmat ko`rsatish sohasida samaradorlikni industrial tarmoqlarga nisbatan pastligi bilan ifodalaydilar. 1987 yilda R.Solou tomonidan ishlab chiqilgan ―Unumdorlik paradoksiga kor`a kompyuter texnologiyalari uchun qilingan investitsiya hajmining o`sib borishi, unga mos holda xizmat ko`rsatish sohasida unumdorlikni oshishiga olib kelmagan. Xizmatlarning turli-tumanligi va xilma-xilligi Dj.Zingelman tomonidan e‘tirof etilgan va u xizmatlarni ishlab chiqarish, iste‘mol, ijtimoiy va taqsimot xizmatlariga tasniflagan.
4-Rasm

D. Zingelman tomonidan xizmatlarning tasniflanishi.
D.Zingelman tomonidan tasniflagan xizmat turlarining har biri turi, o`z navbatida, o`zining murakkab tasnifiga ega. Misol uchun, banklarning, tibbiyotning, maishiy xizmatning bir necha yuz turlari mavjud. Shuning uchun ham bir xizmat doirasida bir necha farqlanuvchi belgilari bo`lishi mumkin.
Xususan, tibbiyot xizmati bir vaqtning o`zida yuqori malakadagi kasbiy tayyorgarlikni talab qiluvchi kapital intensiv ko`rinishdagi (misol uchun kompyuter diagnostikasi va turli apparatlar bilan davolash) va yuqori mehnat talab qilmaydigan mehnat intensiv (misol uchun, jarrohlik aralashuvi, tashxis qo`yish) ko`rinishidagi xizmatlarni o`z ichiga qamrab oladi.
Shunday qilib, xorijiy tadqiqotchilarning tajribasi servis faoliyatining ba‘zi turlari samaradorlikni baholashda resurs-sarf yondashuvidan foydalanishning chegaralanganligidan dalolat beradi va shuning uchun ham uning (servis xizmatlarini ba‘zi turlarini) samaradorligini baholashda yangicha kompleks yondashuvning dolzarbligini keltirib chiqaradi.

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin